Yo’g’on va ingichka tovushlarni farqlash qobiliyatini rivojlantirish o’yini.
“Kim kuylayapti”
O’yinning borishi: Bolalar teng ikki guruhga bo’linib yelkama-yelka turishadi. Musiqa rahbari o’yin qoidasini bolalarga tushuntiradi.
Birinchi guruh bolalari kelishib olishib ona sigir deyishadi.
Ikkinchi guruh bolalari esa birinchi oktavadagi “do” tovushida “mo’-mo’” deb kuylab berishi kerak.
Navbat ikkinchi guruhga beriladi, bolalar kelishib olib toychoq deyishadi.
Birinchi guruh bolalari esa ikkinchi okravadagi “do” tovushida “i-i-i” deb kuylab berishadi.
Har bir guruh bolalari kelishib olib xoxlagan uy hayvonlari, parrandalarini onasini, bolasini nomini aytishadi. O’yin shu tariqa yuqorida ko’rsatilgandek o’ynaladi.
Masalan: ona tovuq, o’rdak bolasi, ona echki, tovuq bolasi, ona ot, mushuk bolasi, ona o’rdak, qo’y bolasi va xokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |