AVTONOM NERV TIZIMI
Nerv tizimining ichki a‘zolar, bezlar, qon va limfa tomirlari, silliq va qisman
ko‘ndalang targ‘il muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtinom nerv tizimi
deyiladi
Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu tizim tomonidan boshqariluvchi faoliyatlarga ihtiyoriy
ta‘sir o‘tkazish deyarli mumkin emas. Odam idrokiga bo‘sunmaslik avtonom nerv
tizimini somatik nerv tizimidan ajratib turuvchi asosiy belgidir. Somatik nerv tizimi
organizmning tashqi muhit bilan afferent va efferent aloqalarini ta‘minlasa, avtonom
nerv tizimining asosiy vazifasi ichki muhit barqarorligini saqlashdir.
Avtonom nerv tizimi tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, parasimpatik va
metasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va tashqi
(periferik) qismlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |