9-rasm.Lazer nuri yordamida o‘simtalarni davolash.
tegmaydi. To‘qima bilan faqat nurlanish o‘zaro ta’sirlashadi. Toza- likning yana bir sababi kesish joyida yuqori harorat hosil bo’ladi.
Oltinchidan, lazer nuri lokal (muayyan joyga) ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimani bug‘lanishi faqat fokus nuqtasidagina ro‘y beardi. Uning yonidagi to‘qimalar mexanik yoki elektr skalpeliga nisbatan kamroq jarohatlaydi.
Yettinchidan, klinik tajribalarning ko‘rsatishicha, lazer skalpeli- dan hosil bo‘lgan yara aslo og‘rimaydi va nisbatan tez tuzaladi.
Lazer nuridan tobbiyotda foydalanish 1966-yilda A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya oliygohida boshlandi. Lazer skalpeli qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi ichki a’zolarni operatsiya qilishda qo‘llanildi. Hozirgi paytda lazer nuri teri-plastik operatsiyalar, ovqat yo‘li, os- hqozon, ichak, buyrak, jigar quloq, burun, tomoq va boshqa ichki a’zolarni operatsiya qilishda hamda o‘simtalarni davolashda qo‘llaniladi.
3 Xulosa
Lazerlarning yaratilish tarixi o‘rganildi. Uning bashorot qilinishi A.Eynshteyn,kashf etilishi Basov, Proxorov, Tauns va boshqalarn- ing qaoliyati bilan bevosita bog‘liq ekanlig o‘rganildi. Lazerlarn- ing ishlash prinsiplari va fizik asoslari o‘rganildi. Kvant elektron- ikasi – qattiq jismlar tarkibiga kiruvchi elektronlar bilan elektro- magnit nurlanishning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida sodir bo‘luvchi hodisalarni o‘rganuvchi fizikaning sohasi ekanligi o‘rganildi. Lazer texnikasi va lazer fizikasining rivojiga O‘zbek olimlaridan akademik P.Q.Xabibullaevning shogirdlari bilan qo‘shgan xissasi ham salmo- qlidir. O‘zbekiston FA Issiqlik fizikasi institutining Moskva DU, Fizika institutlari olimlari R.V.Xoxlov, Gulyaev va boshqalar bilan xamkorlikdagi tadqiqotlari shular jumlasidandir.
Hamisha ham kvant o‘tishlar sodir bo‘lavermaydi. Ularning ayrim- lariga o‘tishga ruxsat beriladi, boshqalari esa man etiladi. Kvant mexanikada saralash qoidasi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kvant o‘tishlar ajratiladi. Ruxsat etilgan va man etilgan kvant o‘tishlar o‘tish ehti- molligi bilan belgilanadi. Nurlanishning eng muhim xarakteristikasi uning spektri hisoblanadi, ya’ni nurlanishni hosil qilayotgan elektro- magnit maydonni tashkil etuvchi monoxramatik to‘lqinlar to‘plami tushuniladi. Energiya yutilishi ma’lum chegaraviy qiymatga intiladi. U relaksatsiya tezligi bilan ifodalanib, faollashgan kvant zarralar o‘rab turgan atrof muhitga o‘zining energiyasini berishi jarayonini anglatadi.
Lazerlarining turli xildagi variantlari biologik tekshirishlarda, laz- erli aloqa sistemalarida, golografiyada, interferometriyada, spektros- kopiyada mashinasozlikda, tabiiyot va texnikaning boshqa ko‘p so- halarida keng qo‘llaniladi. Bu lazerlarning ishlash prinsipini yaxshi tushunish esa bizga ularning yangi qirralarini topib ularni yana boshqa sohalarga tatbiq etilishini ta’minlashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sodiqova SH, Otajonov SH, Kurbanov M. Lazerlar va ularning amaliyotdagi o‘rni. Toshkent, 2019.
Kamolxo‘jayev SH.M, Muhammadjonov M.A. Lazerlar va ularn- ing qo‘llanilishi. TDTU, 1999.
Qurbonov M. Fizikadan namoish eksperimentlarini uslubiy funk- siyalarini kengaytirishning nazariy asoslari. Monografiya. Fan, 2008
Mirinoyatov M. Lazerlar fizikasi va texnikasi. Universitet, 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: |