I.Q.HAYDAROV, E.I.JURAYEV
MURAKKAB SHAROITLARDA
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QAZISH
FANIDAN
Ma’ruzalar matni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
I.Q.Haydarov, E.I.Jurayev
MURAKKAB SHAROITLARDA
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI QAZISH
FANIDAN
Ma’ruzalar matni
Qarshi 2021-yil
UDK: 533.98:551.577.54(075)
I.Q.Haydarov, E.I.Jurayev “Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish” fanidan Ma’ruzalar matni. –Q.285 bet.
Ushbu ma’ruzalar matnida Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini burg’ilash texnika, texnologiyasi, quduqlarni burg’ilash usullari, quduq konstruksiyasi, quduqlarni burg’ilashda sodir bo’ladigan avariya asoratlar, quduqlarni bug’ilash burg’ulari, burg’ilash quvurlari, burg’ilash eritmalari, burg’ilash meyoriy hujjatlari ma’lumotlari yoritilgan.
Ma’ruzalar matni neft va gaz fakulteti 5311900- “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” ta’lim yo’nalishi bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan. Shuningdek, o`quv qo’llanmadan neft va gaz sohasida ishlaydigan mutahassislar ham foydalanishlari mumkin.
17 jadval, 127 ta rasm,
В текст лекций рассматривается вопросы о технология бурения нефтяных и газовых скважин, выбор оборудования для бурения скважин, строительство скважин, аварийные осложнения при бурении скважин, первичное и вторичное бурение продуктивных пластов, ГНВП скважин, бурильные трубы, буровые растворы и методы бурения рассматриваются в исследовании.
Учебное пособие предназначен для студентов бакалавриата на нефтегазовом факультете 5311900 - «Разработки и эксплуатация нефтегазовых месторождений». Эксперты из нефтегазовой отрасли также могут извлечь пользу из учебника.
17 таблиц, 130 рис.
The training manual addresses issues of oil and gas well drilling technology, the choice of equipment for drilling wells, well construction, emergency complications when drilling wells, primary and secondary drilling of productive formations, well logging, drilling pipes, drilling fluids and drilling methods are considered in the study.
The textbook is designed for undergraduate students at the Faculty of Petroleum 5311900 - "Development and exploitation of oil and gas fields" Experts from the oil and gas industry can also benefit from a textbook..
17 tables, 130 pic.
Taqrizchilar: “Koson neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MCHJ
yetakchi muhandis texnologi E.A.Hoshimov
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz ishi”
kafedrasi mudiri PhD L.X.Sattorov
Kirish
O‘zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston neft va gaz sanoati 130 yillik tarixga ega. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, 1992 yil 8 iyunda “Neft va gaz sanoati konserni” tashkil etildi. 1993-yilda konsern «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasiga aylantirildi va ishlab chiqarish tarmoqlari ixtisoslashtirilib, davlat hissadorlik birlashmalari tashkil etildi. 1999-yilda “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga, davlat hissadoralik birlashmalari aksiyadorlik kompaniyalariga aylantirildi. Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi muassasalar tashkil etildi: “O‘zgeoneftgazqazibchiqarish” AK, “O‘zburg‘ineftgaz” AK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zneftgazqurilish” AK, “O‘zneftmahsulot” AK, “O‘zneftniqaytaishlash” AK, “O‘zneftgazmash” AK, “O‘zneftgazta’minot” AK, korxona, tashkilotlar va “O‘zLITIneftgaz”, “IGRNIGM” ilmiy tekshirish institutlari va boshqalar. Keyinchalik, 2003 yil oktabr oyiga kelib, bu aksionerlik kompaniyalari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarmoqlarini va aholi extiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarilgan energetika resurslari, sifatli neft mahsulotlari hisobiga ta’minlash masalasi hal qilindi. Bunga asosan Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo hamda Ustyurt regionlarida konlardan olingan neft va gaz mahsulotlari hisobiga erishildi. Aynan mavjud yirik neft va tabiiy gaz zaxiralari hisobiga mustaqillik yillarida respublikamizda neft, gaz va kondensat ishlab chiqarish qariyb uch barobarga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |