Pog‘onali burg’ular – qattiq va o‘rta qattiqlikdagi tog‘ jinslarini burg’ilashga mo‘ljallangan. Bu burg’u quduqlarning kamroq egilishini ta’minlaydi.
Ekssentrik burg’ular - quduq ustunining diametrini kengaytirishga mo‘ljallangan.
Hozirgi vaqtda neft va gaz quduqlarini burg’ilashda ko’rakli, sharoshkali, olmosli va qattiq qotishmali burg’ular keng qo‘llaniladi.
4.7. Tog‘ jinslarining yemirish prinsiplariga ko‘ra burg’ilash
burg’ularining tasnifi
Tog‘ jinslarining yemirilish xarakteriga ko‘ra barcha burg’ilash burg’ulari quyidagicha tasniflanadi:
а) Maydalovchi-parchalovchi burg’ular - yumshoq (qovushqoq, plastik) tog‘ jins (loy, qum, gil, yumshoq mergel, bo‘r)larni burg’ilashga mo‘ljallangan. Lekin burg’u ishchi qirrasining tez ishdan chiqishi sababli qattiq abrazivli tog‘ jinslarini burg’ilashga yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun burg‘ilanayotgan tog‘ jinslarining mustahkamligiga qarab burg’u tig‘iga har xil shakllar beriladi. Burg’uning yeyilishga barqarorligini oshirish uchun pastki qirralariga qattiq qotishmalar yopishtiriladi.
b) Maydalovchi-qo‘poruvchi burg’ular – o‘rtacha qattiqlikdagi va abraziv xossali zich, qattiq (gil, alevrolit, qumtosh, dolomit, angidrit, kremniylashgan jinslar) qatlamli tog‘ jinslarini burg’ilashga mo‘ljallangan. Burg’u ikkita va uchta konussimon o‘zi tozalovchi sharoshkadan iborat. Hozir burg’ilash burg’usi va kallagining maydalovchi turlari ko‘proq tayyorlanadi. Bu burg’ular bilan ishlashda quduq tubidagi tog‘ jinslari sharoshka tishlarining ta’siridan yemiriladi.
v) Yemiruvchi-randalovchi burg’ular – qattiq, o‘rtacha qattiq va abraziv tog‘ jinslarini yemirishga mo‘ljallangan. Olmos zarrachali va qattiq qotishmali burg’ular o‘rtacha va juda qattiq tog‘ jinslarini, ko’rakli burg’ular esa abraziv tog‘ jinslarini burg’ilashda ishlatiladi.
g) Vazifasiga ko‘ra burg’ilash burg’ulari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- tog‘ jinslarini bir tekisda yoki pog‘onalari bo‘yicha yoppasiga burg’ilashga mo‘ljallangan burg’ular;
- quduq tubining chet qismidagi tog‘ jinslarini burg’ilashga mo‘ljallangan burg’ilash kallaklari;
- qattiq qotishmali burg’ular;
- maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan burg’ular.
Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh burg’ulari quduqlarni chuqurlashtirishga, to‘rtinchi guruh esa burg‘ilangan quduqlarni kengaytirish, quduq devorlarini tekislash va sement tiqinlarini burg’ilashga mo‘ljallangan.
Boshqa turdagi burg’ilash burg’ulari va kallaklari (maxsus ishlatiladigan olmosli burg’ular) texnik sharoitlariga qarab sekin (300 ayl/s gacha) va tez (300 ayl/s dan ortiq) aylanadigan burg’ularga ajratilgan. Shuning uchun sekin aylanadigan burg’ularga AN, tez aylanadigan burg’ularga esa AV shifri berilgan. Burg’ular vazifalari, konstruksiyasi va turlaridan qat’iy nazar diametrlari bo‘yicha tartibga solingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |