AVTONOM REFLEKS YOYLARNING AFFERENT
VA ORALIQQISMLARI
Uzoq vaqt davomida avtonom nerv tizimining afferent qismi yo‘q, sensor afferent
yo`llar avtonom refleks yoylarida ham sezuvchi qism vazifasini bajaradi, degan fikr
xukmron edi. Hozirda bu tizimning o‘z sezuvchi qismi borligi isbbotlangan. Avtonom
refleks yoylari ichki a‘zolarda, qon tomirlarda joylashgan turli retseptorlardan
boshlanadi. Ichki a‘zolardagi interoretseptorlar mexanik ta‘sirotni, ichki muhit
tarkibining o‘zgarishlarini (suyuqliklarning pH, hajmi, osmotik bosimi, elektrolitlar
tarkibi, O
2
va CO
2
tarangligi o‘zgarishini) sezadi. Bu retseptorlarning tuzilishi va
faoliyatidagi muhim xususiyat shundaki, ular energiyaning faqat bir turiga sezgir.
Masalan, pH o‘zgarganda qo‘zg‘aladigan retseptor bosim o‘zgarishiga befarq.
Ichki retseptorlardan markazlarga impulslar A, B va C guruhlarga kiruvchi tolalar
orqali o‘tadi. Bu tolalar asosan umurtqadan oldingi tugunlardagi neyronlarning,
bo‘yinturuq chigaldagi neyronlarning o‘simtalaridir.
Avtonom refleks yo`lidan o‘tuvchi impulslar oraliq va effernt neyronga chetdagi
tugunlarda yoki miyadagi markazlarda tutashadi. Ammo afferent neyron efferent neyron
bilan bu yoylarda bevosita tutashmaydi, ular orasida oraliq neyron bor. Qo‘zg‘alish
kamida ikkita sinapsdan o‘tadi. Bu sinapslarda noradrenalin bilan bir qatorda GAMK
ham mediator vazifasini bajarishi mumkin.
Avtonom nerv tizimining afferent tolalari orqali markazga yetib kelgan impulslar
tahlili faqat quyi markazlarda emas, balki yuqori markazlarda ham davom etadi. Bu
impulslar ko‘tariluvchi yo`llar bo‘ylab to‘rsimon formatsiyaga, miyachaga va
vestibulyar yadroga yetib keladi. Visseral va somatik afferent impulslar to‘rsimon
formatsiyaning faolligini saqlab turishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq miyadagi gipotalamusni visseral faoliyatlarni boshqaradigan markazlar
majmuasi, degan edik. Tabiiyki, avtonom nerv tizimining afferent signallari talamus
yadrolariga ham yetib keladi. Bu yadrolar faoliyati o‘zgarib, retseptorlari qo‘zg‘algan
tizim va boshqa a‘zolar o‘rtasidagi faoliyatning uyg‘unligini ta‘minlaydi, visseral
faoliyatlarni somatik faollik darajasiga moslashtiradi.
Avtonom nerv tizimining afferent qismlari bosh miya po‘stlog‘iga ham
proyesiyalangan. Birlamchi va ikkilarnchi somatosensor sohalar atrofida, po‘stloqning
chakka sohalarida visseral nervlarning vakillaiklari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |