Muqaddima


QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QON HOSIL BO`LISHI (GEMOPOEZ) VA UNING BOSHQARILISHI 
 
     Maxsus  hujayralarning  qiyoslanish  jarayonida  qon  hujayralarining  yetuk  shakllari 
hosil bo`ladi va u gemopoez deb ataladi. 
     Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko‘ra, qon shaklli elementlarining 
hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. 
     Ustun  polipotent  hujayralarning  o‘z-o‘zini  saqlab  qolish  qobiliyati  juda  yuqori.  Har 
bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo`linishi mumkin. 
     Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning o‘tmishdoshi bo`lsa, ikkinchi qismidan 
miyelopoez boshlanadi. Limfopoezning o‘tmishdosh hujayralari B-limfotsitlarning va T-
limfotsitlarning  o‘tmishdoshlariga  bo`linadi.  B-  limfotsitlarning  o‘tmishdoshi 
plazmoblast va proplazmoblastlar bosqichlaridan o‘tib, plazmotsit (yetuk  B-limfotsit) ga 
aylanadi.  
     T-limfotsitlarning o‘tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfotsit bosqichidan 
o‘tib, timusda T-limfotsitga aylanadi. 
     Miyelopoezni  boshlovchi  hujayralar  ichida  eritropoetinga  va  trombotsitopoetinga 
sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi hujayralar tafovut qilinadi. 
     Koloniya  hosil  qiluvchi  hujayralardan  avval  monoblastlar,  keyin  promonotsitlar 
paydo bo`lib, monotsit yetiladi. Monotsitlar esa turli xildagi makrofaglarga aylanadi. 
     Koloniya  hosil  qiluvchi  hujayralarning  boshqa  bir  qismidan  miyeloblastlar  paydo 
bo`ladi.  Miyeloblastlar  bazofil,  neytrofil  va  eozinofil  promiyelotsitlar,  miyelotsitlar, 
metamiyelotsitlat bosqichlaridan o‘tib, donali leykotsitlarni hosil qiladi. 
     Eritropoetinga sezgir hujayralardan eritrotsitlar hosil bo`ladi. Eritrotsitlarning yetilishi 
6  bosqichdan  o‘tadi:  eritroblast,  pronormotsit,  bazofil  normotsit,  oksifil  normotsit, 
retikulotsit va yetuk eritritsit. 
      Trombotsitopoetinga  sezgir  hujayralardan  megakarioblast  paydo  bo`lib,  u 
promegakariotsit  va  megakariotsit  aylanadi.  Megakariotsitlardan  trombotsitlar  ajralib 
chiqadi. 


 
 
133 
 
     Qon  hosil  bo`lishi  19  kunlik  embrionning  sariqlik  qopchasida  boshlanadi.  Bu 
gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bo`lganida tugaydi. Gemopoezning 
ikkinchi  –  jigar  davri  homiladorlikning  6-haftasidan  boshlanib,  5-oyida  cho‘qqisiga 
chiqadi. 
     4-5 oylik homilada qon yaratilishi ko‘mikka o‘tadi. Ammo fetal erotropoez kattalarda 
qon  yaratilishidan  farq  qiladi.  Eritrotsitlar  kichiklanib,  soni  ko‘payadi.  Ularda 
gemoglobin o‘zgaradi: ilk bor paydo bo`lgan eritrotsitlarda primitiv gemoglobin (HbP), 
homilaning  qonida  asosan  fetal  gemoglobin  (HbF)  va  katta  odamning  qonida  HbA 
uchraydi. 
     Qon  hosil  bo`lishini  asosan  gumoral  omillar  boshqaradi.  Xar  turdagi  shaklli 
elementlarnin hosil bo`lishi mustaqil yoi bilan boshqariladi. 
     Eritrotsitlarni  rivojlanib  yetilishi  uchun  eritropoetin  zarur.  To‘qimalarda  kislorod 
yetishmovchiligi  eritropoetin  hosil  bo`lishini  jadallashtiradi.  Bu  glikoproteinni  asosan 
buyraklar sintezlaydi. 
     Granulotsitlarning  rivojlanishi  koloniyalar  hosil  bo`lishini  rag‘batlantiruvchi  omilga 
bog‘liq. Bu modda α
2
-globulinlar turkumidan. 
      Qon  hosil  bo`lishiga  eritropoetindan  tashqari,  boshqa  gormonlar  ham  ta‘sir  qiladi. 
Masalan,  androgenlar  eritropoezni  kuchaytiradi.  Eritropoez  B
12
,  B
6
  va  boshqa 
vitaminlarga muhtoj jarayon. 
     Qon  hosil  bo`lishining  nerv  tizimi  tomonidan  boshqarishi  yaxshi  o‘rganilmagan. 
Gipotalamus  gipofiz  va  vegetativ  nerv  tizimi  orqali  qon  yaratilishiga  sezilarli  ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
     Qon  yaratilishini  boshqarib  turuvchi  murakkab  mexanizmlar  juda  aniq  faoliyat 
ko‘rsatadi. Shu tufayli sog‘lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori 
hosil bo`layotgan qon hujayralari miqdoriga teng bo`lib, ular o‘rtasida doimo muvozanat 
saqlanib turadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish