Mexanik gil aralashtirgich - gorizontal yoki tik holatda o‘rnatiladigan bo‘lishi mumkin
5.9-rasm. Gil aralashtirgich.
1-korpus; 2-shkiv; 3-reduktor; 4-val; 5-parrak; 6-yuklaydigan lyuk;
7-to‘kiladigan patrubok
. Gil aralashtirgichning sig‘imi 0,25 dan 4 m3 gacha bo‘ladi. Gil aralashtirgichlar dvigatel yoki transmissiya orqali harakatga keltiriladi. 1 m3 gilli eritmani tayyorlash uchun kerak bo‘lgan gilning miqdori (t/m3) quyidagi formuladan aniqlanadi:
bunda г -quruq gilning zichligi, t/m3 (г=2,32,6 t/m3); гэ- gilli eritmaning zichligi, t/m3; с- suvning zichligi, t/m3.
G illi eritmani tayyorlash uchun gil aralashtirgichning 1/3 hajm qismi suv bilan to‘ldiriladi, so‘ngra aralashtirgichning sig‘imiga qarab 3-4 sm3 o‘lchamdagi gil solinadi.
5.10-rasm. Vertikal gil aralashtirgich mos teshik tanlash yo‘li bilan quvurga tushayotgan kukunning tezligini tartibga solish mumkin.
Odatda, barqaror eritma olish uchun gilli eritma tayyorlashdan bir sutka oldin, gilni 0,1 % li kalsiyli soda eritmasi bilan ho‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |