Quduq chuqurligi – quduqning yuqori qismidan quduq tubigacha bo‘lgan masofa.
Quduq og‘zi – burg’ilash qudug‘ining yer yuzasini kesib o‘tgan joyi hisoblanadi; quduq tubi – burg’ilash jarayonida quduqning eng past qismi. Quduq tubi ishlaydigan va ishlamaydigan xolatlarda bo‘ladi. Quduq tubi aslida halqasimon bo‘lishi kerak, lekin ayrim sabablarga ko‘ra yaxlit xalqasimon bo‘lmaydi va o‘lchamsiz figura hosil qiladi natijada yassi, pog‘onali bo‘lishi mumkin. Quduq devori – burg’ilash qudug‘i bo‘ylab yon yuzasi; quduq devori - quduq devori bilan chegaralangan ma’lum chuqurlikdagi bo‘shliq. Quduq barqaror yoki barqaror bo‘lmagan tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ularni suniy sement-tosh yo‘llar orqali quduq devorlari mustahkamlanadi, natijada quduq devorlari yuqoridan pastga qarab torayaib boradi. Quduq o‘qi - quduq tubi markazidagi geometrik nuqta joyi. Quduq diametri – jins yemiruvchi asboblarning tashqi diametridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |