Mundarija: yozma nutq nutq faoliyatining samarali turi sifatida


YOZUVNING TILSHUNOSLIK VA RUHSHUNOSLIK MASALALARI



Download 136 Kb.
bet2/6
Sana04.06.2022
Hajmi136 Kb.
#635613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qulliyeva Nilufar

2. YOZUVNING TILSHUNOSLIK VA RUHSHUNOSLIK MASALALARI
Chet til o‘qitish metodikasi yozuv haqidagi ma’lumotlarni yaqin fanlar to‘plagan ilmiy yutuqlardan o‘rganadi va amalda ijodiy tatbiq etadi. Tilshunoslik tilni sistema maqomida, ruhshunoslik uni faoliyat va malaka sifatida tekshiradi. Tilshunoslik tadqiqotlariga binoan grafik tizimdagi belgilar turli informativ vazifalami o‘taydi. Bu tizimning eng kichik birligi — grafemalar va orfografik belgi (apostrof, defis (chiziqcha)2, harf usti va osti belgisi kabi)lardan iborat bo‘lib, yozma nutqning shakliy tarafini farqlashga xizmat qiladi. Grafik tizimning katta birligi — morfema va leksema esa nutqiy hosilaning mazmun tomonini ifodalashda ishtirok etadi. Grafema qo‘lharakat mexanizmi tufayli yaratiladi va ko‘ruv kanali orqali idrok etiladi. Nutq oqimida grafema o‘rniga ko‘ra (bosh va kichik harflar), yonidagi harflar bilan munosabati tufayli (so‘z boshi va o‘rtasida kelishi), yozilish xususiyatiga qarab (dastxat, bosma va kompyuter yozuvi harflari) o‘zining allograflari (variantlari)ga ega bo‘ladilar. Grafemalaming sifati jihatidan quyidagi toifalari mavjud:
1. sigmentga oid grafema (harf, harf birikmasi);
2. morfemali grafema (o‘zak, qo‘shimcha, old qo‘shimcha, fleksiya);
3. chegaradagi grafema (so‘zning birikishi oralig‘ida)
4. supersegment grafema (tinish belgilari) kabilar. Yozish texnikasi nazariyada uch tarkibli bo‘lgani bilan, amaliyotda ular yaxlitlik kasb etadi. Muallim ularning har biridagi mavjud qiyinchiliklami tilshunoslik ma’lumolari yordamida bilib oladi. Qiyinchilik tafovut hosilasidir. (Xato esa qiyinchilik oqibatidir.) Tovush-harf munosabati. Ingliz, ispan, nemis, fransuz tillari tovush-harf bog‘lanishi o‘quvchilar ona tilidagidan farq qilishi hollariga duch kelamiz:1.) tovush bilan harf miqdorining mos kelmasligi (chet tilda bir tovushga ikkita (digraf) va uch (ba’zan undan ham ko‘p) harf to‘g‘ri keladi, ona tilida, ,,ch, sh, ng“dan tashqari, bu hodisa yo‘q);2) harfning turlicha o‘qilishi. Chet tildagi undosh (mas. ,,s“) o‘miga qarab, har xil tovushni ifodalaydi;3) harflaming bir nechasi bitta tovushni ifodalashi (mas. [k] tovushining s, k, q harflari orqali belgilanishi);4) ba’zi harflar chet tilda o‘qilmaydi (shartli soqov harf deyiladi).Tovush-harf munosabati yuzasidan vujudga keladigan qiyinchiliklar oldini olish uchun o‘ziga xos mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Husnixatni o‘rganishda o‘quvchilar ona tilidagi tajribalaridan samarali foydalanishlari mumkin. 0 ‘quvchi yozish chog‘ida to‘g‘ri o‘tirishni, qo‘l, barmoq va tirsak holatini, daftarni qanday ushlash kabilarni biladi. Qator harflarning yozilishi (mas. e, o, s kabilar) o‘quvchilarga hech qiyinchilik tug‘dirmaydi.0‘quvchilar ona tilidagi yozish ko‘nikmasi chet til o‘rganishda xalaqit berishi (interferensiya) ham mumkin. Masalan bosma harf o‘xshash, uning yozma shakli keskin farq qiladi yoki qisman o‘xshash harflar, butunlay tafovut qiladigan harflar va h.k. Imloni o‘rgatish uchun muallim uning tilshunoslikdagi ma’lum mezonlarini bilishi zarur.
1) fonetik mezon: so‘z yozilishi ifodalayotgan tovushga mos keladi (ingl. pen; isp. dama; nem. kurz; fr. trou);
2) morfologik mezon: fonetik holatiga qaramay so‘zning ma’no ifodalovchi qismi (old qo‘shimcha, o‘zak, suffiks) yozilishida o'zgarishsiz qoladi (mas. nem. Hand so‘zida oxirgi harf (t) o‘qilsa-da, yozilishi o‘zgarmaydi);
3) an’anaviy (tarixiy) mezon: fonetik va morfologik imlo qoidasiga bo‘ysunmaydi, tarixan qabul qilingan tarzda yozilaveradi (ingl. door, nem, vier; fr. aube);
4) iyeroglif (ideografiya) mezoni: aytilishda bir xil (omofon) so‘zlar yozilishda o‘zgacha qiyofaga ega bo‘ladi (ingl. here—hear, nem. Saite—Seite; fr. Lant—temps). Imlo mezonlariga binoan yozish texnikasi qiyinchiliklari me’yori aniqlanadi. Fonetik imlo oson hisoblanadi (ko‘proqispan tilida), qiyinrog‘i an’anaviy imloda yozish (ingliz va fransuz tillarida). Morfema qismlariga e’tibor beriladigan morfologik mezonga nemis tili to‘g‘ri keladi. Yozuv jarayonining ruhshunoslikda tahlil etiladigan xususiyatlaridan muallim xabardor bo‘lishi kerak. Ta’limiy ruhshunoslik (pedagogik psixologiya) fanida ma’lumki, yozuv mexanizmi harflardan so‘z hosil qilish va ulardan gap tuzish demakdir.3 Ruhshunoslikdagi faoliyat nazariyasi bo‘yicha yozuv (gapirishga o‘xshab) fikrni shakllantirish va ifodalash usulidir.Bunda til belgilari qo‘llanadi. Ular bosh miya qobig‘ida yuz beradigan nerv bogManishlarida tamg‘alangan timsollar tarzida ,,saqlanadi“. Mazkur nutq faoliyati turida ko‘ruv va qo‘l harakat timsollari eshitish va nutqharakatga oidlari bilan birgalikda amal qiladi. Ko‘ruv-grafik va qo‘lharakat timsollari muvoziy tarzda yozish bilan mashg‘ul qo‘lning harakat mexanizmi tomonidan boshqariladi. So‘zning imloviy timsoli esa yozayotgan qo'lning harakat mexanizmida emas, balki nutqiy mexanizmida tamg‘alanadi.Yozuv, ruhshunoslar ta’biricha, alifbodagi harflaming grafik jihatdan to‘g‘ri tasvirini (harfiy timsolni) tushirish, ya’ni ma’nosini uning tovush, grafik (harfiy) va harakat timsollari bilan fikran bog‘lab, tovush va tovush birikmalarini harf va harf birikmalariga ,,o‘tkazish“ demakdir. Ikkinchidan, so‘z, so‘z birikmasi va finish belgilami imlo jihatdan to‘g‘ri yozish lozim. Uchinchidan, yozma shaklda fikr izhor qila olish kerak. Demak, yozuvni o‘rgatishda tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z, so‘z birikmasi, gap, abzas va yozma axborot ustida ish olib boriladi. Ishtirok etadigan aqliy operatsiyalar miqdori jihatidan yozuv gapirishga nisbatan murakkab nutq faoliyati turidir. Yozayotgan shaxs o‘zining va boshqalaming fikrini yozma bayon etadi.Psixolingvistika ma’lumotlarida ,,kod“ termini har qadamda uchraydi (Bu haqda ,,0‘qishni o‘rgatish“ bobida ham so‘z yuritilgan). Grafik kodni ishga tushirishda quyidagi operatsiyalar amal qiladi:
1) tovushni tasavvur etish (o‘quvchi yodlagan materialni yozish chog‘ida) yoki tovushni idrok etish (aytib turib yozdirish paytida), yoki tovush tasawuriga bog‘liq tovush idroki (kitobdan matnni ko‘chirishda);
2) ushbu tasavvur va idrok bilan muayyan grafemalar bog‘lanishini o‘rgatish;
3) yozishda amaldagi ichki nutq bilan bog‘langan harakatni bajarish. Operatsiyalarda ishtirok qiladigan ko‘ruv va harakat analizatorlari ko‘zga tashlanib tursa, tovush va eshitish analizatorlari pinhoniy va kuchsiz ravishda amal qiladi
Yozuv murakkab psixofiziologik faoliyat bo‘lib, unda nutq analizatorlarining hammasi ishtirok etadi.Gapirish mexanizmlari yozuvda ham amal qiladi. Yozuvda ma’no, tovush timsoli va harfiy timsol o‘zaro bog‘lanadi. Ma’lumki, ma’no va tovush timsoli gapirishda amal qiladi, yozuvda ularga harfiy timsol qo‘shiladi. Grafik timsol o‘zlashtirila borib, nutq (ya’ni yozuv) ko‘ruv analizatori nazoratiga o‘tadi (gapirish esa eshitish analizatoriga tobe bo‘ladi). Ichki nutq tezligidan yozuv sur’ati sekinroq kechadi (gapirishda esa ayni chog‘da ichki nutq amal qiladi).Keltirilgan ilmiy mulohazalarga asoslanib, awal og‘zaki, keyin yozma nutq o‘rgatiladi. Gapirishda audiomatn, yozuvda grafik matn yaratiladi.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish