Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

SIMPATIK NERV TIZIMI 
 
     Orqa miya kul rang moddasining yon shoxlarida joylashgan simpatik yadro simpatik 
nerv  tizimining  markaziy  qismi  hisoblanadi.  Bu  yadro  birinchi  ko‘krak  segmentidan 
boshlanib,  bel  segmentlarigacha  tushadi  va  avtonom  nerv  tizimining  torako-lyumbal 
bo`limini  tashkil  qiladi  (26-rasm).  Simpatik  tolalar  bu  markazdan  tegishli  orqa  miya 
segmentlarining oldingi ildizlaro orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga 
chiqadi.  Simpatik  yadro  ancha  kichik  multipolyar  hujayralardan  tuzilgan.  Bu 


 
 
85 
 
neyronlarning  dendritlari  orqa  miyaning  o‘zida  tarqaladi.  Ingichka,  aksari  miyelinli 
aksonlari  orqa  miyadan  chiqib,  umurtqa  oldi  (paravertebral)  va  umurtqadan  oldingi 
(Prevertebral) tugunlarda tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20  m/s 
dan  oshmaydi.  Simpatik  neyronlarning  orqa  miyadan  chiqib,  tugunda  tugaydigan 
aksonlari preganglionar tolalar deyiladi. 
     Simpatik  nerv  tizimining  periferik  qismini  simpatik  tugunlar  va  ularga  aloqador 
afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan 
to  dumg‘azagacha  tushgan  umurtqaning  ikki  yonida  yotuvchi  chegara  stvollarini  hisil 
qiladi. Chegara  stvol  tarkibidagi  tugunlar  bir-biriga komissuralar  yordamida, orqa  miya 
nervlari  bilan  oq  va  kul  rang  tarmoqlar  yordamida  bog‘langan.  Oq  tarmoq  orqali 
preganglionar tola tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor 
neyronning  aksoni  (postganglionar tola) kul  rang  tarmoq  orqali  orqa  miyaga  qaytadi  va 
oldingi  ildiz  tarkibida  uzilmasdan  ishchi  a‘zogacha  yetadi.  Tugunlarda  preganglionar 
tolalar  bilan  tutashgan  neyronlar  aksonlarining  talay  qismi  kichik  tutamlarga  yig‘ilib, 
ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va chanoq a‘zolarini nervlaydi. 
     Preganglionar  simpatik  tolalarning  bir  qismi  umurtqa  oldi  tugunlarda  uzilmasdan 
prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga yetadi va bu yerda effektor neyronlar bilan 
tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida, nervlanadigan a‘zoga 
ancha  yaqin  joylashgan.  Shuning  uchun  ularga  yetib  kelgan  preganglionar  tola  ham, 
ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi. 
     Umurtqadan  oldingi  katta  tugunlardan  yulduzsimon,  quyoshsimon,  ichaktutqichning 
yuqori  va  pastki  tugunlarini  ko‘rsatish  mumkin.  Bu  tugunlardagi  neyronlar  qorin 
bo‘shlig‘i  a‘zolarining  simpatik  nervlanishini  ta‘minlaydi.  Deyarli  barcha  a‘zo  va 
to‘qimalar  simpatik  nnervlanishga  ega.  Birinchi  galda  bu  qon  tomirlar,  kovak 
a‘zolarning, terinig silliq muskullari, ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi 
hujayralari, skelet muskullari va markaziy nerv tizimining o‘zi. 
     Simpatik  nerv  tizimi  sezuvchi    yo`llarga  ham  ega.  Sezuvchi  neyronlarning  somalari 
umurtqadan  oldingi  tugunlarda  joylashgan.  Ularning  uzun  o‘simtalaridan  biri 
periferiyaga  yoi  oladi,  ikkinchisi  orqa  miyaga  o‘tadi.  Boshqa  bir  neyronlarning  uzun 
o‘simtasi ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida tarqalib, oraliq neyronlar 
orqali  effektor  neyronlar  bilan  bog‘lanadi  va  shu  yerning  o‘zida  mahalliy  refleks  yoyi 
hosil qiladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish