Mundarija Krish 3



Download 1,11 Mb.
bet12/13
Sana14.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#670656
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
To\'ychiyev O\'rozali.Optikadan kurs ishi. 1905-g204

8-rasm. Lazer televizion qurilma tuzilishi.
Hozirgi vaqtda optik kanal bo‘ylab televizion tasvirni uzatuvchi bir necha qurilmalar yasalgan. Eng birinchi lazer televizion qurilma sanoatda chiqariluvchi tayyor uskunalardan yig‘ilgan. Uning tuzilish blok sxemasi 8 - rasmda ko‘rsatilgan.
Lazer televizion qurilma - lazer, televizor, kuchaytirgich, optik filtr modulatordan tashkil topgan. Televizorning tasvirni kuchaytiru- vchi qurilmadan olingan signal kuchaytirilib, modulatorga beriladi. Modulator berilgan signalga mos ravishda lazer nurlanishini ampli- tudaviy modulatsiyalaydi. Lazer nurlanishi uzatgich qurilma yor- damida kam tarqaluvchi yorug‘lik dastasiga aylantirilib uzatiladi va parabolik ko‘zgu sifatidagi optik qabul qilgich orqali qabul qilinib, fotoelektron kuchaytirgichga tushadi FEK da elektr signaliga ay- lantirilgan yorug‘lik signali kuchaytirgich orqali televizorning kirish qismiga beriladi. Mazkur qurilmada uzatilgan tasvirning tiniqligi oddiy televizordagi tiniqlikdan ustundir. Qurilmada Pokkels effekti asosida ishlovchi kristalli elektrooptik modulator qo‘llanildi. Mod- ulatorga kiruvchi lazer nurlanishi dastasi diametri 1mm bo‘lganda, modulatsiyalash uchun 18 V kuchlanish yetarli bo‘ladi.
Keyingi tadqiqotlarda lazer nurlanishi orqali bir vaqtda beshta televizion tasvir uzatildi. Bunda optik qabulqilgich sifatida kremniy fotodiodi qo‘llanildi. Tasvirni uzatish 66-75, 76-82, 182-186, 198-204, 210-216 MGs kanallarda amalga oshirildi.


      1. Lazerlarning tibbiyotda qo’llanilishi


O‘tgan asrning 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab jarrohlikda skalpel tarzida lazer nuri ishlatila boshlandi. Lazer skalpeli deganda nima tushuniladi va uning o‘ziga xos qanday xususiyatlari bor? Jar- rohlik xonasida jarrohlik stol bilan bir qatorda lazer qurilmasi ham joylashtiriladi. Tibbiyotda ko‘p hollarda uzluksiz maromda ishlovchi quvvati bir necha o‘n vatt bo‘lgan SO2 - lazeridan foydalaniladi. Lazer nurlanishi egiluvchan yorug‘lik uzatgichga tushadi. Bir necha yordamchi qurilmalar vositasida chiqish trubkasiga o‘tib, undan keyin intensiv yorug‘lik nurlanishi tarzida tashqariga chiqadi. Operatsiya vaqtida jarroh chiqish trubkasini qo‘lda ushlab, uni fazoda lozim bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha erkin ko‘chira oladi.
Lazer nurining fokusida energiya to‘plangan bo‘lib, u biologik to‘qimalarni qizdirib bug‘lantirish uchun yetarlidir. Jarroh lazer skalpelni sekin - asta yo‘naltirib, to‘qimani kesib boradi. Kesim chuqurligi va kesim tezligi to‘qimaning qon bilan ta’minlanish dara- jasiga bog‘liq. O‘rtacha kesim chuqurligi 2-3 mm oralig‘ida bo‘ladi. Ko‘pincha to‘qimalarni kesish bir marotaba bajarilmay, balki skalpel bir necha marta yurgi zilishi bilan amalga oshiriladi, bunda to‘qima go‘yo qatlamlab kesiladi. Jarrohlik skalpeli tarzida lazer bir qator afzallik larga ega.
Birinchidan, bu nur qon chiqarmay qirqadi, chunki unchalik katta bo‘lmagan qon tomirlarni shu vaqtni o‘zidayoq yamab qo‘yadi. Bu xususiyati bilan u elektrpichoqqa o‘xshaydi.
Ikkinchidan, lazer skalpeli kesish xususiyati hamma vaqt ishon- chli va o‘zgarmasdir.
Uchinchidan, shaffofligi, ya’ni soya hosil qilmasligi tufayli jarro- hga operatsiya qilinayotgan qismini kuzatib borish imkonini beradi. Odatdagi skalpelning tig‘i esa hosil qilgan o‘z soyasi tufayli ish joyini jarrohdan to‘sadi.
To‘rtinchidan, lazer nuri to‘qimani ma’lum masofadan turib unga bosim bermay kesadi.
Beshinchidan, lazer skalpeli mutlaq sterillikni (ya’ni tozalikni) ta’minlaydi. Haqiqatan, nurdan tashqari to‘qimaga biror narsa bilan






Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish