ME’DADA OVQAT HAZMI
Me‘da hazm tizimining eng keng va hajmli qismi. Bir yoia anchagina iste‘mol
qilingan ovqat bu yerda ma‘lum vaqt turadi. Me‘daga tushgan ovqatning ichki qismlariga
me‘da shirasining xlorid kislotasi sekin yetib boradi. Muhit kislotalikka aylanmaguncha,
so`lak amilazasi polisaxaridlar parchalanishini me‘dada davom ettiradi. Me‘da shirasi
tarkibidagi fermentlar oqsillarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishini boshlab beradi.
Me‘dada bir necha soat turgan ovqat moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va
asta-sekin o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi. Bu jarayonlar me‘daning sekretor va motor
faoliyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, me‘da inkretor, so‘rish, ekskretor va ovqat ovqat
hazm qilishga bog‘liq bo`lmagan faoliyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |