O'quvchi nutqiga qo'yiladigan talablar:
1. Nutqning nutq sharoitiga mosligi.
Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir- biridan uzoqda bo'lgan so'zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (ya'ni xat, maktub, axborot, voqi'anavislik va hokazo) vositasida fikr almasha oladi. Shunin uchun bolalami maktub yozishga o'rgatish ayni bir fikmi turli shaklda bayon etis ko'nikmalarini shakllantirishga samarali ta'sir ko'rsatadi.
2. Nutqning mazmundorligi. O'quvchi faqat bilgan narsalarini, o'zi xabardo bo'lgan voqea-hodisalami og'zaki va yozma shakllarda bayon qila oladi. /vni( dalillar, kuzatish va taassurotlar, his - tuyg'ular asosida yaratilgan fikrgin; o'zgalar diqqatini o'ziga tortadi. Mazmunsiz fikr so'zlovchining o'ziga ham o'zgalarga ham yoqmaydi. Suhbat, hikoya, insho uchun o'qilgan badiiy asarlar tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqealari boy material bo'lib xizmat qiladi.
3. Nutqning to'g'ri, aniq va izchil bo'lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo'lsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. Buning uchun o'quvchidan narsa, voqea, hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularga to'g'ri baho bera bilish, shu yo'l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilish talab etiladi. O'quvchi fikrini bayon qilayotganda bir fikmi ikkinchisi bilan mantiqan to'g'ri bog'lay olishi, mavzuga aloqador bo'lgan asosiy fikrlami
ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi zarur.
Nutq - mantiqan fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog'langan.
Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealaming bir-biriga o'xshashligi va farqi aniqlab olinib, shu asosda hukm hamda xulosalar chiqariladi. O'quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to'g'ri fikr yurita olmaydi.
Nutqning mantiqiy to'g'riligi esa avvalo fikrlaming aniq va bir-biriga izchil bog'langan bo'lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chetga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va mujmal jumlalar bo'lmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo'lishi demakdir.
4. Nutqning boy va rang-barang bo'lishi avvalo fikmi bay on qilishda o'zbek tilining leksik imkoniyatlaridan, shuningdek, nutqning badiiy qiymatini oshiruvchi vositalardan, badiiy asarlardan olingan parchalar va yorqin adabiy timsollardan, o'zbek xalqining qochiriq so'zlari va frazeologik iboralaridan, o'xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag'alardan, ritorik so'roq gaplardan foydalanishda namoyon bo'ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go'zallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.
5. Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi.
O'quvchi so'z, so'z birikmasi va gaplami bir-biriga bog'lash, egalik va kelishik qo'shimchalarini o'rinli qo'llash, gapning ega va kesimini moslashtira olish kabi malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.
6. Nutqning soddaligi va sofligi. Sodda nutq tushunarli bo'ladi. Buning uchun matnda fikr lo'nda, aniq bayon qilinishi kerak. Tushunarsiz, g'aliz jumlalardan saqlanish lozim. Nutqning sofligi uning tozaligi demakdir. Nutqni har xil qaytarishlar, ortiqcha jumlalar, o'zbek tiliga xos bo'lmagan so'zlardan tozalab borish, fikmi sof adabiy tilda, tilning boy imkoniyatlaridan foydalamb bayon qilish yozma nutqning soddaligini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |