11.Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish
Men loyihalagan ammoniyli selitra ishlab chiqarish sexida ishchilarning me’yorda ishlanishini ta’minlash, turli xil baxtsiz hodisalarni oldini olish, shuningdek texnologik jarayonda nosozliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- baxtsiz hodisaga yoki yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lsa, smena boshlig‘iga darhol xabar bergan holda ishlab turgan uskunani to‘xtatishga ruxsat olish;
- agarda ish joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda ishchilar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilayotgan bo‘lsa, ish bajarilayotgan joyda o‘zining raxbariga yoki syex boshlig‘iga xabar berish kerak;
- nosoz-asbob uskunalarni ishga tushirmaslik;
- navbatchilikni (smenani) topshiruvchidan smenani sifatli va benuqson topshirishni va navbatchilikni qabul qilayotganda aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishni talab qilish, avariya holatlarida vaqtincha, toki avariya holati bartaraf bo‘lguncha navbatchilikni qabul qilmaslik;
- raxbariyatdan o‘z mehnat vazifasini bajarish maromida shart-sharoit yaratib berishni talab qilish;
- me’yorda ko‘rsatilgan maxsus ishchi ust-bosh, maxsus oyoq kiyim, shaxsiy himoyalash vositalari va ish joyi bo‘yicha kerakli yo‘riqnomalar bilan ta’minlashni talab qilish;
- smena boshlig‘i, navbatchi usta tomonidan berilgan ko‘rsatma yoki farmoyish xavfsizlik texnikasi talablariga zid kelsa, avariya holatiga, baxtsiz hodisaga, nosozlikka va mahsulotning sifati buzilishiga olib kelsa berilgan ko‘rsatma yoki farmoyishni bajarmaslik xuquqiga ega.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishchi xodimlarni sog‘lig‘ini saqlash, jarayonlardan chiqayotgan chiqindi va zaharli gazlar miqdorini kamaytirish , inson hayoti uchun havfli bo‘lgan moddalar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish bandlaridan biridir. Kimyo sanoati va ishlab chiqarishda mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish masalasi juda katta etibor bilan qaraladi. Chunki bu erda inson hayoti, mehnati, atrof muhitni ekologiyasi haqida gap boryapti. Ishlab chiqarish joyida mehnat va atrof muhit ekologiyasini normal holatda ushlab turish uchun asosan quydagilarga e’tibor beriladi:
- Ishlab chiqarish joyida sanitar gigenik ahvolni yahshilash;
- Ishlab chiqarish binolarida va sexlarning ichida yoritilganlik darajasini yuqori bo‘lishi ;
- Ishlab chiqarish binolarida va sexlarning ichida shovqin va titrashni kamaytirish;
- Ishlab chiqarish hududida yong‘inga qarshi ko‘rilgan chora tadbirlarni yaxshi tashkillashtirish.
- Zavod yoki sexlardagi qurilmalardan foydalangan bo‘lib, chiqarib yuborilayotgan chiqindilar tarkibini zararsizlantirish kabi masalalarga muhim e’tibor beriladi.
Ammoniy selitra ishlab chiqarishda asosan quyidagi xavflar bo‘lishi mumkin;
- Kuchli kimyoviy xavfli moddalardan(gazsimon va suyuq ammiak, nitrat kislata, natriy gidroksid ammoniy nitrat eritmasi va suyqlanmasi)
- Yonuvchi va portlashga moyil , quruq moddalardan selitra
- Bug‘dan va kondensatdan
- Elektr qurilmalaridan
- Baland binolardan
- Aylanuvchi va yurib harakatlanuvchi mehanizmlardan.
Tenika xavfsizligi qoidasi ishlab chiqish sanitariyasi va tehnologik rejim meyori buzilsa quyidagi oqibatlarga olib keladi.
- Gaz holidagi ammiakdan va azot oksidlaridan zaharlanish.
- Kimyoviy kuydiruvchi moddalar olishda zaxarlanish [suyuq ammiak, NNO3, NH4NO3 eritmasi va suyuqlanmasi]
- Texnik kuydiruvchi bug‘ kondensatidan kuyush;
- Yonish;
- Portlash
- Elektr tokidan shikastlanish;
- Yuqoridan yiqilish;
- Mexanik shikastlanish.
Jarayonga xavfsiz o‘tishni ta’minlash uchun yong‘inga , shikastlanishga va boshqa xavflarga imkon yaratmaslik.
Hamda sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilgan xolda ishlash lozim
Oldindan qo‘yilgan chora tadbirlar;
Ammoniy nitrat ishlab chiqarish texnologiyasi avtomatlashtirilgan jarayonni nazorat qilish va boshqarish masofadan turib amalga oshiriladi.
Avtomatik boshqarish sistemasi oqim miqdorini boshqaradi va temperatura, bosimni, sig‘imlar va qurilmalardagi satxlarni nazorat qiladi. Xamda har xil xavflarni oldini oshirish uchun signalizasiya va blakirovkalarni amalga oshiradi. Jarayondagi barcha parametrlar avtomatik boshqarish sistemasida registrasiya qilib boriladi.
Bunda: ITN qurilmasidan chiqayotgan ammoniy selitra eritmasi kislotaligi 4g/dm3 dan oshmasligi kerak.
Ammoniy nitrat eritmasining ITN qurilmasining reaksion zonasidagi temperaturasi 148-165oC bo‘ladi. 180oS da blakirovka ishga tushadi.
Bug‘latish qurilmasidagi suyuqlanma 99,7% da chiqib ketadi. Bunday konsentrasiyada maxsulot chiqishi uchun qurilmada 1,2-1,4 MPa bosimli va harorati 191-195oC li bug‘ bo‘lishi kerak.
Bug‘latish qurilmasida suyuqlanma ichki muxitda ortiq bo‘lmasligi kerak, aks holda termik parchalashda sodir bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishda ammiakni yog‘ zarrachalaridan, ammoniy nitrat eritmasi va suyuqlanmasini qo‘shimchalardan tozalash jarayonida sistematik analiz nazorati amalga oshirish kerak.
Neytralizasiya, bug‘latish, donadorlash, sovutish hamda qolgan bo‘limlardagi barcha ishlar quydagi shaxsiy himoya vositalari bilan taminlanishi lozim:
protivogazni filtrlovchi marka
---ammiakdan “M” va “KD” marka
----azot oksidlaridan “B” marka
Plastmassa kaska yoki shlam himoya;
changga qarshi respirator;
himoya ko‘zoynagi;
himoya maskasi
mahsus oyoq kiyimi;
rezina qo‘lqop va yeng;
maxsus kiyim.
Chiqindi chiqmasligi uchun filtrlar o‘rnatilgan. Bunda ishlangan xavoni normalarga muvofiq ravishda tozalanadi, so‘ngra atmosferaga chiqariladi. Buni quyidagi jarayonlarda ko‘rish mumkin. Jarayonda ammiak va nitrat kislota bir biri bilan ITN qurilmasida ta’sirlashadi va hosil bo‘lgan eritmadan sharbat bug‘i ajraladi. ITN qurilmasini tozalash qismida bug‘lanib chiqqan sharbat bug‘i oldin ammoniy nitrat eritmasi va sharbat bug‘i kondensati billan yuviladi. ITN qurilmasidan chiqayotgan sharbat bug‘i qisman nitrat kislata va havo isitgichlardan issiqlik tashuvchi sifatida sharbat bug‘ini katta qismi esa skrubberga tozalash uchun yuboriladi. Sharbat bug‘i kondensati isitgichlar orqali saqlagichlarga beriladi. Bug‘latish quurilmasidan chiqqan gaz aralashmasi ammiakdan ammoniy nitrat eritmasi yordamida tozalanadi.
Doneytralizatorga yuborilgan sharbat bug‘i yuvuchi skrubberga yuboriladi. Ajralgan sharbat bug‘i esa yig‘gichlardan taqsimlovchi yig‘gichga yuboriladi.
Donadorlash minorasiga ammoniy nitrat donalarini sovutish uchun ishlatiladigan havo tarkibidagi ammoniy nitrat changlari va ammiakdan tozalash uchun skrubberga keladi. Chiqindilar harakteristikasining quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish binolari va sexlarning ichkarisida yoritilganlik darajasini oshirish maqsadida xar hil yoritgichlar projektorlar, lampochkalardan foydalaniladi. Bundan tashqari sanoat korhonalari sanitar gigenik holati muntazam tekshirilib turiladi. Binolar vaqti vaqti bilan xlorli suv bilan yuviladi. Titrash va shovqin inson organizmiga nohush va salbiy ta’sir etib, qon aylanish doirasi, miya faoliyati, nafas olish organlari va ichki a’zolariga salbiy ta’sir etadi. Bu salbiy oqibatlarni havo va gazlar kompressorlari, yuqori bosim va haroratga bog‘liq holda ishlovchi qurilmalar kiradi. Titrashni oldini olish uchun qurilmalar osti bryuschatkalar bilan, trubalar esa izolyasiyalar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. Bunda tadbir shovqinni pasaytiradi, lekin bu ham etarli emas, shuning uchun quloq propkalaridan foydalaniladi.
Ish joyida ammiakning ish joyida ruxsat etilgan me’yoriy miqdori (PDK) 20,0 mg/m3. Issiq sut ichirish kerak.
Elektr toki bilan jaroxatlangan shaxsga yordam berishda birinchi navbatda tok kelish manbaini rubilnik orqali o‘chirish, shitdagi saqlagichni burab olid qo‘yish kerak. Agar yuqoridagilarni bajarishga imkoniyat bo‘lmasa, jabrlangan shaxsni tok ta’sir qilayotgan joydan ajratishga xarakat qilish kerak, buning uchun:
- jabrlanuvchiga tushgan (tegayotgan) elektr simini quruq yog‘och tayoqcha, quruq arqon yoki tok o‘tkazmaydigan boshqa jihoz bilan olib tashlash kerak;
- jabrlanuvchini qutqarayotganda qutqaruvchi o‘zini xavfsizligini ta’minlash uchun rezinadan tayyorlangan qo‘lqop, kalish kiygan holda, quruq joyda turib, qo‘lini tok o‘tkazmaydigan mato bilan o‘ragan holda bajarish kerak;
- agarda jabrlanuvchi balandlikda bo‘lsa, zudlik bilan jabrlanuvchini ogohlantirgan holda tok ta’siridan ozod qilishda beshikast tushishini ta’minlash HNO3 bilan kuyganda tez tibbiy yordam xodimlari kelgunga qadar, insonning kuygan joyiga 15 minut davomida suv bilan yuvib turiladi.
Ammiak bilan zaharlanganda insonni havo oqimiga perpendikulyar ravishda toza havoga olib chiqiladi va qaynatilgan sut ichkaziladi. Agarda nafas olish tizimi
12.Xulosa
Men kurs loyihasi ishini bajarishdan oldin menga berilgan mavzu bo`yicha ma`lumotlarni to`pladim.
Dars davomida bizga Abdulaziz aka bizga selitra ishlab chiqarish haqida yetarlicha tushuncha berdi(amaliy mashg’ulot) .Dars davomida qurilmalarni ishlash prinsiplarini va ulardan qanday foydalanishni hamda kerakli ma`lumotlarni oldim . Kurs loyihasi ishi mavzusi bo`yicha barcha adabiyotlarni to`pladim.
Kurs loyihasini bajarish davomida ammoniyli selitra ishlab chiqarish jarayoni haqida tushunchaga ega bo`ldim.
Kurs loyhasini bajarish davomida umuman sintez kolonnasi haqida tushunchaga ega bo’ldim
Bundan tashqari selitra haqida umumiy ma’lumotarga ega bo’ldim bunda eng ko’p foydalangan adabiyotim dibbina bo’ldi
Ammoniyli selitra o`simliklar uchun asosiy ozuqa elementlaridan biri bo`lgan azot (N) elementini tarkibida saqlaganligi uchun qishloq xo`jaligida keng ko`lamda ishlatiladi. Ammmoniyli selitra tarkibida bu elementning miqdori 36.5% ni tashkil etib osimlik uni oson o`zashtiradi. Azot o`simliklar organizmida yashil fazani xosil qilib uning o`sishini tezlashirishga imkon yaratib beradi. Shuning uchun xam bu modda sanoatda keng ko`lamda ishlab chiqarilib kelinmoqda.
13.Adabiyotlar
1.YUsupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. va boshqalar. Kimyo va oziq – ovqat sanoatining asosiy jarayon va qurilmalarini xisoblash va loyihalash. – Toshkent, Jahon, 2000. – 231 b.
2.Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullaev P.R. Kimyo va oziq – ovqat sanoatining jarayon va qurilmalari fanidan xisoblar va misollar. - Toshkent, Nisim, 1999. – 351 b.
3.Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. - Toshkent. «O`zbekiston», 1 – tom, 1994.
4.Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. - Toshkent. «O`zbekiston», 2 – tom, 1995.
5.Ismatov A.A., Otaqo`ziev T.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi. -Toshkent: «O`zbekiston», 2002.
6.Yusupbekov N.R., G`ulomov SH. M. «Avtomatika va ishlab chiqarish protsesslarini avtomatlashtirish» Toshkent: O`qituvchi, 1982. 351b.
7.Dыtnerskiy YU.I. Protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii.
M.: Ximiya, 1 – chast, 1995.
8.Dыtnerskiy YU.I. Protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii.
M.: Ximiya, 2 – chast, 1995.
9.Osnovnыe protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii. Pod red. YU.I. Dыtnerskiy. – M.: Ximiya, - 1991.
10.Pavlov K.F., Romankov P.G., Noskov A.A, Primerы i zadachi po kursu protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii. -L.: Ximiya, 1987.
11.Osnovnыe protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii.
Pod red. YU.I. Dыtnerskogo. – M.: Ximiya, 1983.
Pozin M.E. Texnologiya mineralnыx udobreniy. -L.: Ximiya, 1989.
12.Raschetы po texnologiii neorganicheskix veщestv. Pod red. Pozin M.E. - L.: Ximiya, 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |