92
qo'zg'alishi so'lak bezlari faoliyatini kuchaytiradi. Bunda organik moddalari oz bo'lgan
so'lak ajraladi. Simpatok nervni ta'sirlash ham so'lak ajralishiga olib keladi. Ammo uning
miqdori oz, organik moddalarga boy bo'ladi. Demak, ba'zi faoliyatlarni boshqarishda
avtonom nerv tizimining har ikkala qismi bir-biriga ko'maklashadi.
Yuqorida simpatik tizimnning qo'zg'alishi ko'z qorachiqlarini kengaytiradi,
parasimpatik tizim esa uni toraytiradi, degan edik. Ammo bu refleksda avtonom nerv
tizimining bo'limlari o'rtasida qarama-qarshilik ham, hamkorlik ham yo'q. Gap shundaki,
parasimpatik nerv rangdor pardaning xalqa muskullarini, simpatik nerv esa radial
muskullarni nervlaydi. Demak, bu nervlarning effektori boshqa-boshqa. Simpatik va
parasimpatik tizimlar faqat faqat bitta effektorni nervlagandagina, raqiblik yoki hakorlik
to'g'risida gap yuritish mumkin.
Avtonom nerv tizimining ahamiyatini aniqlashda ham olib tashlash usuli qo'llaniladi.
Simpatik chegara stvoli butunlay olib tashlangan hayvonlarda bir qaraganda, ichki a'zolar
faoliyati uncha o'zgarmaydi. Qon bosimi me'yorida bo'ladi, hazm tizimi ovqatni
yetarlicha o'zlashtiradi, urchish, homilador bo'lish, bola tug'ish qobiliyatlari saqlanib
qoladi. Shunga qaramasdan, bunday hayvonlar issiq va sovuqqa, umuman, boshqa muhit
o'zgarishlariga yaxshi moslash olmaydilar. Zararlovchi omillarga qarshilik ko'rsatish
qobiliyati susayib ketadi. Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda xavf tug'ilganda, yurak
urishining tezlashishi, qorachiqlarning kengayishi, skelet muskullari tomirlarining
kengayishiga o'xshash himoya reaksiyalari kuzatilmaydi.
Parasimpatik nervlarni kesib tashlash ham a'zolar faoliyati uchun befarq emas. Sayyor
nervni kesish yurak urishining tezlashishiga, ma'da bezlarida xlorid kislota ajralishining
kamayishiga va boshqa o'zgarishlarga olib keladi. Ammo, me'da-ichakning harakati
uncha o'zgarmaydi. Gap shundaki, preganglionar parasimpatik tolalar hazm a'zolari
devoridagi silliq muskul tolalarida emas, balki metasimpatik tizim neyronlarida tugaydi.
Bu tolalar kesilsa, metasimpatik tizim me'da-ichak harakatlarini o'z-o'zicha boshqarib
turaveradi.
Metasimpatik tizimning yuqori darajadagi avtonomligi shundaki, tarkibida reflektor
faoliyatni to'la ta'minlaydigan tuzilmalar bor. Bu tizimning o'zida sezuvchi unsurlar –
mexano-, xemo-, termo- va osmoretseptorlar mavjud. Ulardan tizim tugunlari sezuvchi
tolalar orqali ichki a'zo devorlarining holati to'g'risida axborot olib turadi. Bu impulslar
prqa va bosh miya markazlariga yetib borishi mumkin.
Metasimpatik neyronlar bir-biri bilan sinnapslar yordamida bog'lanib, kovak a'zolar
devorida to'rlar hosil qiladi. Bu yerda, birinchidan, sensor axborot tahlil qilinadi.
Ikkinchidan, efferent impulslar shakllanib, efferent neyronlar orqali a'zo harakatlariga
o'zgartirish kiritib turiladi.
Yuqorida simpatik nerv tizimining ta'sir o'tkazish doirasi kengligi aytilgan edi.
Deyarli hamma a'zo va tizimlar simpatik nervlarga ega. Parasimpatik tizim nazorat
qiladigan doira ancha tor. Ba'zi a'zo va to'qimalarda parasimpatik nervlar umuman yo'q.
Metasimpatik tizim ta'siri juda chegaralangan. U faqat o'z-o'zidan harakat qilish
qobiliyati bo'lgan ichki a'zolarga tarqaladi.
Ichki a'zolarda metasimpatik mahalliy boshqaruv tizim mavjudligining fiziologik
mohiyati shundaki, u markaziy nerv tizimini bu faoliyatlarni boshqarishdagi ishtirokdan
ko'p jihatdan xolis qiladi, boshqarish esa ishonchli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: