Burg’ilash asboblarini ta’mirlash. Burg’ilash ishlari tugatilgandan keyin burg’ilash komplekti, yetakchi quvurlar, og‘irlashtirilgan quvurlar va o‘tkazgichlarning ishi yaroqlilik holatlarini tekshirish uchun tegishli bazaga keltiriladi. Quvurlar burg’ilash bazasida har xil qo‘shimchalardan tozalanadi, qulf rezbalari va o‘tkazgichlar esa kerosin yoki yengil neftlar bilan yuviladi. Keyin quvurlar defektoskop yordamida tekshirilib, ularning ishga yaroqlilik darajasi aniqlanadi.
4.6. Burg’ilash dolatolari va ularning turlari
Neft va gaz quduqlarini burg’ilashda tog‘ jinslarini yemiruvchi maxsus asboblar (burg’u, koronka, burg’ilash kallaklari) qo‘llanilanadi. Ular yordamida quduq tubidagi tog‘ jinslari parchalanadi va natijada quduqlar quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |