Mundarija: yozma nutq nutq faoliyatining samarali turi sifatida



Download 136 Kb.
bet1/6
Sana04.06.2022
Hajmi136 Kb.
#635613
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qulliyeva Nilufar


MUNDARIJA:
1. YOZMA NUTQ NUTQ FAOLIYATINING SAMARALI TURI SIFATIDA………………………………………………………………………… 2
2. YOZUVNING TILSHUNOSLIK VA RUHSHUNOSLIK MASALALARI…………………………………………………………………… 5
3. YOZISH TEXNIKASI VA YOZMA NUTQNI O‘RGATISH……………………………………………………………………… 9
4. YOZUVNI O‘RGATISH MASHQLARI…………………………………….12
5. UMUMTA’LIM MAKTAB DARSLIKLARIDA YOZUVNING O‘RNI……………………………………………………………......................... 20 XULOSA…………..……………………………………………………………...26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI..........................................28

1.YOZUV NUTQ FAOLIYATINING TURI VA MALAKA SIFATIDA
Maktabda o‘rganiladigan chet tildagi nutq faoliyati turlari (gapirish, tinglab tushunish, o‘qish)dan yozuvning farqi, uning til o‘rganishda tutgan mavqeyi bo‘lib, u o‘qitish maqsadi ega emas, balki ta’lim ositasidir ,,maqsad“ va ,,vosita“ terminlari haqida III bobning „ Chet til o‘qitishning amaliy maqsadi“ mavzusida tegishli ma’lumotlar berildi).Barcha nutq faoliyati turlari va nutqiy malakalar qatorida teng huquqli bo‘lgan ,,yozuv“ tushunchasi qamrovini tashkil etadigan semantik doirasini ochib beramiz. Avvalambor, ,,yozmoq“ (turkiycha o‘zak)dan olingan ,,yozuv“, ,,yozish“, ,,yozma“ terminlari izoh talab qiladi. Ikkinchi toifada „yozma nutq“, „yozma muloqot“, „yozish texnikasi", „yozma mashq“, „yozma ish“, „yozuv ko‘nikmasi/ malakasi“ va yunoncha ,,yozuv-chizuv“ni ifodalaydigan, ,,grafika“, ,,grafema“, kalligrafiya“, ,,orfografiya“ hamda lotincha (dictare — yozish uchun aytish) ,,diktant“, arabchadan irgan ,,bayon“, ,,insho“ singari terminlar uchraydi. Uchinchi masala ,,harf‘ bilan bog‘liq (harfiy timsol, harf birikmasi, digraf, alifbo, alifbe kabi) terminlami aks ettiradi. Ma’lumki, o‘zbek maktablarida chet til o‘qitish metodikasiga oid aksariyat terminlar turli sabablarga ko‘ra rus tilidagi adabiy manbalardan o'zlashtirilgan. Ayni chog‘da ruscha ayrim terminlarning asliyatda chalkash holda shakllanganligini bilamiz. Mas. письмо — 1) yozuv; 2) yozma nutq; 3) yozish; 4) xat, maktub. Ko‘rinib turibdiki, bir termin bir necha ma’noda qo‘llanadi, shunday ekan, o‘zbekchaga ham bu hoi noma’qul ta’sir qilgan (polisemiya tabiiy hodisa, lekin termin, odatda, bir ma’noli bo‘lishi shart). Yozuvni o‘rgatishga doir ro‘yxatda qayd etilgan terminlarni metodika nuqtayi nazaridan umumlashtirib tahlil qilamiz. Chet tilda yozuv deganda, ushbu til vositalari qo‘llanib, yozma shaklda fikr bayon etish tushuniladi.Yozma nutqda qo‘llanadigan lisoniy vositalarni, birinchidan, grafemalar va yozma shakldagi leksik va grammatik birliklar tashkil etsa, ikkinchidan, ularning qo‘llanishi (yozilishi) yozma nutqning yozish texnikasi sanaladi grafik vositalar va ularning texnikaviy jarayoni haqida so‘z yuritildi. Material va uni qo‘llash tushunilmoqda. Yozish texnikasidan foydalanib, fikr chet tilda yozma bayon etilsa, yozma muloqot yuz beradi. AQSH chet tillar o‘qitish metodikasining atoqli namoyandalaridan Garvard universiteti professori Uilga M. Rivers fikricha, savodli bo‘lish — o‘qish va yozuvni bilish, degan ma’noni anglatadi1. 0 ‘qish va yozuv yozma nutqning ikki ,,pallasi“dir, birinchisida yozilgan material o‘qiladi, ikkinchisida esa odatda o‘qishda o‘zlashtiriladigan fikr yozma izhor etiladi. Axborotni yozma bayon etish ikki yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi: chunonchi (1) o‘z fikrini yozish va (2) aytib (o‘qib) turilgan o‘zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash. Har ikkala holatda ham yozma matn yaratiladi. Ushbu bob nomida istifoda etilgan „Yozuvni o‘rgatish“1 termini ikki tushunchani ifodalaydi, ya’ni (1) yozish texnikasini va (2) yozma nutqni (fikrni yozma bayon etishni) o‘rgatish ma’nolarida kelgan. Yozish texnikasi deganda, grafika (tovush-harf munosabati va harfning ma’no bildirish vazifasi), kalligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Yozma nutq termini esa grafik tarzda ifodalangan axborot va nutq muloqoti jarayoni ma’nolarini qamrab oladi.Grafika о‘qish va yozish texnikasi tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. Harf-tovush munosabati ko'zda tutiladi.Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi (harflar, harf birikmalari, harf usti va osti belgilari) kiradi. Imlo — so‘zlarni (gaplarni) yozish va ularga doir qoidalar yig‘indisidir.Husnixat harf, harf birikmasi so‘z asosida, imlo esa morfema, so‘z (gap) darajasida, yozma nutq esa gap, abzas va bog‘lanma matn materialida o‘rgatiladi.Yozma nutq boshqa reproduktiv nutq faoliyati turi — gapirish zaminida, ya’ni uning lisoniy materiali va mavzulari doirasida shakllanadi. Yozma nutq tegishli xususiy malakalarg asoslanadi. Yozuv (ya’ni yozma nutq) malakalari quyidagi ko‘nikmalardan tashkil topadi: husnixat ko‘nikmasi;imlo ko‘nikmasi; tuzish (yozma fikr bayon etish maqsadida gaplarni biriktirish) ko‘nikmasi; yozuvning leksik va grammatik ko‘nikmalari kabilar.



Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish