Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish



Download 21,56 Mb.
bet157/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

1 0.3-rasm. Burg’ilash quvurlarining loy o’rashi

Burg‘ilashning boshidan oxirigacha burg‘iga o‘q yukini uzatishni og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari(OBQ) yoki yengillashtirilgan burg‘ilash quvurlari(YEBQ) hisobiga amalga oshirish kerak.


10.4. Burg‘i bilan bog‘liq avariyalar

Burg‘i bilan bog‘liq halokatlar burg‘ining sinishi, burg‘ilash kallagi, kengaytirgich va ularning qismlari, sharoshkalarning quduq tubida qolishi bilan bog‘liq.

Burg‘i sinishining sabablariga - quduq tubida burg‘ining ko‘chma harakati, talab qilingan yukdan oshiqroq yukda burg‘ilashi, quduq tubiga burg‘ining urilishi, qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilash va ulash perevodniklarining kam mustahkamligi kiradi. Odatda, halokat natijasida quduq tubida burg‘i sharoshkalari qolib ketadi. Sharoshkalarning ponalanishi natijasida quduq tubida sharoshkaning aylanishi to‘xtaydi va ularning o‘qlarida tutilish sodir bo‘ladi. Burg‘ilash jarayonida burg‘i sinishining asosiy belgisi burg‘ilash quduq chuqurlashishining to‘xtashi va burg‘ilash quvurlar birikmasining kuchli tebranishi hisoblanadi. Eng ko‘p sinish uch sharoshkali va kolonkali sharoshka burg‘ilarning podshipniklarida sodir bo‘ladi. Bunday hollarda quduq tubi dvigateliga yuk berilmaydi. Rotorli burg‘ilashda esa burg‘ilash quvurlar birikmasi ponalana boshlaydi. Quduq tanasini ishlashda burg‘ilash quvur birikmasini ko‘tarmaguncha burg‘i sinishini aniqlash juda qiyin. Shuning uchun burg‘ilashda ishlatiladigan burg‘i mukammal tekshiriladi. Sharoshkali burg‘ilarning quduqda qolishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: burg‘i ishlash rejimining noto‘g‘riligi, ishlash vaqtida burg‘iga kam o‘q yuki berilishi, quduq tubida burg‘ining ko‘proq ushlab turilishi va boshqalar.

Burg‘i bilan bog‘liq halokatlarni bartaraf qilish. Burg‘i bilan bog‘liq halokatlarni bartaraf qilish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: burg‘ini quduqqa tushirishdan oldin halqali shablon yordamida uning diametri, qulf rezbasi, lapalarning payvandlangan choki, korpusi, yuvish teshiklari, sharoshkalarning sapfaga o‘rnatilishini mukammal tekshirish; geologik-texnik naryad ko‘rsatmasi asosida burg‘ilash yuvish suyuqligini tozalashga alohida e’tibor berish; quduqdan ko‘tarilgan burg‘ini rotorga o‘rnatilgan asbob yordamida burab bo‘shatish; suv bilan yuvish o‘lchamini va tashqi ko‘rinishini tekshirish. Undan tashqari muntazam ravishda quduq tubi magnit frezeri va shlam tutqichi yordamida har xil metall qoldiqlaridan tozalab turiladi.

Rotorli burg‘ilash jarayonida burg‘i bilan bog‘liq halokatlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: notekis aylanishi; burg‘ilash quvurlari birikmasining vertikal tebranishi; elektr burg‘ilashda ampermetr ko‘rsatkichining pasayishi va burg‘ilashning to‘xtashi.

Ma’lumki, diametri 295 yoki 269 mm li boshmoqni yoki quduq tubi frezerini 2-3 marta tushirganda buzilishi mumkin. Keyin gidromexanik pauk yoki magnit frezerini tushirib, quduq tubidan metall bo‘lakchalarini chiqarish mumkin. Quduq tanasi o‘rtasida qoldirilgan burg‘i, oldin quduq tubiga tushiriladi, keyin pechat yordamida uning holati aniqlanadi. Qolgan hamma vaziyatlarda burg‘ilar frezer yoki torpedo orqali buziladi va har xil tutqich asboblar yordamida tashqariga chiqariladi. Burg‘ilash qudug‘ida qolgan burg‘i va uning qismlarini bartaraf qilish uchun magnitli frezer qo‘llaniladi. Magnitli frezer quduqqa burg‘ilash quvurlarida tushiriladi. U quduq tubiga yetishiga 6-7 m qolganda, rotor kichik tezlikda aylantirilib quduq yuviladi. Frezer uncha katta bo‘lmagan yuk bilan quduq tubiga tushib qolgan detallarni quduq tubi markaziga yig‘adi. Keyin magnitli frezer koronkasi tog‘ jinslarini qaziydi, uning pastki qismi quduqda qolgan detallarga yopishadi va ularni tutadi. Shundan keyin yuvish jarayoni to‘xtatiladi va burg‘ilash quvurlar birikmasini ko‘tarish boshlanadi.

Xulosa

Burg‘ilash, ko‘tarish va tushirishda: rotor, vertlyug va burg‘ilash shlangi bo‘yicha nazorat-o‘lchash asboblarining ma’lumotini nazorat qilish; hech qayerga ketmay chig‘ir oldida turish; burg‘ilash jarayoni to‘xtatilgandan keyin, quduqda burg‘ilash asboblarini harakatsiz qoldirmaslik; bunday hollarda asboblarni quduq tubidan ishchi quvur uzunligiga teng balandlikda ko‘tarish, keyin ularni muntazam ravishda tushirish va uni rotor yordamida aylantirish; burg‘ilash brigadasi tarkibining doimiyligini ta’minlash; svechalar (ikkita yoki uchta burg‘ilash quvurlari birikmasi)ni aylanma kalit bilan burash, ularni mashina kaliti bilan mustahkamlashni amalga oshirish, qiya turbinali burg‘ilashda hamma svechalar mashina kaliti bilan mustahkamlanadi. Asboblarni yer yuziga ko‘tarishda qulflarning ayrim nuqsonlarini (qulflarning eritma ta’sirida yeyilishi, yoriq) aniqlash uchun qulfga suv sepish; rotorli burg‘ilashda quduq tikligini nazorat qilish; mustahkamlovchi quvurlar birikmasini (teskari to‘sqich bilan) tushirishda quvurlar birikmasini og‘zigacha gilli eritma bilan to‘ldirish; burg‘ini quduq tubida ko‘p ushlab turmaslik; ish boshlashdan oldin va burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvurlarini ko‘rikdan va sinovdan o‘tkazish; quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha qoida va instruksiyalarga amal qilish lozim. Bu ishlarni ketma-ketligi neft va gaz quduqlarini burg’ilash ishlarida avariya asoratlarning kam bo’lishiga olib keladi.

Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish