Bog'liq Chorvachilik va ipakchilik fanidan mustaqil ish
Tosh DAU Nukus filiali
Agrobiologiya fakulteti 2 V
Agronomiya talabasi
Sultonov Rashidjonning
chorvachilik va ipakchilik
fanidan tayyorlagan mustaqil
Ishi
Mavzu: Pichan tayyorlash
va chatishtirish usullari
Reja:
1. Pichan tayyorlash
2 . Chatishtirish usullari
# Chatishtirish usullari
1.Qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini mahsuldorligini ko‘paytirish ularni sifat jihatdan takomillashtirishni talab etadi. Bu borada urchutish fani alohida o‘rin tutadi.
Urchitish fani qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini takomillashtirish, sifatini yaxshilash borasidagi nazariy va amaliy bilimlar majmuasidir. Bundan tashqari urchitish bor zotlarni takomillashtirish va yangi zotlar yaratish bilan shug‘ullanadi.
Eramizgacha I asrda dastlabki qishloq xo‘jalik sohasidagi asarlar paydo bo‘la boshlaydi (Katon, Varron, Kolumella va boshqalar), unda dastlabki hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va baholash bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar mavjud.
Asrlar osha insonlar hayvonlarni takomillashtirish borasida urchitish fanini rivojlantirib keldilar.
Bularga misol qilib arablarning arab ot zotini, inglizlarning sof zotli salt miniluvchi ot zotini keltirib chiqarishdagi qo‘llagan usulini aytish mumkin.
Hozirgi kunda ham mamlakatimizda bu sohada qator ishlar qilinmoqda. Bu borada sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni takomillashtirish tajribalarini keltirish kifoya qiladi (prof. SH.A.Akmalxanov, U.N.Nosirov, M.A.Ashirov).
Hayvonlarni sifat jihatidan o‘zgartirishda o‘zgaruvchanlik alohida o‘rin tutadi. Hayvonning irsiyati ikki omil asosida o‘zgaradi: avlodda genlarning yangicha tizimi, qaysiki chatishtirish natijasida olinadi (kombinativ o‘zgarish) va mutasiya.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik chorvachilikda keng foydalaniladi, u bilan amalda zotlar takomillashtiriladi, yangilari yaratiladi va yangi sermahsul hayvonlar yaratiladi.
Mutasion o‘zgaruvchanlik – ayrim avlodlardan irsiyatning favqulotda o‘zgarishiga aytiladi. Tanlash jarayonida inson mutasion o‘zgarishlardan hayvonlarni takomillashtirishda foydalanadilar bu usul spontan holatda tabiatda ro‘y beradi.
Sun’iy mutasion o‘zgaruvchanlik tashqi muhit ta’sirini jinsiy hujayraga o‘tkazish natijasida ro‘y beradi (rentgen nuri, kimyoviy moddalar va boshkalar).
Bulardan tashqari modifikasion o‘zgaruvchanlik mavjud bo‘lib – u tashki muhit ta’siri ostida ro‘y beradi.
CHorvachilikda naslchilik ishlarini olib borganda quyidagi ginetik ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.