Muqaddima


OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH 
 
     Til  va  og‘iz  bo‘shlig‘ini  qoplagan  shilliq  parda  og‘iz  bo‘shliq‘iga  tushgan  ba‘zi 
moddalarni  qonga  o‘tkazish  (so‘rish)  qobiliyatiga  ega.  Ammo  oziq  moddalar  og‘iz 
bo‘shlig‘ida qisqa vaqt bo`lganidan bu yerda so‘rilishi amaliy ahamiyatga ega emas. 
     Amaliyotda  og‘iz  bo‘shlig‘i  shilliq  pardasining  so‘rish  imkoniyatidan  dorilar  va 
nikotinni  organizmga  kiritishda  foydalaniladi.  Yurak  xastaligiga  uchragan  odamlar 
og‘riq  turganda  validolni  til  ostiga  tashlab,  yengillik  sezadilar.  Maxsus  ishlov  berilgan 
tamaki (nos) tarkibidagi nikotin ham til ostidan yaxshi so‘riladi. Ammo nos chekuvchilar 
shuni  esda  tutishlari  kerakki,  nos  tarkibidagi  chala  o‘chirilgan  ohak  milklarni 
yallig‘lantiradi, shilliq pardani shikastlayda va rak kasalligiga olib kelishi mumkin. 
     Demak,  og‘iz  bo‘shlig‘ida  ovqatning  qayta  ishlanishi  xususida  so‘z  yuritib,  hazm 
tizimining  to‘rtta  –  motor,  sekretor,  inkretor  va  so‘rish  faoliyatlari  borligini  ko‘rdik. 
Tizimning bu qismida ovqatning qayta ishlanishi uchun motor faoliyat katta ahamiyatga 
ega.  U  tufayli  ovqat  og‘iz  bo‘shlig‘iga  qabul  qilinadi,  maydalanadi,  so`lak  bilan 
aralashadi  va  luqma  holiga  keladi.  Garchi  oziq  moddalarning  og‘iz  bo‘shlig‘ida 
kimyoviy  jihatdan  qayta  ishlanishi  endi  boshlansada,  so'‘ak  bezlarining  sekretor 
faoliyatini kamsitish noto'‘'‘i, chunki so'‘ak ovqatni namlab, luqma yuzasini shilliq bilan 
qoplab, yutish uchun tayyorlaydi. 
 
YUTISH 
 
     Tuxumsimon  luqmani  til  ustidan  halqumga  tushirish  balan  yutishning  birinchi  – 
ixtiyoriy  bosqichi  boshlanadi.  Luqmani  harakatga  keltirish  bir  talay  muskul  va 
tuzilmalarning uyg‘unnlashishini talab qiladi.  Til  muskullari, til  osti suyakni siljituvchi 
va  hiqildoqni  ko‘taruvchi  muskullar  qisqarishi,  yumshoq  tanglayning  ko‘tarilishi, 


 
 
182 
 
hiqildoq  usti  tog‘ayning  siljishi  natijasida  burun    yo`llari  va  nafas    yo`llarining  og‘zi 
berkiladi.,  luqma  halqumga  tushadi.  Luqmadan  yuqoriroq  bo`lgan  halqa  yo‘nalishdagi 
muskullar  qisqarib,  uni  qizilo‘ngachga  siqib  chiqaradi.  Shu  bilan  yutishning  ikkinchi  – 
tez beixtiyor (halqum) bosqichi tugab, uchinchi – sekin beixtiyor (qizilo‘ngach) bosqichi 
boshlanadi. 
     Qizilo‘ngachning harakatlanishi yutish harakatlariga bog‘liq. Uni yutish reflektor yoi 
bilan  yuzaga  chiqaradi.  Bu  toiqinsimon  harakatlar  qizilo‘ngachning  yuqori  qismidan 
boshlanib,  me‘da  tomon  tarqaladi.  Yutilgan  ovqatdan  yuqoriroqdagi  halqa  muskullar 
qisqarganda,  luqmadan  pastdagilari  bo‘shashadi  va  bu  yerda  qizilo‘ngach  kengayadi, 
luqma me‘da tomon siljiydi. Keyingi lahza qizilo‘ngachning hozir kengayib turgan qismi 
torayib,  luqmadan  pastroqdagi  qismi  kengayadi.  Shu  tarzda  yutilgan  ovqat  8-9  sekund 
davomida me‘daga yetadi. Suyuqliklarning qizilo‘ngachdan o‘tish tezligi ancha yuqori. 
     Yutish harakatlari bo`lmaganda, me‘daning qizilo‘ngachga tutashgan qismi – kardiya 
berk turadi.  Yutilgan  ovqat  qizilo‘ngachdan o‘tib, bu  yerga kelganda, kardiya  reflektor 
yoi  bilan  ochiladi  va  ovqat  me‘daga  tushadi.  Me‘da  toiib  ketsa,  kardiya  tonusi  ortib, 
me‘dadagi ovqatni qaytib qizilo‘ngachga o‘tishiga yoi qo‘ymaydi. 
     Adashgan nerv qizilo‘ngach harakatlarini jonlantirib, kardiyani berkitib, qizilo‘ngach 
harakatlarini tormozlaydi. 
     Yutish  markazi  nafas  va  qon  aylanishni  boshqaruvchi  markazlar  bilan  o‘zaro 
murakkab  munosabatda.  Ovqat  zarrachalari  nafas    yo`llariga  o‘tib  ketmasligi  uchun 
yutish  vaqtida  nafas  olmay  turish  zarur.  Bu  munosabatlar  shu  shartni  ta‘minlaydi. 
Bundan tashqari, yutish vaqtida yurakning urishi tezlashadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish