Тinglash va eslash qobiliyatini rivojlantirish o’yini
“Тinglang, toping”
O’yin materiali: uxlayotgan bolaning, shahdam qadam tashlayotgan bolaning, raqsga tushayotgan bolaning rasmlari stolda yoyib qo’yiladi.
O’yinning borishi: musiqa rahbari o’zbek xalq kuyi “Askariyni” chalgandan so’ng bolalardan so’raydi: - Bu kuyga qanday xarakat qilish mumkin? Хarakatni to’g’ri topgan bolani musiqa rahbari stolni ustidagi rasmlardan musiqa xarakteriga mos rasmni ko’rsatishni so’raydi.
O’zbek xalq kuyi “Chertmak” ijro etilganda ham, o’zbek xalq kuyi “Alla” ijro etilganda ham o’yin shu tariqa takrorlanadi. Kuy nomini, xarakatni, rasmni to’g’ri topgan bola g’olib xisoblanadi.
“Askariy” kuyiga shaxdam qadam ashlayapgan bola rasmini
“Chertmak” kuyiga raqsga tushayapgan bola rasmini
“Alla” kuyiga uxlayapgan bola rasmini ko’rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |