Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish


Vodorod ionlarining konsentratsiyasi – pH



Download 21,56 Mb.
bet77/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

Vodorod ionlarining konsentratsiyasi – pH. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi gilli eritmalarda sodir bo‘ladigan fizik-kimyoviy jarayonlarning xarakterini va jadalligini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. рн ko‘rsatkichi toza chuchuk suv uchun 7 ga teng. Agar рН>7 bo‘lsa, muhit ishqorli, рН<7 bo‘lganda esa kislotali xarakterga ega bo‘ladi.

Shuningdek, vodorod ko‘rsatkichi orqali quduqdagi gilli eritmalarning holati aniqlanadi. Bu esa ularni samarali kimyoviy qayta ishlashga imkon beradi. Yuvish eritmalaridagi рН ning o‘zgarishiga qarab minerallashgan suvlarning quduqqa oqib kirganligini, xemogen tog‘ jinslarining ochilganligini hamda turli tavsifdagi asoratlarning hosil bo‘lganligini taxmin qilish mumkin.

Gilli eritmalarni talab qilingan sifatda olish va burg‘ilash jarayonida eritmalarning dastlabki xossalarini bir meyorda saqlab turish uchun eritmalarga kimyoviy reagentlar qo‘shib qayta ishlov beriladi. Sutkalik cho‘kish - yuvish eritmasining koloidlik xossasini xarakterlaydi. Uni aniqlash uchun aralashtirilgan eritmani sig‘imi 100 m3 bo‘lgan darajalangan silindr idishga qo‘yib, bir sutka davomida tinchlikda saqlanadi. Yuqori sifatli eritmalar uchun bir sutkadagi cho‘kishning miqdori nolga yaqin bo‘ladi.

Gipsli eritma - ingibitor (gipsli, ya’ni CaSO4 tuzi) qo‘shilgan eritmalardan biri. Gipsli burg‘ilash eritmalari o‘zining haroratga chidamliligi, ya’ni termik barqarorligi bilan boshqa ingibitorli eritmalardan farq qiladi. Gipsli eritmalar harorat darajasi 160-180 0C bo‘lgan sharoitlarda chidamli bo‘ladi.

Gipsli eritmalarni qizdirilganda ularning filtrlanish xossalari kam o‘zgaradi, biroz qovushqoqligi ortib, quyuqlanishi mumkin. Bunday hollarda, eritmaga xromatli tuzlar qo‘shib, uning qovushqoqligini talab darajasigacha oshiriladi.

Gipsli burg‘ilash eritmalarining ingibirlanishini oshirish uchun eritmadagi kalsiy miqdoriga qo‘shimcha miqdorda gips yoki alebastr qo‘shib, kalsiy miqdori 300 mg/l gacha yetkaziladi.

Eritmaning qovushqoqligini va suv ajratish xossalarini nazorat qilib borish uchun unga xromlignosulfonat tuzi va karboksimetilsellyuloza kabi kimyoviy reagentlar qo‘shiladi.



Bo‘rli eritma – minerallashgan yer osti suvlarini ochishga mo‘ljallangan, gilsiz, suvda eruvchan, yotqiziqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladigan, kimyoviy reagentlar bilan qayta ishlangan eritma. Odatda bo‘rli eritmalar gilli eritmalarga nisbatan barqaror hisoblanadi.


Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish