Xotirani rivojlantirish yo’llari
Xotirani rivojlantirish masalasi psixologiyadagi, nafaqat psixologiyadagi,
balki insoniyatning oldida turgan dolzarb muammodir. Ayniqsa, u yoki bu ta’lim
maskanlarida o’qiydigan har bir o’quvchi yoki talaba uchun ham bu juda muhim
narsa: kim eshitgan yoki ko’rgan narsasining mazmunini to’la eslab qolib, keyin
sheriklari yoki o’qtuvchisini lol qilishni xohlamaydi deysiz? Shuning uchun ham
ushbu mavzuda amaliy jihatdan ma’qul va mumkin bo’lgan ayrim tavsiyalarga
e’tiborni qaratamiz.
Ko’pchilik psixologlar va amaliyotchilar inson xotirasini kitoblar javoniga
o’xshatishadi. Agar shu javonda kitoblar tartib bilan joy-joyiga qo’yilgan va Siz
vaqti-vaqti bilan ularni orasiga “tashrif” buyurib tursangiz, qaysi kitob qayerda
turganini yaxshi bilasiz. Xotira ham shunday. Agar Siz muntazam o’z
qobiliyatlaringizni o’stirish ustida ishlasangiz, u yoki bu qiziqtirgan mavzu
bo’yicha turli kitoblarni o’qib, ularni ma’lum tartibda qaytarib tursangiz, esda
saqlash va esga tushirish qobiliyatingiz o’sib boraveradi.
Ikkinchi muhim amaliy qoida – bu o’qigan, eshitgan yoki ko’rgan
narsangizning mohiyatini anglashga harakat qilishingiz lozim. Chunki
tushunmagan narsangiz qayta-qayta o’qisangiz ham esda yaxshi qolmaydi.
Masalan, ingliz tilidan “topiklar”ni o’qituvchi so’raganda aytib berish uchun
yodlagan bo’lsangiz, u tezda xotirangizdan o’chib ketadi. Agar uni amaliy biror
ish-faoliyatingiz bilan bog’lab, qiynalib bo’lsa ham ovoz chiqarib mashq qilsangiz,
u anchagacha yoddan chiqmaydi.
O’zlashtirilish lozim bo’lgan ma’lumotning xotirada saqlanishini amerikalik
psixolog
Virjiniya
quyidagicha tasavvur qiladi (20-rasm). Ya’ni, har qanday
ma’lumot bizning bevosita tashki olamni sezish organlarimizga ta’sir qiladi, lekin
ular qisqa muddatli xotirada ham qolmasligi mumkin.
Masalan, yo’lda ketayotganingizda bargning shivirlashi yoki yo’l yoqasidagi
daraxtda sayragan qushning tovushi sizning qulog’ingizga ta’sir qiladi, lekin
xotiradan o’sha zahoti o’chadi, Siz bu ma’lumotni keyin ishlatmaysiz ham. Chunki
ko’rish, eshitish, yoki sezish organlariga kelgan ma’lumot juda qisqa daqiqalar
mobaynida, bir sekundga ham teng bo’lmagan vaqt davomida bizga ta’sir qiladi.
Bu ma’lumot deyarli esda qolmaydi. Keyin qisqa muddatli xotira ishga tushadi, u
ham bir necha daqiqalarda ma’lumotni ushlab tura oladi xolos. Masalan, shoshib
ketayotganingizda o’rtog’ingiz “kechqurun telefonlashamiz”, deb sizga og’zaki
telefon nomerini beradi. Siz uni auditoriyaga yetib borgunga qadar esda saqlab
qolasiz, tez yozib qo’ymasangiz, keyin esdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |