MURAKKAB PSIXIK JARAYONLAR
Bilish jarayonlari va ularning qisqacha tasnifi.
Sezgi. Idrok. Tasavvur. Xotira.
Tafakkur. Xayol. Diqqat. Nutq.
Idrok va idrok qilish qonunlari.
Figura va fonda idrok qilish. Rubin figurasi.
Idrok qilish jarayonlariga xos qonuniyatlar klassifikasiyasi.
Idrok qilish va
diqqat. Diqqatni jalb etishning universal qoidalari (qonunlari).
Xotira va shaxs tajribasining boyligi.
Xotira va ma’lumotlarning miyada
saqlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Xotiraning samaradorligi. Eslab
qolish xususiyatiga ko’ra xotiraning turlari. Kutilmagan ma’lumot.
Ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi. Esda saqlash
vaqti bilan esga tushirish vaqti o’rtasidagi farq. Xotiraning sakkiz qonuni.
Xotirani rivojlantirish yo’llari. O’zlashtirilish lozim bo’lgan ma’lumotning
xotirada
saqlanish
bosqichlari.
Mnemonika
yoki
mnemotexnika.
Mnemotexnik usullar.
Bilish jarayonlari
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan,
ayrimlar ko’rgan-kechirganlarini
juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq
esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda
detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana
birlari eshitgan narsalari
xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z
his-kechinmalarini ayta
olsa, boshqalar – har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil
bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni
ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan,
shunday
kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga
imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator
o’z diqqatini har qanday mayda o’zrgarishlarga ham qaratishga o’rgansa,
konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchi-
moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa,
shoir tabiatan barcha
hodisa va voqyealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi
oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi
uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda
kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish
bilish
jarayonlari –
idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyot
larning
inson
hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtalib o’tamiz.