5.9-rasm. VM-6 Burg’ilash eritmasining suvlanganlik xolatini
aniqlovchi asbob
Burg‘ilash jarayonida yer osti suvlarining qo‘shilishi hamda tog‘ jinslaridan o‘tadigan tuzlarning ta’siri hisobiga eritmalarning suv beruvchanligi oshishi mumkin. Burg‘ilash jarayonida eritma suv beruvchanligining pasayishi kam sodir bo‘ladi. Suv beruvchanlik ko‘rsatkichi 30 min vaqt ichida filtrlangan suvning miqdori bilan o‘lchanadi. Filtr qog‘ozning ko‘ndalang kesimi 0,75 m va bosimi 0,1 MPa ga teng bo‘lib, “V” harfi bilan belgilanadi. Uning birligi sm3/30 min. Gilli eritmaning suv beruvchanligini aniqlashda qo‘llaniladigan asbob – VM-6 (11.2, g-rasm) asosan to‘rtta qismdan tashkil topgan: filtrlash stakani 5, bosim silindri 3, yukli 2 plunjer 1 va taglik 10. Filtrlash stakani bilan uning tagligi 7 oralig‘i rezba bilan ulanadi va teshikli disk bilan siqiladi. Shunday qilib ishga tayorlangan filtrlash stakani taglikka 10 o‘rnatiladi va unga 120 m3 gilli eritma quyiladi. Stakanga bosim silindri 3 burab kirgiziladi va eritma yuzasi mashina moyi bilan to‘ldiriladi. Keyin moy orqali gilli eritmaning bosimi (1kgs/sm2) ta’sirida silindrga plunjer 1 kirgiziladi. Maxsus igna yordamida silindrning pastki qismidan teshikchalar ochiladi va ular orqali moyning bir qismi halqasimon sig‘imga tushiriladi. Vint 9 bilan to‘sqich 8 ochiladi va uning ochilgan vaqti qayd etiladi. Plunjer yordamida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida gilli eritmalardan ajralgan ozod suvlar filtrlash qog‘ozi orqali taglikka o‘tadi. Bunda gilli eritmaning suv beruvchanlik miqdori 30 min dan keyin silindr shkala belgisi orqali hisobga olinadi.
Agar burg‘ilash jarayoni normal sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 minutda 20-25 sm3 dan oshmasligi kerak.
Burg‘ilash jarayoni murakkablashgan sharoitlarda amalga oshirilsa, gilli eritmalarning suv beruvchanligi 30 minutda 5-6 sm3 ga pasaytirilishi mumkin.
Gilli eritmalarning suv beruvchanlik darajasini aniqlab bo‘lgandan keyin, VM-6 asbobining stakanidan filtrlash qog‘ozi chiqariladi va darajalangan o‘lchagich yordamida ularda hosil bo‘lgan gil eritmasi pardasining qalinligi aniqlanadi. Pardaning qalinligi gilli eritmaning suv beruvchanligiga to‘g‘ri roporsional bo‘ladi. Odatda, pardaning normal qalinligi 0,2-0,3 m ni tashkil etadi.
Yuqorida qayd etilgan gilli eritmalarning xossalarini aniqlash eritmalarni tayyorlash va burg‘ilash jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Burg‘ilash jarayonida gilli eritmalarning o‘zgargan sifat ko‘rsatkichlarini tiklash uchun maxsus tadbirlar amalga oshiriladi.
Agar burg‘ilash ishlari normal sharoitlarda olib borilsa, gilli eritmalarning sifat ko‘rsatkichlari (zichlik, qovushqoqlik, qumning miqdori) bir smenada ikki marta, ularning barqarorligi va suv beruvchanligi bir sutkada bir marta aniqlanadi. Murakkab sharoitlarda esa o‘lchash davomiyligi ancha ko‘paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |