Mundarija Krish 3



Download 1,11 Mb.
bet6/13
Sana14.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#670656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
To\'ychiyev O\'rozali.Optikadan kurs ishi. 1905-g204

Eksimer lazerlar


Eksimer lazer - elektron sathlari orasida o’tish natijasida nurlanish hosil bo’luvchi molekular lazerlardir.
Ba’zi bir inert gazlar va ularning galogenlari bilan birikmasi mole- kulalari faqat uyg’ongan holatda mavjud bo’ladi. Bunday moleku- lalar - eksimer5 - uyg’ongan dimer nomini olgan.
Ikki atomli molekulaning asosiy holati potensial energiyasi atom- lar orasidagi itarilish kuchlariga mos keladi. Shuning uchun bu molekula asosiy holatda mavjud bo’lmaydi. Uyg’ongan holat poten- sial energiyasi minimumga ega bo’lganda molekula mavjud bo’ladi. Zarralardan tuzilgan molekula faqat dimer holatida mavjud bo’ladi. Eksimerning asosiy holatga o’tishi uning alohida zarralarga ajralib ketishiga olib keladi.
Qandaydir hajmda yetarlicha eksimer molekulalar hosil qilingan bo’lsin. Unda yuqorigi (bog’langan) va pastki (bog’lanmagan) sath- lar orasidagi o’tish natijasida nurlanish hosil qilish mumkin. Bunday lazer eksimer lazer nomini olgan. Bu lazer ikkita ajoyib xususiyatga egadir. Generatsiya natijasida asosiy holatga o’tgan molekula darhol dissotsiatsiyalanadi - alohida zarralarga ajralib ketadi. Ya’ni pastki sath hamma vaqt bo’sh bo’ladi.
Lazer nurlanishi aniq chastotaga ega bo’lmay - keng polosaga ega. Bu esa lazer nurlanish chastotasini keng intervalda o’zgartirish imkoniyatini beradi.
Inert gazlar argon, kripton, ksenon (Ar, Kr, Xe) galogenlar ftor va seriy (F, Ce) bilan aralashishi natijasida hosil bo’lgan eksimer- lar asosida yaratilgan lazerlarni ko’rib chiqaylik. Ularning nurlan- ishi asosan ultrabinafsha nurlarga to’g’ri keladi. Masalan: ArF
5inglizcha - ercited dimer

(λ = 193nm), KrF (λ = 248nm), XeCe (λ = 308nm), XeF (λ = 353nm). Elesimer lazerlarning uyg’ongan holatga o’tkazish mex- anizmi ancha murakkabdir. Masalan, KrF lazerda (unda Kr, F2 va bufer gaz aralashmasi qo’llaniladi), birinchidan, inert gazning uyg’ongan atomi galogen bilan to’g’ri reaksiyaga kirishadi:


Kr + F2 −→ KrF + F
ikkinchi elektron galogenga qo’shiladi:
e + F2 −→ F + F
uchinchidan, galogenning manfiy ioni bilan quyidagi rekombinatsiya ro’y beradi:
F + Kr + M −→ KrF + M
M - bufer gaz (Ar yoki He)


Galogenlar asosidagi eksimer lazerlarda damlash elektron dastasi yoki elektr razryadi vositasida amalga oshiriladi. Elektr razryadi qo’llanilganda gazni elektronlar dastasi yoki ultrabinafsha nurlan- ish yordamida oldindan ionlashtiriladi. Bunday lazer faqat impuls maromida ishlaydi, tuzilishi yuqorida bayon etilgan SO2 lazer tuzil- ishiga o’xshash bo’ladi. Lazer nurlanishi impuls davomiyligi bir necha o’n nanosekundni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda o’rtacha quv- vati 100 Vt, qaytarilish chastotasi 1kGs, elektr f.i.k η 1% bo’lgan eksimer lazerlar yaratilgan. Eksimer lazerlar murakkab fotokimyoviy jarayonlarni amalga oshirishda, izotoplarni ajratishda katta ahamiy- atga ega.



    1. Download 1,11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish