5.4-rasm. Surinov-Kvirikashvili aryometrlari.
5.5-rasm. Aryometr tarozisi solishtima og’irligini aniqlaydi.
Po‘kakning silindrsimon qismida ikkita shkala belgilangan: chap tomonida 0,9 dan 1,7 gacha va o‘ng tomonida 1,6 dan 2,4 gacha. Odatda stakan 2 sinaladigan eritma bilan to‘ldiriladi va maxsus shtift yordamida unga po‘kak ulanadi. Undan keyin suvli idishga areometr tushiriladi va chap shkala orqali ularning ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Agar eritma og‘irlashtirilgan bo‘lsa, areometr to‘liq suvga cho‘kkan hollarda stakandan yuk 1 bo‘shatiladi va ularning ko‘rsatkichlari o‘ng shkaladan olinadi. Areometr ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi suvning zichligi yordamida o‘lchanadi. Odatda ishga yaroqli areometrning chap shkalasidagi ko‘rsatkich 1000 kg/m3 ga teng bo‘ladi.
b) Gilli eritmalarning qovushqoqligi – quduq tubidan shlamlarni tashqariga olib chiqishga va tog‘ jinslarining darzliklarini tiqinlashga hamda yuvish eritmalarining yutilishlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga eritmaning yuqori qovushqoqligi bosimning ko‘tarilishini talab etadi. Gilli eritmaning yuqori qovushqoqligi quduq burg‘ilashning tezligini kamaytiradi.
Gilli eritmaning qovushqoqligi eritma tayyorlash uchun foydalaniladigan dastlabki materiallarning sifatiga va gil zarrachalarining o‘lchamlariga bog‘liq. Odatda, gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u eritmada shunchalik ko‘p bo‘ladi, qovushqoqligi esa yuqori bo‘ladi. Yuqori qovushqoqlikdagi eritmalarni bentonitli gildan va yumshoq suvdan tayyorlash mumkin. Burg‘ilash jarayonida gilli eritmalarning qovushqoqligi gillar bilan boyishi, gazlar bilan to‘yinishi hamda tuzlar ta’siri hisobiga ko‘payadi. Eritma qovushqoqligining pasayishi uning yer osti suvlari ta’sirida suyuqlanishidan hosil bo‘ladi. Burg‘ilash jarayonida shartli qovushqoqlik ko‘proq ahamiyatga ega. U ichki diametri 0,5 m bo‘lgan quvurli voronkadan 500 sm2 eritmaning oqib o‘tish vaqti bilan aniqlanadi.
Eritmaning shartli qovushqoqligini o‘lchash uchun standart dala viskozimetri SPV-5 qo‘llaniladi. Viskozimetr asosan voronka 1, latun quvur 0,2 va 0,5 m li teshikchadan tashkil topgan. Uning tarkibiga ikki qism (0,200 va 0,500 m2) ga bo‘lingan krujka, to‘r va sekundomer kiradi.
Viskozimetr voronkasiga to‘r orqali o‘lchash krujkasi yordamida qovushqoqligi o‘lchanishi kerak bo‘lgan 700 m3 eritma qo‘yiladi. Keyin vlronka tagiga hajmi 500 m3 li krujka qo‘yiladi, quvurning teshigidan barmoq olinadi va sekundomer ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |