4.YOZUVNI O‘RGATISH MASHQLARI
Yozma mashqlar tushunchasi doirasiga o‘quvchilar sinfda va uyda bajaradigan barcha yozma ishlar kiradi. Yozma mashq deganda, yozuv (yozma ishda fikr bayon etish) va yozish (tovush kodini grafik belgiga o‘tkazish) amallari anglashiladi. Birinchisida yozma nutq muloqoti, ya’ni o‘zining va o‘zga shaxsning fikrini yozma shaklda kimgadir yetkazish, ikkinchisida esa yozish texnikasi (tovush-harf, husnixat, imlo) mashqlari nazarda tutiladi. Metodik adabiyot sahifalarida yozma mashqlar qator mezonlarga ko‘ra tasniflanadi:
1) vazifasiga ko‘ra — tayyorlov va asosiy (,,nutqiy“ ma’nosida — J.J.);
2) nutq faoliyatining xususiyatiga qarab — retseptiv va reproduktiv;
3) o‘quv amallari jihatidan — til strukturalarini nutqda taqlidan qo‘llash, o‘zgatirish, biriktirish;
4) til materialiga munosabat yuzasidan — nutqda aniq bir maqsadda va turli maqsadlarda qo‘llash.
Ushbu yozma mashqlar yana kichik turlarga ajratilishi mumkin. Yozuvni o‘qitishga bag‘ishlangan metodik manbalarda mashqlaming umumiy tasnifi (E. I. Passov) ham keltiriladi: ko‘chirish; eshitib yozish (imlo diktanti); erkin va ijodiy diktant (fikr bayon etish); chinakam yozuv mashqi (xat, devoriy matbuotga maqola yozish, biror hodisani tasvirlash); o'yin-mashq (krossvord, chaynvord, topishmoq); hikoya (matn) rejasini tuzish; o‘qigan matnning muxtasar bayoni (annotatsiyasi)ni tayyorlash.Yozma mashqlaming mavjud tasniflarini umumlashtirib, amaliy qulaylik nuqtayi nazaridan yozish va yozma nutq mashqlari sifatida tavsiya etiladi va ularga namunalar keltiriladi6. Yozish mashqlari: falon tovushni ifodalovchi harflarni yozish; matndan falon tovush-harf munosabatini namoyish qiluvchi so‘zlami ko‘chirish; matnni ko‘chirib, undagi tovush va harf miqdori mos kelmaydigan so‘zlaming tagiga chizish; matndagi so‘zlar tarkibida uchraydigan o‘qilish qoidalarini guruhlash (mas. o‘qilmaydigan harfli so‘zlar, harf birikmali so‘zlar, tovush-harf miqdori to‘g‘ri keladigan so‘zlar va h.k.); bir tovush bir necha harf va harf birikmalari orqali berilishiga matndan misollar topish; o‘xshash morfemali so'zlami matndan ko‘chirish; falon tovushni o‘z ichiga oladigan so‘zlami (qirqma alifbodan foydalanib) tuzish.7Maktab sharoitida quyidagi diktant turlari o‘tkaziladi: eshituv, ko'ruv, ko‘mv-eshituv, ogohlantiruvchi diktantlar.Eshituv diktantida oldin o‘rganilgan material aytib turib yozdiriladi. Unda tovush-harf munosabati mustahkamlanadi. Ko‘ruv diktantida sinf doskasida yozilgan gaplar o‘qiladi, ular o‘chiriladi. So‘ngra muallim aytib turadi. Yoddan yozishadi. Har ikkala diktant xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan ko‘rav-eshituv diktanti chog‘ida bir yo‘la sinf doskasi va daftarlarga yozib boriladi. 0‘quvchilar daftarlaridagi yozuvlarini solishtirishadi va xatolarini to‘g‘rilab, tahlil qilishadi.Ogohlantiruvclii diktant o‘tkazishda muallim awalo qiyin orfogrammalami sinf doskasiga yozib tushuntiradi, o‘chiradi, so‘ngra, ularni aytib turib. yozdiradi. Bulardan tashqari yana yod olingan material (parcha, she’r)ni mustaqil yozish diktanti amalda qo‘llanadi.Imlosi qiyin so‘zlarni o‘quvchilar, odatda, o‘zlariga „qulay qoidalar“ yordamida o‘qib-yozadilar. Metodistlar eksperimentlari ushbu o‘qish-yozishni tartibga solib, amalda istifoda qilishni tavsiya etishgan1. Qiyin imloli so'zlarni orfografik aytish/o‘qish orqali o‘rganiladi.
Texnikaviy mashqlar orasida husnixatni o‘rgatishga doirlari ham bajariladi: qo‘l harakatini o‘rganish; namunaga binoan harf qismlarini yozish; harfni bir necha qator yozish; matnni (parchani) chiroyli qilib ko‘chirish; aralash berilgan harflarni juftlari bilan yozish; bosma harfning yozma shaklini yozish; bosma matnni harflar bilan ko‘chirish va h.k. Yozish texnikasi mashqlarini bajarishda ko‘chirish, tagiga chizish, to‘ldirish, tasniflash (guruhlarga ajratish), tahlil, xatolarni tuzatish kabi ish turlari o‘mi bilan keng qo‘llaniladi.Imlo mashqlarini keragida sodda qoidalar ko'magida o‘tkazish ham yaxshi samara beradi. Imlo ko‘nikmasining shakllanishi yozma nutq muvaffaqiyati garovidir. 0‘quvchilar ma’lum darajada texnikaviy ko‘nikmani va til materialini (lisoniy ko‘nikmalami) egallagandan so‘ng yozma nutq mashqlarini bajara boshlashadi.Nutq mashqlariga quyidagilar kiradi: bayon, hikoya, tasvir, insho, xat (maktub) yozish. Awal tinglangan va o‘qilgan mazmunan bog‘lanma jumlalar guruhini yoddan yozishyozma nutq mashqlarini bajarishda dastlabki qadam hisoblanadi.0 ‘qilgan matnni qisqartirish, ya’ni asosiy mazmunni ifodalovchi tayanch jumlalarni ajratish. Shu jumlalarni ichki qisqartirish navbatda bajariladigan yozma nutq mashqlaridandir. Endi o'quvchilarga qisqartirish bilan birga mashqning shaklini o‘zgartirish tavsiya qilinadi. Matn mazmunini saqlagan holda o‘zgacha jumlalar bilan yozma bayon etishga o‘rgana boshlashadi.0’zgartirish mexanizmini egallash va matn mazmunini ,,o‘z so'zlari bilan“ yozish orqali bayon mashqini bajarishga o‘tiladi. Bayon yozish tegishli tayyorgarlik ishlarini talab etadi: zarur nutq namunalarini tanlash, matnni qismlarga ajratish va ulaming mazmunini tahlil etish va ketma-ketligini aniqlash kabi mashqlar bajariladi. Nihoyat, o‘qilgan yoki tinglangan matn mazmuniga suyanib, xat (maktub), devoriy matbuotga maqola kabilami yozma tayyorlash mashq qilinadi.Ushbu tadbirlar oqibatida eng murakkab ish turlaridan inshoni mashq qilishga o‘tiladi. Chet tillar bo‘yicha ,,insho“ shartli tushunilmog‘i kerak. Tom ma’nosi bilan insho faqat ona tilida mashq qilinadi. Yuqori sinflarda muayyan mavzu yuzasidan o‘z fikrini (munosabatini) yozma bildirish mashq sifatida insho og‘zaki o‘rganilgan nutq mavzusi va til materiali asosida yoziladi.Yozma nutq mashqlarini bajarishning yuksak darajasida xat(maktub) yoziladi.0‘quvchilar turmushi bilan bog‘liq mazmunda xat yozish haqida gap boradi. 0‘quvchilar xat yozishlari uchun ularga muallim quyidagilarni o‘rgatadi: xatning mazmunini aniqlash; muayyan nutq namunalari va leksik birliklarini tanlash; xatni to‘g‘ri rasmiylashtirish.Xatning mazmuni deganda, o‘quvchilar og‘zaki nutq yuritadigan mavzular doirasida yozma fikr bildirish tushuniladi. 0 ‘quvchi o‘zi haqida, maktabi, oilasi, shahri/qishlog‘i, respublikasi (vatani) to‘g‘risida yozadi.Nutq namunalari va leksikani tanlashda epistolar (maktubiy) shakldagi, yozuvga xos nutqiy muomala ifodasi, tabrik, minnatdorchilik bildirish, xatni yakunlash kabilarga doir jumla va so‘zlarni daftarga yozib borish zarur. Xatni rasmiylashtirish bobida uning yozilgan kuni, murojaat shakli, imzo chekish, manzilgohni yozish singari ishlar nazarda tutiladi. (Sinfda xat namunasini ko‘rinadigan joyga qo‘yish zaruriyati tug‘iladi.) Yozish va yozma nutq bo‘yicha amalda joriy mashqlardan namunalar keltirildi, xolos. Har bir sinfda sharoitga qarab, o‘quvchilar ko‘nikma va malakalarining rivojlanish darajasini hisobga olib, yozuv mashqlarini bajarishning xususiy tartiboti belgilanadi.
Nazorat mohiyati ochilib, tekshiriladigan obyekt aniqlangandan so‘ng, bevosita tekshiruv jarayonini tashkil qilish masalalari ko‘ndalang turadi. Nazorat metodikasida usul, tur, shakl, test va baho (reyting) haqidagi tushunchalarini oydinlashtirish muhimdir.Tekshiruv usullari muhokamasida qanday yo‘l bilan o‘quvchi ko‘nikma va malakalari nazorat qilinishi qarab chiqiladi. Ma’lumki, chet til mashqlar bajarish jarayonida o‘rganiladi. Tekshirish ham mashqlar asosida amalga oshiriladi. Masala shundaki, o‘rgatish va tekshirish mashqlari umumiymi yoki farqlanadimi? Aksariyat holda har ikkalasi ham bajariladigan mashqlaming umumiyligini taqozo etishi va shu bilan birga ba’zi tekshirish mashqlari ajralib turishi pedagogik amaliyotda ma’lum hodisadir.Ko‘nikma va malakani tekshirish turlari to‘rtta: kundalik (doimiy), tematik (mavzuiy), davriy, yakuniy nazorat. Tekshirish shakllari yakka (individual/yoppasiga (frontal), og‘zaki/yozma, bir tilda/ikki tilda o‘tkaziladi.O‘quvchilar nutq faoliyatiga besh ballik baho qo‘yilishi maktab hayotida qoidalashtirilgan. Qay qilingan nazorat metodikasi masalalarini alohida- alohida ko‘rib chiqamiz. Nazorat usullari. Ko‘nikmalarni tekshirish leksika, grammatika va talaffuz hamda nutq namunalarini bilish va nutqda qollash bilan bog‘liq. Malakalami tekshirish esa nutq faoliyati turlarini egallashga aloqador.Aktiv leksikani qo‘llashni tekshirish usullari: berilgan nutq namunalaridan foydalanib, imkon boricha ko‘proq gaplar tuzish; bo‘sh qoldirilgan joylarni to‘ldirish; otlarga monand sifatlami tanlab birikmalar tuzish; rasmga oid so‘zlami topish; rasmdagi yoki sinfdagi narsalar nomlarini aytish va h.k.Passiv leksikani egallaganlikni tekshirish: chet tildan ona tiliga gaplarni o‘girish; so‘z yasash unsurlarini tahlil qilish; so‘zlarni muayyan mezonga ko‘ra guruhlash.Aktiv grammatikani bilishni tekshirishda quyidagi usullar qo‘llanadi: kecha nima qilganingiz/ko‘rganingiz haqida, yakshanba kunlari nima qilishingiz, bu yil yozda nima qilishingiz haqida faloncha gap ayting (fe’lning hozirgi, o‘tgan, kelasi zamonlari ishlatiladi); do‘stingiz kecha kechqurun nima qilganini, yakshanba kunlari nima qilishini, yozgi ta’tilda nima qilishini so‘rab biling (so‘roq gaplar mustahkamlanadi); o‘rtog‘ingizdan biror narsa berishni yoki biror ish qilishni so‘rang (buyruq gaplar qaytariladi); sinfingizda nechta bola/qiz borligini, nechta parta, deraza borligini aytib bering (son va otlaming ko‘plik shakli takrorlanadi).Passiv grammatikaning o ‘zlashtirilishini tekshirib ko‘rish usullari: gaplarda falon grammatik hodisani topish, ularning belgilarini aniqlash; gaplarni chet tildan ona tiliga o ‘girish. Chet tildagi gaplar, so'zlar, so‘z birikmalari talaffuzini tekshirish nutq namunalarini aytish orqali amalga oshiriladi.O‘quvchi larga muallim o‘qishdan keyin qayerga borishlarini ayttiradi (zaruriy so‘z birikmalarini qo‘llash mashqi bajariladi). Ertalab, kunduzi, kechqurun nima qilishlarini aytishadi.Nutq malakalarini nazorat qilish usullarining ta’rif-tavsifini keltiramiz.Tinglab tushunish malakalarini tekshiruv usullari: muallim (yoki boshqa shaxs) farmoyishini tushunish (0‘quvchining qiladigan harakati tushunganlik/tushunmaganlik alomatidir); muallim rasmni tasvirlash paytida undagi holatlarga nomuvofiq ayrim jumlalarni aytadi, o ‘quvchilar noto‘g‘ri gaplarga qo‘l ko‘tarib munosabat bildirishadi; tinglangan materialga oid savollarga javob qaytarish; audiomatn mazmuni bo‘yicha savollar berish; yuqori sinflarda audiomatn mazmunini (ona tili yoki chet tilda) gapirib berish va h.k.
Yakkanutq malakalarini tekshirish usullari: mavzu yuzasidan yoki rasmga oid gaplar tuzish; boshlangan hikoyani davom ettirish; rasm (yoki qator rasmlar)ni tasvirlash; tinglangan qisqa hikoyani aytib berish; mavzu yuzasidan mustaqil gapirish.Juftnutqni tekshirish usullari: savollarga javob qaytarish va mavzu (va rasm)ga oid savollar berish; OAVga doir juftnutq yuritish; o‘quvchilar biladigan hikoyaning rollariga kirib juftnutq bajarish.O‘qishni tekshirish usullari: ovoz chiqarib matndan parcha o‘qish; muallim savoliga matndan javob topish; falon masala haqida fikr yuritilgan joyni matndan topish; muallim fikrini tasdiqlovchi yoki rad etuvchi gaplar (abzas)ni matndan topish; grafik matnga qo‘yilgan savollarga javob qaytarish; matn mazmuniga savollar qo‘yish; o'qilgan matnga oid reja tuzish; o ‘qilgan matn mazmunini (chet til yoki ona tilida) aytib berish.
Nutq mashqlari bajarish chog‘ida o‘quvchilar e’tibori mazmunga qaratiladi. Gapirish mobaynida lisoniy xatolarni to‘g‘rilash nomaqbuldir, chunki fikr bo‘linadi. Muallim o‘z daftariga o‘quvchilar xatosini yozib boradi, nutq mashqi tugadi deguncha, tegishli savollar berib ko‘radi. Mabodo xato e’tiborsizlik oqibatida yuz bergan bo‘lsa, o‘quvchi to‘g‘rilab aytganidan ma’lum bo‘ladi. Zotan xatolar ko‘nikma puxta shakllanmaganidan bo‘lsa, muallim tuzatadi, o'quvchi taqlidan to‘g‘rilab aytadi. Muayyan xato ko‘pchilikka taalluqli bo‘lsa, shu yoki navbatdagi darsda uni bartaraf qilishga maxsus vaqt ajratiladi.Nazariy tadqiqotlar va maktab tajribasi ko‘rsatishicha, sinfda bajariladigan nutq mashqlari jarayonida o‘quvchilarni ,,nazoratchi“ etib tayinlash, ya’ni o‘rtoqlari kamchiliklarini topishni buyurish g‘ayrimetodik tadbir bo‘lib chiqadi. Gap shundaki, „xato axtarish“ga yo‘llashning o‘zi odob-axloqqa zid ish, qolaversa, o‘rtog‘i gapirganda nutq mazmuniga diqqat beriladi, „xato ovi“ga shaylansa, mazmunni chetlab o‘tadi, muddao o‘zgaradi. Ulardan tashqari, xato o‘ta e’tibor bilan idrok etilsa, o‘quvchi ongida uning tamg'alanishi muqarrar.Qisqasi, nutq malakalarining nazorati chog‘ida egallanadigan mazmuniy marralar aniqlanadi, ochilgan ommaviy nuqsonlar muallim nazaridan chetda qolmasligi shart. Har qadamda tanbeh berish odam bolasini bezdiradi, gap ta’sir etmaydigan qilib qo‘yadi, oqibatda xatoni (hatto jinoyatni) pisand qilmaslikka olib keladi. Nutq inson., faoliyati ekan, u xatosiz bo‘lmaydi (ta’bir joiz bo‘lsa, dono xalqimiz „beayb (ya’ni ,,bexato“ — J. J.) — parvardigor“ deydi). Demak, xatosiz banda (odam) yo‘q. Metodikada shunday qoida borki, muallim o‘quvchilar xatolari bilan kurashmasdan, awalo, ularning paydo bo‘lish sabablarini qidiradi. Xullas, til mashqlarini ataylab bajarish orqali xatolar tuzatiladi. Bu esa alohida vaqt va kuch sarflashni talab etadi.Nazorat turlari8. Chet til o‘rgatishda o‘quvchilar nutqiy ko‘nikma va malakalarini tekshirish turlari bizga ma’lum: doimiy, mavzuiy, davriy, yakuniy nazorat.Doimiy nazorat amaliyotda keng tarqalgan va eng samarali, muallim har kuni qo‘llaydigan, yuqorida ta’kidlanganidek, tuzatuv vazifasini o‘tashga qaratilgan nazorat turidir. Har darsda o‘rgatish va nazorat qilish ta’limning uzviy qismlari tarzida namoyon bo'ladi. Mavzuiy nazorat deyilganda, chet til o‘qitishda mavzu yoki darslik paragrafi (mashg‘ulotlar majmuyi) o‘tib bo‘linganda, uni umumlashtirish, takrorlash, mustahkamlash jarayonlarida tekshirish sanaladi. Ma’lumki, chet til materiali (dastlabki bir necha mashg‘ulot hisobga olinmaganda) muayyan mavzuda metodik tashkil qilinadi. Bir mavzuga bir yoki bir necha paragraf bag‘ishlanadi. Odatda, mavzu tekshiruvi paragrafning oxirgi darsida o‘tkaziladi. Kundalik (doimiy) tekshiruv natijalariga qarab unga oz/ko‘p vaqt sarflanadi. Qiyinchiliklar yig‘ilib qolganda, tekshirish mashqlari ko‘proq va ulgurish qoniqarli bo‘lsa, kamroq bajariladi. Davriy nazorat qilish chorak yoki yarim yilga to‘g‘ri keladi.O‘z-o‘zidan ma’lumki, davriy tekshiruvda hajm jihatidan ko‘p material qamrab olinadi. Mazkur nazorat sinfdagi o'quvchilarning umumiy ulgurish saviyasini namoyish etadi. Demak, o‘quv yilining davrlari oxirida yakun yasalishi uchun ushbu tekshirish turi qo‘l keladi. Darslikda davriy nazoratga mo‘ljallangan mashqlar berilmasligi tabiiy holdir, chunki yo‘l qo‘yiladigan xato yoki paydo boMadigan qiyinchiliklar kundalik dars mashqlarida hisobga olinadi, xolos. Binobarin, davriy tekshiruv mashqlarini muallim tayyorlaydi va o‘tkazadi. Buning uchun o‘tgan davr ichida yoki hozirgacha o‘rganilgan barcha til materiali orasidan puxta o‘zlashtirilmaganlari takrorlashga beriladi, keyingi darsda nazorat o‘tkaziladi. Shunday qilinganda xatoning oldi olinadi.Yakuniy nazorat o‘tkazish, odatda, o‘quv yili oxiriga to‘g‘ri keladi. Yakuniy tekshirish turli shaklda, jumladan, imtihon (joriy yoki bitirish imtihoni) tarzida o‘tkaziladi. Qoidaga binoan yakuniy nazorat mazmuni va shakli ma’lum hujjatga ko‘ra va Xalq ta’limi vazirligi tayyorlagan material asosida o‘tkaziladi.Imtihon biletiga nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish malakalari) bo‘yicha savollar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |