5.Texnologik sxema bayoni Ammoniy selitrasi suyuq ammiakni gaz holatiga O’tkazilgan AMG bilan neytrallash usuli bilan olish quydagi bosqichlardan iborat;
-8-60% konsentratsiyali HNO3 ni gaz holidagi ammiak bilan ITN aparatida neytrallash
-selitra eritmasini doneytralizatsiyalash va magenial qo’shimcha kiritish
-olingan eritmani yuqori konsentratsiyali suyuqlanma holigacha bug’latish va suyuqlanmani donadorlash minorasi yuqori qismiga uzatish ;
-donador xoldagi suyuqlanmadan ammiakli selitra xosil qilish va uni mavhum qaynash qatlamida sovutish:
- atmosferaga tashlanayotgan havoni tozalash;
-–tayyor mahsulotni qoplash, saqlash va yuklash
Azot kislatasini gaz holdagi ammiak bilan neytrallash.
Azot kislatasini ammiak bilan neytrallash jarayoni oddiy reaksiya bilan ifodalanadi
NH3 =HNO3= NH4NO3 Bu reaksiya odatdagi sharoitda amaliy jihatdan qaytmas jarayon hisoblanib, katta tezlikda va qoshimcha mahsulot hosil bolmasdan boradi. Bu qurilmada neytrallash jarayoni ikkita parallel ishlovchi ITN apparatlarida P-3/1,2 da MPa=0.05kgs/sm2 yani atmosfera bosimiga yaqin bosimda va 148-1650C da boradi. Bunda ammoniy nitrat massaviy miqdori 89% dan kam bo`lmagan miqdorda ammiakli selitra eritmasi hosil bo`ladi. Kelayotgan gaz holdagi ammiak bug`latgich X-37 da bug`latilib, ammiak isitgich T-1 da bug` kondensati yordamida 120-1600C gacha qizdiriladi va ITN apparatiga P-3/1,2 ga beriladi.
Berilayotgan ammiak bosimi p=0.2 MPa dan kam bo`lmasligi kerak. Ammiak va azot kislotasi shunday nisbatda beriladiki, bunda ITN apparatidagi reaksion zonadagi eritma muhiti kam kislotali bo`lishi kerak.Bunda HNO3 ning massaviy konsentratsiyasi 1-4gr/dm3 bo`lib, bu miqdor ammiakning to`liq yutilishini taminlaydi. ITN apparatining separatsion qismida sharbat bug`I qaynayotgan eritmadan ajratiladi va tozalash uchun apparatning yuvuchi zonasiga keladi.
Bu yerda selitra eritmasining kam kislotali muhitga ega bo`lgan eritmasi va sharbat bug`i kondensati yordamida ammiak aralashmasidan , azot kislotasi va ammoniy selitra tomchilaridan yuviladi. Separatsion qismiga yuvish uchun berilayotgan eritma miqdori har bir apparat uchun 7.5m2/soatni tashkil etadi. Yuvish qismidan eritma separatsion zonaga tushadi va bu yerda 32-33% selitra eritmasini 89% gacha suyultiradi. ITN apparati P-3/1,2 dan chiqib ketayotgan sharbat bug`i tarkibida NH4NO3 4gramm/dm3 va HNO3 1;4 gramm/dm3 miqdordan ko`p bo`lmasligi kerak. Yuvish to`g`ri yo`lga qo`yilganda sharbat bug`i tarkibidagi ammiak bo`lmaydi. Sharbat bug`ining chiqindi va ifloslantiruvchi lardan tozalashni to`liq borishi ITN apparatlariga HNO3 va NH3 ni bir xilda berishda sharbat bug`i kondensati va suyultirilgan selitra eritmasini apparatning yuvuchi qismiga bir xilda berilishiga bog`liq bo`ladi.
ITN apparatidan konsentratsiyasi 89-92%li bo`lgan ammoniy nitrat eritmasi 150-1700C xaroratda chiqadi, uning tarkibida erkin holda 2-5gr/l miqdorda NH4NO3 bo`ladi. Ammiakli selitra eritmsini doneytralizatsiyalash va magnezial qo`shimcha kiritish.
Eritmani doneytraliztsiyalash ITN apparatidan chiqqan selitra eritmasini muhiti kam kislotali bo`lib, tarkibida massaviy jihatdan 1;4gr/dm3 bo`lgan erkin HNO3 bo`ladi. Bug`latish jarayonini xavfsiz borishini taminlash uchun uning tarkibidagi erkin kislotani yo`q qilish kerak. Chunki eritmada erkin kislotani bo`lishi selitraning issiqdan parchalanish tezligini oshirib yuboradi. Ishlab chiqarishda avariya bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Eritmadan erkin kislotani yo`q qilish doneytralizatsiya bosqichidagi doneytralizator P-4 apparatida amalga oshiriladi.Bu apparatda ITN P-3/1,2 apparatidan selitra eritmasi bilan hamda gaz holdagi ammiak beriladi. Bu esa erkin HNO3 ni bog`laydi va biriktiriladi. Bug`latishdan oldin eritma muhitini ishqoriy bo`lishini taminlaydi hamda kislatali muhitga ega bo`lgan eritmani bug`latishga kirib ketishini oldini olish uchun selitra eritmasini doneytralizatordan P-4 apparatidan keyingi nazorat doneytralizatori P-97 ga keladi, bu apparatga ham gaz holdagi ammiak beriladi. Ammiakli selitra eritmasi tarkibida nazorat doneytralizatori P-97 dan massaviy konsentratsiyasi 0.1-0.50C /dm3 bo`lgan erkin ammiak tutishi kerak. Tayyor mahsulotning fizik kimyoviy xossalarini yaxshilash, uning yopishqoqligini kamaytirish maqsadida , hamda doneytralizatsiya bosqichida parchalanib ketishini oldini olish maqsadida doneytralizator P-4 apparatida selitra eritmasiga 35-40% li konsentratsiyali magniy nitrat eritmasi kiritladi. Bu tuz suvda ammiakli selitra eritmalarida yaxshi eriydi. Suvsiz holatda bu tuz o`ziga 6 molekula suvni molekula suvni biriktirib olib, geksogidrat magniy nitrat Mg[NO3]2 x 6H2O xosil qilishi mumkin.Bunda suvsiz magniy nitratning massaviy bir qismi taxminan 0.7 massa qism suvni o`ziga biriktirib olishi mumkin. Magniy nitrat eritmasining kiritilayotgan miqdori quydagicha bo`lishi kerak;
Tayyor mhsulot tarkibidagi qoldiq suv miqdori 0.3-0.4 % bo`lganda magniy nitrat miqdori suvnikidan 20 %ga ko`p, ya`ni 0.36;0.48% bo`lishi kerak. Ammoniy selitra eritmasi nazorat doneytralizator P-97 apparatidan keyin truboprovod orqali konbinirlangan bug`latish apparati T-10 ning yuqori qismiga keladi. Plyonka tipdagi kombinirlangan bug`latish apparati 3 qismdan iborat;
–xavoni chiqarish uchun mo`ljallangan yuqori qismi bu yerda ammiakli selitra eritmasi tomchilarini ajratish qurilmasi va bug` kondensatini apparat T-10 ga beruvchi barbatyor joylashgan.
–o`rta qismi bu trubalar to`plamidan [60x35 o`lchamli, uzunligi 5000 mm bo`lgan 721 dona] iborat bo`lib, yuqori trubalar doskasida taqsimlovchi qalpoqchalar o`rnatilgan. Ammiakli selitra eritmsi yuqorigi eritmalar doskasiga 2 ta d=500 mm bo`lgan shtutserlar orqali keladi.
Trubalar orasiga esa 2 ta d=200 mm li shtutserlardan bosimi 1.2-1.4MPa bo`lgan suv bug`i beriladi. Issiqlish almashinish yuzasi 710m2 ,balandligi 6400mm, uchta diametri 2800mm;
–pastki bug`latish qismi 3 ta qizdiruvchi tarelkalardan iborat. Pastki tarelkaga d=900mm bo`lgan shtutser orqali qizdirilgan xavo beriladi. Suyuqlanma pastki konussimon qismi orqali d=200mm li shtutser orqali chiqib ketdi. Tarelkalar diametri 2800 mm, konus asaosining diametri 3400mm. Tarelka ilonsimon umumiy issiqlik almashinish yuzasi 72m2. Konus qismi zmevika berilayotgan bug` orqali qizdiriladi. Pastki qism balandligi 4910mm. Apparat [T-10] ning umumiy balandligi 15910mm.
Ammiakli selitra eritmasini massaviy miqdor ulushi 99.7% bo`lgan suyqlanmagacha bug`latish atmosfera bosimiga yaqin bo`lgan bosimda olib boriladi. Kelayotgan ammiakli selitra yuqori trubalar doskasiga tekis taqsimlanadi, trubalarning ichki yuzasi bo`ylab pasga harakatlanadi. Apparat pastki qismidan ammiakli selitra eritmasi oqimiga qarama-qarshi ravishda harorati 1800C bo`lgan havo beriladi. Natijada issiqlik almashinish sodir bo`ladi. Bug`latish issiqligini taminlash maqsadida trubalar orasiga elektrozadvishka orqali bosimi 1.2-1.4 MPa bo`lgan qizdirilgan bug` beriladi. Pastki qismidan eritma suvining massaviy ulushi 0.3% dan ko`p bo`lmagan miqdordagi konsentratsiyagacha bug`latiladi. Gidra zatvor-doneytralizator apparati [P-13]ga keladi. Kombinirlangan bug`latish apparati [T-10] dan chiqayotgan sharbat bug`i va havo aralashmasi yuvgich [X-98] ga yuboriladi. Gidra zatvor –doneytrlizator vertikal bo`lib, tashqi tomonidan isitiladi. Diametri 400 mm, balandligi 2500 mm bo`lib, tashqi tomonidan apparat hajmi 0.32 m2. Gidra zatvor –doneytralizatordan chiqqan suyuqlanma filtr [F-13] ga mexanik qo`shimchalardan tozalash uchun beriladi. Filtrlardan [F-4] chiqqan ammiakli selitra suyuqlanmsi trubopravod orqali ammiakli selitra suyuqlanmasi bak[E-15/1,2] ga beriladi. Suyuqlanma uchun bak hajmi 2.5m2, diametri 1400mm, balandligi 1600 mm bo`lgan idishdir. Ammiakli selitra suyuqlanmasi bak[E- 15/1,2] lardan yuklovchi nasoslar [H-16/1,2] lar orqali [unumdorligi 45m3/soat] trubopravod bo`lib, granulyator napor bakiga uzatiladi[E-23]. Suyuqlanmagan donador holdagi ammiakli selitra olish va uni sovutish.
Yuqori konsentratsiyali ammoniy selitra suyuqlanmasini sovutish dondorlash minorasida amalga oshiriladi. Uning kesimi 8x11 mm bo`lib minoraning tushish balandligi 55 m. Selitra suyuqlanmasi donadorlash minorasining yuqori qismida joylashgan akustik yoki vibratsion granulyatorlar orqali [3 ta ishchi ,3 ta zahira] bir tekisda tomchi xolida butun minora kesimi bo`ylab sepilib beriladi. Bitta granulyator unumdorligi 20 t/soat bo`lib, tashqi diametri 325 mm. Yuqoriga ko`tarilayotgan tezligi 1-1.8 m/sek bo`lgan havoni qarama-qarshi oqimi hisobiga tushayotgan selitra tomchilari soviydi va dondor holatda kristllanadi. Hosil bo`lgan selitra donalari harorati 70-120 0C bo`lib ,donadorlash minorasi konus qismidan tushadi va lentali transpartyor orqali`` mavhum qaynash`` apparati[X-33]ga beriladi. Donadorlash minorasiga havo minorasidagi pastki qismidan va asosan sovutish[X-33]apparatidan keladi. Donadorlash bo`limining normal ishlashi uchun donadorlashga kelayotgan suyuqlanma tozaligi o`ta muhimdir. Shuning uchun suyuqlanma bug`latishdanso`ng filtrlanadi.
Donalarni sovutish:
Donadorlash minorasidan chiqayotgan ammiakli selitra donalarining xarorati 70-1200Cgacha bo`lishi mumkin, bu ko`pincha takrorlarga bog`liq; minoraning solishtirma yuklamasi, sovutuvchi havo sarfi va harorati, donalar o`lchami. Donalarni 40-500C sovutish donalarni sovituvchi``mavhum qaynash`` qatlami [X- 33] apparatida olib boriladi. Bu apparat 3 ta seksiyadan iborat bo`lib, xar bir seksiya alohida alohida ishlaydi. Apparatda donalarni sovutish setka tagiga havo berish orqali amalga oshiriladi. Berilayotgan havo tezligi 1.5-2.5m/sek , uning harorati 15-350C bo`lib, qaynayotgan qatlam balandligi 50-200 mm atrofida ushlab turiladi. Donalar minoradan keyin PT-30 transpartyori orqali sovutish apparati[X- 33]ning panjarasiga beriladi. Bu hosil bo`lgan katta qismlar 1- reaksiyaga tushadi va bu yerda mavhum qaynash qatlamida sovutiladi. So`ngra haroratiga qarab transpartyor PT-53ga yuklanib omborga yoki 2-seksiyaga beriladi. 2-seksiyadan chiqayotgan donalar haroratiga qarab PT-53 transpartyorga yoki 3- seksiyga beriladi. 3-seksiyadan chiqqan, sovutilgan donalar tayyor mahsulot omborga yuboriladi.
Atmosferaga tashlanayotgan havoni tozalash.
Havo basseyni tozaligini saqlash maqsadida ammiakli selitra va ammiak bilan ifloslangan havo; bular donadorlash minorasidan chiqayotgan, doneytrlizator [P-4] dan, nazorat doneytrlizatoridan [P-97] gidra zatvor-doneytrlizator P-13 apparatidan chiqayotgan va bug`latish [T-10] bo`limidan chiqayotgan bug` havo aralashmasini zaharli chiqindilardan tozalash lokal qurilmalarda tozalanadi.
Doneytralizatordan chiqqan bug`larni ammiakdan tozalash
Bug`larni ammiakdan tozalash usuli absorbsiya usuliga asoslangan. Absorbent sifatida kislotali muhitga chidamli bo`lgan ammiakli selitra eritmasi ishlatiladi. Apparat sifatida skrubber neytralizator [X-86] apparati ishlatiladi. Skrubber neytralizator [X-86] apparati keramik rashig xalqalari bilan to`ldirilgan. Apparatlar P-3, P-97, P-99 dan chiqayotgan sharbat bug`lari skrubberning pastki qismidan nasadkalar tagidan beriladi, tepadan ammiakli selitraning kislotali eritmasi beriladi.
Bug`latish apparati [T-10] dan chiqayotgan bug` xavo aralashmasi tarkida ammoniy nitrat va erkin ammiak tutgan bo`ladi. Bu aralashma bug` havo aralashmasi yuvgich [X-98] apparatidan erkin ammiakdan tozalanadi. Yuvish absorbsiya usulida olib boriladi. Absorbent sifatida skrubber-neytralizator [X-86] apparatdan chiqayotgan muhitga ega bo`lgan selitra eritmasi ishlatiladi. Yuvishdan o`tgandan so`ng bug` havo aralashmasi tarkibida 100 mg/nm3 ammoniy selitrasi, 50 mg/nm3 ammiak tutadi. Yuvgichdan so`ng yana tozalash uchun scrubber [X-29] ga beriladi.