Ma’ruzachilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
Baholash ko’rsatkichlari
|
Baholash mezonlari
|
«ha»
(2 ball)
|
«qisman»
(1 ball)
|
«yo’q»
(0 ball)
|
Nutq mavzui va maqsadi:
|
1. Ma’ruza mavzui aniqmi?
|
|
|
|
2. Maqsad aniq ifodalaganmi?
|
|
|
|
Mazmuni:
|
1. Qiziqarlimi?
|
|
|
|
2. Mantiqiy va aniqmi?
|
|
|
|
3. Ishonarlimi?
|
|
|
|
4. Axborot yangimi?
|
|
|
|
Nutq va til:
|
1. Ikki xil ma’noli so’zlar yo’qmi?
|
|
|
|
2. Gaplar qisqami?
|
|
|
|
3. Matnda mujmal konstruksiyalar yo’qmi?
|
|
|
|
4. Ko’p so’zlilik yo’qmi?
|
|
|
|
5. Nutqda uni idrok etishni qiyinlashtiradigan xatolar yo’qmi?
|
|
|
|
Tashqi ko’rinish, imo-ishoralar, o’zini tutish:
|
1. Bemalol va ishonch bilan o’zini tutdimi?
|
|
|
|
2. Nutq hammaga qaratilganmi?
|
|
|
|
3. Qatnashuvchilarga qaraydimi?
|
|
|
|
4. Erkinsizlik bo’lmadimi?
|
|
|
|
5. Imo-ishoralar o’rinlimi?
|
|
|
|
Boshqa mezonlar (qo’shish mumkin)
|
1.
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
Ma’ruzani yozishda Sizda avvalo nima qiyinchilik tug’dirishini belgilang:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa?
-Siz bunday qiyinchiliklar sababini tushuntirib bera olasizmi?
15-mavzu. Ilmiy uslub janrlari. Tezis va kurs ishi.
Ideal holatda rejaning har bir bandini tezisga (ta’kid, qoidaga) aylantirish mumkin:
- o‘qib chiqilgan (yoki og‘zaki bayon qilingan) matnni takrorlaydi, lo‘nda ifodalaydi va xulosalaydi;
- har doim dalillarga ega bo‘ladi;
- mazmun mohiyatini aniqlaydi;
- materialni umumlashtirishga imkon beradi;
- maqola, ma’ruza, dissertasiya va shu kabilarni tanqidiy tahlil etish uchun qimmatlidir.
Tezislar turi
|
oddiy
|
asosiy
|
murakab
|
ko‘pincha ko‘chirmalardan iborat bo‘ladi
|
odatda mustaqil ifodalanadi
|
o‘zida ikki xil yozuvni jamlaydi
|
1-sxema
Nima uchun?
|
bundan nima kelib chiqadi?
|
|
Tezis (ta'kid, qoida)
|
dalillar, faktlar, isbotlar
|
xulosa
|
chunki, negaki, shuning uchunki,...
|
binobarin, shunday qilib, shuning uchun...
|
|
Kirish
|
Asosiy qism
|
Xulosa
|
Tezis
|
Ko‘p sonli dalillar
|
Xulosa
|
T
|
D
|
O
|
T
|
D
|
O
|
T
|
D
|
O
|
T
|
D
|
O
|
T - tezis
D - dalillar
O - oqibat
Axborot, ma’ruza, maqola materiali 1-sxemaga muvofiq uch qismli tuzilma asosida tuziladi.
• Ilmiy matn janri sifatidagi tezis 2-sxema bo‘yicha tuziladi. Tezislarning bandlar bo‘yicha tuzilishida fikrlar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
1.TD
2.TD
3.TD
4.O
Dissertasiya tadqiqotidagi qoida sifatidagi tezis ta’kid sifatida ifodalanadi.
1-topshiriq.
Tezisni o‘z ichiga oladigan fikrning tuzilishi sxemasini ko‘rib chiqing. Taklif qilingan mavzulardan biri bo‘yicha shu sxemalardan biriga asoslanib, o‘z fikringizni tuzing.
Fikrni tuzish uchun mavzular:
• Bank xizmatlarini rivojlantirish.
• Raqobatbardoshlikning marketing tadqiqoti
• Distansion ta’lim.
• Talabalarning til madaniyati.
• Talabalarning kasbiy tayyorgarligida jismoniy tarbiya.
2-topshiriq.
Sizning ilmiy asarlar to‘plami uchun tezislarni taqdim etishingiz kerak. Siz sxemalardan qaysi birini qo‘llaysiz. Nima uchun?
Konspekt.
reja, ko‘chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o‘z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o‘quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak
|
• Gap nima haqida;
|
• Nima ta’kidlanayapti;
|
• Qanday dalillanayapti
|
Konspektda so‘zlar ko‘p bo‘lishi, haddan ortiq ko‘chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o‘zingizni tiying.
Konspekt turlari.
Rejali
Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi.
Matnga doir ko‘pincha mantiqiy o‘tishlar bilan bog‘langan ko‘chirmalardan tashkil topadi.
Erkin
Ko‘chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo‘ladi
Xronologik
Hodisalarning o‘zini ko‘rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.
Tahliliy
Ko‘pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.
Tematik
Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo‘yilgan savolga javob beradi.
Matnni o‘qib chiqqandan keyin konspekt qilish usullari
1-variant.
Asosiy
so‘zlar
|
Mohiyat,
asosiy fikr
|
Asosiy
fikrning ochib
berilishi
|
Xulosa, savollar,
shaxsiy munosabat
|
|
|
|
|
2- variant.
Asosiy masalalar
|
Masalalarning ochib berilishi
|
|
|
Shu turdagi konspekt qilish nima beradi? Siz o‘zingiz uchun konspekt qilishning qanday turini tanladingiz?
Topshiriq
O‘zingiz uchun konspektning har xil turlari: rejali, matnli, erkin, tematik (tahliliy va xronologik) turlariga ehtiyojni aniqlang.
Konspektning u yoki boshqa turishga zarurat nima bilan izohlanadi?
Referat – bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo‘lgan g‘oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |