Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

LIMFA 
 
     Limfa  –  ichki  muhit  suyuqliklaridan  biri.  U  qondan  kelib  chiqadi  va  maxsus  limfa 
tomirlarida  oqadi.  Suv  va  ba‘zi  moddalar  qon  kapillyarlaridan  hujayralar  oralig‘iga 
o‘tadi, ko‘p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan moddalarning bir 
qismi limfa kapillyarlariga yig‘iladi. Limfa kapillyarlari birlashib, limfa tomirlarini hosil 
qiladi.  Limfa  tomirlari  birlashib,  oxirida  ikkita  yirik  limfa  tomir  –  ko‘krak  va  bo‘yin 
limfa  tomirlari  vujudga  keladi.  Ular  orqali  tanadan  yig‘ilgan  limfa  venalarga  tushadi. 
Limfa tomirlarida suyuqlik bir tomonga – to‘qimalardan qonga harakat qiladi. 
     To‘qimalrdan  oqib  ketuvchi  limfa  biologik  filtrlar  vazifasini  bajaruvchi  limfa 
tugunlaridan o‘tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalar va yot zarrachalarni 
tutib qoladi. 
     Limfaning asosiy vazifasi ichki muhitning doimiyligini saqlashdan iborat. To‘qimalar 
oralig‘idagi  oqsillar  limfa  orqali  qonga  qaytariladi.  Limfa  organizmda  suvning  qayta 
taqsimlanishinida,  moddalar  almashinuvida,  sut  hosil  bo`lishida,  ovqat  hazm  qilish  va 
so‘rilish  jarayonlarida  ishtirok  etadi.  Limfoid  to‘qimadan  makrofag,  limfotsitlarni  va 
antitelolarni  qonga  yetkazib,  limfa  organizmning  immun  reaksiyalarida  ham  ishtirok 
etadi. 
     Limfa  ishqoriy  muhitga  ega  bo`lgan  suyuqlik.  Uning  pH  7,35-9,0  atrofida.  Turli 
a‘zolarda  limfa  hosil  bo`lishida  sezilarli  farq  bor.  Limfa  hammadan  ko‘p  jigarda  hosil 


 
 
134 
 
bo`ladi.  A‘zolarning  1  kg  massasiga  hisoblanganda,  bir  kecha-kunduzda  jigarda  21-36 
ml,  yurakda  –  5-18  ml,  taloqda  –  3-12  ml,  skelet  muskullarida  –  2-3  ml  atrofida  limfa 
hosil bo`ladi. Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 
ml limfa oqib tushadi. 
     Turli  a‘zolarda  hosil  bo`ladigan  limfa  tarkibida  ularning  modda  almashinuviga 
bog‘liq  farq  bor.  Masalan,  jigar  limfasi  oqsilga  boy,  ichki  sekretsiya  bezlarining  limfa 
tomirlaridan  olingan  limfada  gormonlar  uchraydi.  Ochlikda  yirik  limfa  tomirlaridan 
olingan limfa  deyerli  tiniq  bo`lib, yog‘lar oz  bo`ladi. Yog‘li ovqat  iste‘mol qilingandan 
3-4 soat o‘tgach yug‘ilgan limfa yog‘ga boyib,  sutga oxshab qoladi. 
    Qon  va  to‘qima  suyuqligidan  limfa  oqsillar  miqdori  bilan  farq  qiladi.  Odamning 
ko‘krak  limfa  tomiridan  olingan  limfada  oqsillarning  umumiy  miqdori  plazmadagi 
oqsillar  miqdorining  60%  ini  tashkil  qiladi.  Limfadagi  albuminlar  miqdori 
globulinlarnikidan ko‘p. Limfada fibrinogen va protrombin ham bor. Shu sababdan u 10-
15 minutda ivib qoladi. 
     Limfada  uchraydigan  hujayralar  miqdori  limfa  tugunlardan  o‘tgan-o‘tmaganiga 
bog‘liq.  Hali  limfa  tugunidan  o‘tmagan  periferik  limfada  oz  miqdorda  limfotsitlar 
uchraydi.  Bir-ikkita  limfa  tugunidan  o‘tgan  oraliq  limfada  limfotsitlar  soni  bir  necha 
marta oshadi. Venalarga quyiladigan markaziy limfaning 1 mm
3
 da 2000-20000 limfotsit 
uchraydi.  Markaziy  limfada  hujayralar  soni  limfa  tugunlarida  rivojlanib,  yetilgan 
limfotsitlar hisobiga ko‘payadi. 
     Limfada  hazm  tizimining  gidrolitik  fermentlari  va  gormonlarini  ham  uchratish 
mumkin. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish