Mundarija O’quv materiallar 4 Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy 126 Ilovalar 130 Fan dasturi Fan ishchi o'quv dasturi Tarqatma materiallar Testlar Baholash mezoni O’quv materiallari



Download 410,87 Kb.
bet29/82
Sana06.02.2022
Hajmi410,87 Kb.
#432837
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Bog'liq
o'quv uslubiy majmua 2021

Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:
1. Adabiy so`zlashuv uslubi
2. Oddiy so`zlashuv uslubi.
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Fonetik xususiyatlar.
2. Leksik-frazeologik xususiyatlar
3. Grammatik xususiyatlar
So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
2) nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4) muallif individualligining sezilmasligi;
5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta
so`zning tushib qolishi);
11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z
birikmalarining qo`llanishi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:
uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
c) fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa,farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
d) bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
e) qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
f) so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
5) Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi.
6) Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi.
7) Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart.
8) Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
9) Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubningyozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.

Download 410,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish