Musiqa asarlar xarakterini farqlash qobiliyatini rivojlantirish o’yini
“Kapalaklar va gullar”
O’yin materiali: bolalar soniga qarab kapalaklar va gullar chizilgan boshga kiyiladigan chambaraklar. O’yin kichik guruhlarga bo’linib o’ynaladi.
O’yinni borishi: M. Ikromovaning “Chiroyli gullar” shoshilmay ohista musiqasiga gullar chambaragini kiygan bolalar o’rtaga chiqib xarakatda gullarning ochilishi, shamolda tebranishini ifodalashadi.
M. Ikromovaning “Kapalak” o’rtacha tez, yengil musiqasiga kapalak chambaragini kiygan bolalar o’rtaga chiqib xarakatda kapalaklarni yengil qanot qoqib uchishini, aylanishini, gulga qo’nishini ifodalashadi. Yangilishmay obrazni ko’p xarakatlar bilan ifodalagan guruh g’olib hisoblanadi. So’ng o’yin chambaraklarni almashtirib o’ynaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |