Musiqa asarining xarakterini harakatda ifodalash qobiliyatini rivojlantirish o’yini
“Mushukchalar”
O’yin materiallari: Bolalar soniga qarab mushuk niqoblari.
O’yin kichik guruhlarga bo’linib o’ynaladi.
O’yinning borishi: “Raqs” kuyi chalinganda, bolalar erkin raqsga tushib o’ynashadi. “Alla” kuyi chalinganda, bolalar cho’kkalab o’tirishadi, qo’l kaftlarini birlashtirib o’ng yuziga qo’yishadi. So’ng o’yin boshqa guruh bolalar bilan shu tarzda o’ynaladi.
1) Musiqa rahbari kuylarni almashtirib chalishi mumkin.
2) “Alla” kuyiga bolalar bir yonga yotib olishi mumkin.
3) Қo’l kaftlarini birlashtirib chap yuziga qo’yishi mumkin.
4) Musiqa rahbari o’yinga osoyishta va sho’x xarakterdagi boshqa kuylardan foydalanishi mumkin.
5) Boshqa hayvonlarning niqoblaridan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |