Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

     AB0 tizimi. K.Landshteyner qon guruhlarini o‘rganib, 1901-yilda AB0 tizimini kashf 
etdi. U odam eritrotsitlarini antigen xususiyatlariga ko‘ra 4 ta guruhga bo`ldi. 0 (I) guruh 
eritrotsitlarida  A,  B  antigenlar  (agglyutinogenlar)  yo‘q.  Ammo  bu  odamlarning  qonida 
anti-A va anti-B antitelolar bor. Bu antitelolar α- va  β-agglyutininlardir. 
     A  (II)  guruh  eritrotsitlarida  A-agglytinogen,  shu  guruh  plazmasida  β-agglyutinin 
uchraydi. 
     B (III) guruh B- agglytinogen, α- agglyutininga ega. 
     AB  (IV)  guruhda  A  va  B-  agglytinogenlar  bor,  ammo  α-  va    β-agglyutininlar 
uchramaydi. 
     Markaziy  Ovrupo  mamlakatlarida  odamlarning  40%  0  (I)  guruhga  mansub,  A  (II) 
guruhi ham 40% ga yaqin, B (III) guruh – 10% ga yaqin, AB (IV) guruh taxminan 6%. 
     Aksari  odamlarning    eritrotsitlarida  (85%)  yana  bir  omil  bor.  Uni  birinnchi  marta 
K.Landshteyner  va  I.Viner  1940-yilda  makakus  rezus  maymuni  qonidan  topishgan  va 
rezus-faktor deb atashgan. Unga ega bo`lgan odm qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil 
bo`lmagan  rezus-manfiy  odamga  quyilsa,  rezus-manfiy  odam  qonida  anti-rezus 
agglyutininlar hosil bbo`ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta 
quyilsa,  rezus-musbat  eritrotsitlar  anti-rezus  agglyutininlar  ta‘sirida  agglyutinatsiyaga 
uchraydi, qon kichik qon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‘diradi. 
     Rezus-faktor bilan bog‘liq bo`lgan ikkinchi ko‘ngilsiz hol ona bolan homila o‘rtasida 
rivojlanishi mumkin bo`lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-
manfiy ayol homilador bo`lsa (bunday nikohlarning ehtimolligi 50% ga yaqin), homilaga 
rezus  otasidan  o‘tishi  mumkin.  Uning  eritrotsitlaridagi  rezus-antigen  yoidosh  orqali 
homilaga  o‘tadi.  Rezus-faktorga  qarshi  ona  qonida  anti-rezus  agglyutininlar  paydo 
bo`ladi.    Ular  ham  ham  yoidosh  orqali  homila  qoniga  o‘tadi  va  homila  eritrotsitlarini 
agglyutinatsiya  va  gemolizga  uchratadi.  Agar  anti-rezus  agglyutininlar  konsentratsiyasi 
yuqori  bo`lsa,  bu  jarayon  kuchayib  ketib,  homilani  halokatga  olib  kelishi  mumkin. 
Rezus-kelishmovchilik  unchalik  kuchli  bo`lmasa,  gemoliz  natijasida  bola  sariqlik  bilan 
tug‘iladi.  Uning  terisini  va  shilliq  pardalarini  gemoglobindan  ko‘p  miqdorda  hosil 
bo`lgan bilirubin sariq ragga bo‘yaydi. 
     Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bo`lsa, bu holatning 
oldini olish choralarini ko‘rish kerak. 
     Agglyutinatsiya rivojlanishini o‘rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti 
shakllandi:  1)  quyiladigan  qon  tanlashda  donorning  (qon  beruvchi  odamning) 
agglyutinogenlari  retsipiyentning  (qon  oluvchi  odam)  qonida  bir  nomli  agglyutininlar 
bilan uchrashmasligini ta‘minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi, 
chunki oz miqdorda (200-500 ml) qon  quyilganda, qonning plazmasi retsipiyent qonida 


 
 
132 
 
ko‘p  marta  suyulib  ketadi  (suyulish  qoidasi).  Agglyutininlar  konsentratsiyasi  keskin 
kamayadi va ular retsipiyent eritrotsitlarini agglyutinatsiyaga uchrata olmaydi. 
     Bu  qoidalarga  rioya  qilinganda,  I  guruh  qonni  birinchi  va  boshqa  uchta  guruhga 
quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va to‘rtinchi guruhga, III guruh qonni 
uchinchi va to‘rtinchi guruhga quyish mumkin. 
     Keyingi  yillarda  faqat  bir  guruhga  mansub  qonni  quyishga  o‘tish  taklif  qilinda. 
Buning  sabablaridan  biri  shuki,  ko‘p  miqdorda  qon  quyilganda  (4-5  l),  donorning 
agglyutininlari 
suyulmaydi 
va 
retsipiyent 
eritortsitlarini 
agglyutinatsiyalaydi. 
Ikkinchidan,  I  guruh  qoniga  ega  bo`lgan  shaxslarning  10-20%  ida  anti-A  va  anti-B 
agglyutininlar  borligi  aniqlandi.  Bularning  qoni  boshqa  guruhlarga  quyuilganda 
gemotransfuzion  shok  rivojlanib,  halokatga  olib  kelishi  mumkin.  Bu  xavfli    holatning 
rivojlanish  mexanizmi  quyidagicha:  eritrotsitlar  bir-biriga  yopishib  qoladi,  ulardan 
tromboplastin ajralib, tomirlarda qonni ivitadi va tomirlardan qon o‘tmay qoladi. 
     Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta‘riflash mumkin: 
1)  donor va retsipiyent qoni bir guruhga mansub bo`lishi kerak; 
2)  rezus-manfiy odamga rezus-musbat qonni quyish mumkin emas; 
3)  bir donorning qonini muayyan retsipiyentga qayta quyishdan voz jechish kerak. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish