220
Bilvosita usul bilan energiya almashinuvining qaysi darajada kechayotganini bilish
uchun vaqt birligida yutilgan 02 miqdorini aniqlash bilan kifoyalanish ham mumkin. Shu
maqsadda ochiq va yopiq respirator tizimlardan foydalaniladi.
Yopiq respirator tizim ma‘lum - hajmdagi sof kislorod toidirilgan spirograf bo`lib,
tekshiriluvchi kishi unday nafas oladi, nafasdan chiqqan havo G02 ni yutuvchi ishqor
eritmasi solingan idishdan o
‘
tib, qaytib yana spirometrga tushadi Yozib olingan
spirogramma kislorod sarfming tezligini ko'rsatadi (56- rasm).
56-rasm. Kislorod o
‘
zlashtirish jarayoni jadalligini yopiq tizim yordamida o
‘
rganish
sxemasi.
Yopiq respirator tizimlardan ham ko
‘
chma sharoitlarda, turli mehnat paytida
foydalanib bolmaydi.
Ochiq respirator tizimlar bunday imkoniyat tug‘diradi. Ularda nafas olish va nafas
chiqarish yo`llari boshqa-boshqa. Ochiq respirator tizimlardan foydalanib, energiya
sarfini aniqlash usullaridan keng tarqalgani — Duglas-Xolden usuli. Bu usul
qo`llanganda quyidagi ishlar bajariladi:
1.Ma‘liim
vaqtda nafasdan chiqqan havoni yig‘ish.
2. Yutilgan 02 va ajralgan C02 miqdorini aniqlash.
3Nafas koeffitsientini hisoblash.
‗.Kislorodning kalorik ekvivaleitini topish,
5. Sarflangan energiya miqdorini hisoblash.
Yutilgan kislorod oqsil, yog
‘
va uglevodlarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shu
moddalardan 1 g oksidlanib, parchalanganda turli miqdorda kislorod sarflanadi va turli
miqdorda issiqlik ajralali. 1 g uglevod oksidlanganda ‗,0 kkalga yaqin issiqlik ajraladi,
buning uchun 0,83 1 kislorod ketadi. 1 g oqsil oksidlanganda ‗,0
kkalga yaqin issiqlik
ajraladi, ammo sarflangan kislorodning miqdori 0,97 i ni tashkil qiladi. 1 g yog`
oksidlanganda 9,0 kkal issiqlik ajraladi va 2,03 I kislorod sarflanadi.
Bir gramm uglevod, oqsil va yog'ning organizmda oksidlanishi natijasida ajralgan
energiya miqdori shu moddalar kalorimetrik bombada yoqilganda ajraladigan energiya
miqdoridan biroz kam: yoqilganda 1 g oqsil ‗,35 kkal, 1 g uglevod ‗Д kkal va 1 g yog‘
9,3 kkal ajratadi. Organizmda oqsil, masalan, oxirigacha oksidlanmaydi. Oqsil
almashinuvming qoldiq mahsuloti bolmish siydikchil yoqilganda issiqlik ajratishi
mumkin Demak, almashinuv natijasida oqsillardagi potsnsial energiya tola ajralmaydi,
221
Bundan tashqari, iste‘mol qilingan oqsilning 92%, yog‘ning 95% va uglevodlarning 98
%i o
‘
zlashtiriladi. Shularni e‘tiborga olib, fiziologik tadqiqotlarda 1 g uglevod va oqsil
‗,0 kilokaloriyadan, 1 g yog` esa 9,0 kilokaloriya
ajratadi,. deb hisoblaydilar.
Uglevodlar, yoglar va oqsillarni oksidlash uchun 1 1 kislorod sarflansa, o‗z navbatida
5,05,‘,7‘ va ‗,‘6 kkal ajraladi.
Organizmda 1 1 02 sarflanganda hosil bo`lgan issiqlik miqdori kislorodning kalorik
ekvrvalenti, deb ataladi. Kislorodning qaysi moddalarni oksidlashiga qarab, bu
ekvivalentning miqdori turlicha bo`lishi keltirilgan raqamlardan ko'ritiib turibdi.
Demak, qancha energiya sarflanganini hisoblab chiqish uchun organizmda qaysi
modda oksidlanganini bilish kerak. Buni nafas koeffitsienti ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: