Mexanik - tog‘ jinsi zarrachalari burg’ilash yoki maxsus asboblar (burg’ilash stakani, qoshiqli yoki spiralli burg‘i, shnek, jelonka) yordamida chiqariladi.
Mustahkam bo‘lmagan tog‘ jinslarini burg’ilash jarayonida quduq devorlari gilli, polimerli qorishmalar, shuningdek sement yoki sintetik smolalar bilan mustahkamlanadi.
Quduq devorlarini uzoq muddatga mustahkamlash uchun mustahkamlovchi po‘lat quvurlardan foydalaniladi.
I.6. Quduqni burg’ilashga tayyorgarlik ishlari
B urg’ilash minora va qurilmalarini yig‘ib bo‘lgandan keyin ularni maxsus tuzilgan komissiya tomonidan qabo’l qilinadi. Burg’ilash ustasi va brigada a’zolari tomonidan qurish va yig‘ish ishlarining to‘g‘riligi va sifati tekshiriladi hamda burg’ilash qurilmalari sinaladi. Shuningdek, burg’ilash jarayonida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun xavfxatarli joylar mukammal tekshiriladi.Burg’ilash qurilmalarining elektr yoritish jihozlari mavjud norma qoidalariga mos qilib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |