ME’DA SHIRASI TARKIBI
183
Me‘da bezlari (asosan fundal qismidagi bezlar) bir kecha-kunduzda 2,0-2,5 litr shira
ajratadi. Bu shira tiniq, rangsiz suyuqlik. Shirada 0,3-0,5% miqdorda xlorid kislota
bo`lgani uchun muhiti kislotali, pH 1,5-1,8 atrofida. Me‘da shirasining xlorid kislotasi
me‘da va umuman hazm tizimi faoliyati uchun muhim bo`lgan quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1. Nofaol pepsinogenni faol pepsinga aylantiradi.
2. Pepsinlar faolligi yuzaga chiqishi uchun zarur bo`lgan kislotali
muhitni yaratadi.
3. Ovqat oqsillarini denaturatsiyaga uchratadi, yumshatadi.
Natijada ularning parchalanishi yengillashadi.
4. Pilorik sfinkterning ochilib-yopilishini va ximusning ichakka
oz-ozdan o‘tishini boshqarishda ishtirok etadi.
5. Me‘da
va ingichka ichak shilliq pardasidan qonga
gormonlarnin ajralishini o‘zgartirib, hazm tizimi faoliyatini
boshqarishda ishtirok etadi.
6. Bakteritsid ta‘sirga ega bo`lib, me‘dada mikroblarning
ko‘payishiga yoi qo‘ymaydi.
Organik moddalardan shirada aminokislotalar, sut va siydik kislota, siydikchil,
peptidlar, oddiy va murakkab oqsillar uchraydi. Ularning umumiy miqdori 8-9 g/l.
Organik moddalardan eng muhimi fermentlar.
Odam me‘dasining asosiy glandulotsitlari bir guruh noaktiv proteolitik fermentlar –
pepsinogenlarni sintezlab, ajratadi. Xlorid kislota hosil qiladigan kislotali muhitda
pepsinogenlar molekulasidan uncha katta bo`lmagan polipeptid perchalanib, ajraladi va
fermentlarning faol markazi ochilib, pepsinlarga aylanadi. Pepsinlar eng yuqori faollik
ko‘rsatishi uchun sarur bo`lgan muhit sharoiti (pH optimumi) bilan farqlanadi. Ularning
bir qismi (chin pepsinlar) muhit pH 1,5-2,0 ga teng bo`lganda eng yuqori tezlikda
oqsillarni parchalaydi. Muhit pH 3,2-3,5 da faolligi eng yuqori bo`lgan pepsinlarni
gastriksinlar, deb atashadi.
Katta odamning me‘da shirasida pepsinlar va gastriksinlar nisbati 1:2-1:5 bo`lishi
mumkin. Me‘da proteolitik fermentlarining turli oqsillarni parchalash faolligida ham farq
bor. Ovqat me‘dada bir necha soat qayta ishlanar ekan, me‘da bo‘shlig‘idagi
aralashmaning (ximusning) pH keng doirada o‘zgaradi. Ovqat iste‘mol qilib bo`lganda
uning me‘dadagi miqdori ko‘p, ajralgan shira va undagi xlorid kislota miqdori oz
bo`lgani tufayli pH yuqori bo`ladi. Bu vaqtda gastriksinlar faollik ko‘rsatadi. Me‘da
hazmining ikkinchi yarmida, shira tez ajralayotgan paytda ximusning ancha qismi
ichakka o‘tib ketadi va pH pasayadi. Bu sharoitda pepsinlar yuqori faollik ko‘rsatadi.
Me‘da shirasida bir guruh pepsinlar bo`lganidan o‘zgaruvchan muhit sharoitida oqsillar
toiaroq parchalanadi.
Me‘da proteolitik fermentlari ta‘sirida oqsillarning parchalanishi nihoyasiga
(aminokislotalar hosil bo`lish darajasiga) yetmaydi. Ulardan yirik polipeptidlar hosil
bo`ladi. Ular ingichka ichakda me‘da osti bezi va ichak fermentlari ta‘sirida oxirigacha
parchalanadi.
Me‘da shirasida yog‘larni parchalovchi lipaza bor. Ammo bu ferment kislotali
muhitda faol bo`lmaydi. Me‘dada lipazaning faol bo`lishi uchun sharoit yo‘q. Bu ferment
emadigan bolalar uchun ahamiyatga ega. Ularning me‘dasida pH ancha yuqori, me‘da
lipazasi sutning o‘zidagi lipaza bilan barga emulsiya holidagi sut yog‘larini parchalaydi.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |