Xulosa.
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, Qoraqalpog`iston Respublikasi va
Xorazm viloyati hududlarida O`zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan
shaharlar kamroq. Bu hudud shaharlari toponomiyasida joylashgan geografik
o`rnidan kelib chiqqan holda shu nom bilan atalgan shaharlar ko`proq uchraydi.
Shuningdek, Qoraqolpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlaridagi
shaharlar toponomiyasida turli urug`lar nomi bilan ataluvchi shaharlar mavjud.
Shuni alohida qayd etish mumkinki, O`zbekistonning boshqa hududlari kabi
Qoraqolpog`istion Respublikasi va Xorazm viloyati shaharlari toponomiyasida
turli chalkashliklar va noaniqliklar ham ko`plab uchrab turadi.
O`rta asrlarlarda Xorazm chеt mamlakatlar hamda etnomadaniy hududlar
bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni uzluksiz davom ettirdi. Ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar izchil rivojlanish yo`liga o`tdi. Qudratli va iqtisodiy jihatdan
rivojlangan Xorazm Chingizxon va uning vorislari davrida ancha talafot
ko`rdi.
Yozma manbalarda qayd qilingan va ko`hna shaharlarda olib borilgan
arxеologik tadqiqotlar natijasida qo`lga kiritilgan hunarmandchilik buyumlari,
tеmirchilik mahsulotlari, sopol, tosh, chinni idishlar, mis, kumush, oltin tangalar
o`rta asrlar davrida vohada ishlab chiqarish bilan bir qatorda, savdo-sotiq
munosabatlarining yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat bеradi.
Arab gеografi al-Maqdisiy, arab-fors mualliflari Yoqut al-Hamaviy, al-
Qurayshiy, Zakariyo al-Qazviniy, Ibn Battuta, al-Birzali, an-Nuvayriy, al-
Umariylar O`rta Osiyo shaharlarining Chingiz bosqinidan oldin va undan keyingi
ahvolini qiyosiy o`rganganlar va shaharlarning ko`rinishi, iqtisodiy salohiyati
to`g`risida ma‟lumotlar bеrganlar.
Arxеologik, manbashunoslik va tarixshunoslik ma‟lumotlarini o`rganish
asosida to`plangan noyob ma‟lumotlarni izchil va muntazam ilmiy tahlil qilish va
umumlashtirish yo`li bilan mazkur mavzuga oid quyidagicha tеgishli ilmiy
xulosalarga kеlindi:
XI–XIII asr boshlarida Markaziy Osiyo tarixida kеchgan siyosiy jarayonlar
– markazlashgan Xorazmshohlar-Anushtеginiylar davlatining vujudga kеlishi,
sulola vakillari tomonidan qadimdan hunarmandchilik salohiyati rivojlangan
Movarounnahr, Mang`ishloq, Janubiy Qozog`iston, Eron, Ozarbayjon, Iroq kabi
boy hududlarning mamlakat tarkibiga qo`shib olinishi nafaqat siyosiy
barqororlikning ta‟minlanishiga, balki hunarmandchilik va savdo-sotiqning
rivojiga ham katta ta‟sir ko`rsatgan jarayon bo`lgan.
Urbanizatsiya jarayonlarining o`sishi tufayli aholi zich joylashgan
hududlarda hunarmandchilikning yangi o`choqlari shakllandi. Shaharsozlik
madaniyati yangi hududlarga – Ustyurt qirlari bo`ylab, g`arbiy chеkka tumanlar
Shimoliy Davdon, Daryoliqko`l bo`ylariga tarqaldi.
Xorazm qishloq,manzilgohlari va turar joylarini afrig`iylar davri, ya‟ni
birinchi ming yillikdagi tarixini o`rganish natijasida yer egaligi va mulkchilik
evolutsiyasini, xorazmliklarning me‟morchilik va binokorlik texnikasining teran
ildizlarini aniqlash imkoniga ega bo`ldik. Shunisi qiziqki, qishloq turar joylarini
rejalashtirishning deyarli ming yildan ortiq davr moboynida barqaror saqlanib
hozirgacha yetib kelishi oila shakllarining, ko`p kishilik oila jamoalarini va
mahallachilik an‟analarining evolutsiyasi etnogenetik jarayonlarning davlatchilik
bilan bog`liq ekanligini aniq isbotlab beradi.
Mazkur jarayon juda keng hududga tarqalgan ko`p asrlik madaniy-
ma‟naviy umumiylikdagina emas, balki aholining etnik birligida ham o`z izini
qoldirgan. Buyuk sharqshunos olim V.V Bartold VIII asrdagi Xorazmni nazarda
tutgan holda shunday deb yozgan edi: “Arablar bu yerda atrofdagi viloyat
aholisidan kiyim-kechagi bilan ajralib turuvchi hamda boshqalarga tushunarli
bo`lmagan va yozma hujjatlarda ham ishlatiladigan alohida tilda gaplashuvchi
o`ziga xos aholiga duch keldilar”.
Bunday o`ziga xoslik Xorazm davlati tizimida ham o`z ifodasini topgan va
rasmiy hujjatlar ham badiiy ijod namunalari mahalliy tilda yozilganligi bilan
namoyon bo`lgan.
Mo`g`ul istilosi arafasida Xorazmda shahar madaniyati gurkirab o`sgan.
Yozma manbalar ham, arxeologik qazishlar ham bundan dalolat beradi. Urganch,
Xiva kabi yirik shaharlarda yangi me‟moriy inshoatlar qad ko`targan, yangi
masjid va madrasalar qurilgan, karvonsaroylar barpo etilgan, qal‟a devorlari
ta‟mirlangan. Ammo, tadqiqotchilar qayd qilganidek, butun O`rta Osiyodagi kabi,
Xorazmda ham VII-XII asrlarda shaharlar yangilarini qurish hisobiga emas, balki
asosan eskilarini tiklash hisobiga rivojlandi. XI-XII asrlarda voha sarhadlarida
qal‟alar jadal qurilganligi, yangi shaharlar bunyod qilinganligi arxeologik jihatdan
qayd etilgan. Biroq, yangi shaharlar maydoni katta bo`lmagan”. Shunday
bo`lsada, arxeologlarning so`nngi tadqiqotlaridan ma‟lum bo`lishicha, bu qal‟alar
atrofida kamida 1-1,5 km kenglikda hovli joylar qurilgan, ular alebastr va sirli
koshin bilan bezatilgan. Oltin O`rda xonligi davrida yangi qal‟alar,
karvonsaroylar va shahar atrofidagi turar joylar ancha jadallik bilan qurilgan.
Eng muhimi, mahalliy arxеolog, etnograf va tarixchi mutaxassislarning
yangi avlodini yеtishtirib chiqarishga asosiy e‟tiborni qaratish O`rta Osiyo,
xususan, Xorazm tarixi bilan bog`liq ilmiy muammolarni muvaffaqiyatli hal
etishning garovi hisoblanadi.
Mavzuni o‟rganish asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1.Xorazm tarixini toponimik materiallar asosida o‟rganish, o„quvchilarda
mustaqil fikrlash va ilmiy tahlil ko„nikmasini shakllantirish, shuningdek, o„z
Vataniga va tarixiga muhabbat tuyg„ularini mustahkamlash uchun katta imkoniyat
beradi.
2. Joy nomlari ayrim hududda yashovchi aholining tarixi, urf-odatlari,
ijtimoiy taraqqiyot usullari va dunyoqarashi, shuningdek, xalq tili va sheva
xususiyatlarini uning qadimgi izldarini ma‟lum mahalliy nomlarni, tarix, geografiya,
ona tili va adabiyoti darslarida samarali qo„llash mumkin.
3.Toponimlarning ma‟lum ob‟ekt bilan bog„langanligi shu joyning geografik
xususiyati haqida xulosa qilishga imkon beradi. Nomlarning ma‟nosini bilash
o„quvchining eslab qolishi va xarita bilan ishlashlari uchun muhim manba ekanligini
belgilaydi.
4.Toponimlardan foydalanish Xorazm joy nomlarning kelib chiqishi va
ma‟nosi haqidagi turli xil arenalarni keltirish va nomning asl mazmuni bo„yicha
ilmiy-tahliliy
ma‟lumotlar bilan o„quvchilarni tanishtirish ularda tahlil
ko„nikmalarini rivojlantirishga ko„maklashadi, so„z yasalishi haqida dastlabki
ma‟lumot oladi. Natijada o„quvchi har bir so„z va iboraga o„ylanib qaraydi, uning
mazmunini bilishga qiziqadi.
5.Tarix (o„lkashunoslik) fani yangi avlodga o„z eli, yurtining barcha jihatlari
– yer-suvi, hududlari, xalqlari, madaniyati, ijtimoiy hayotini o„rgatishga
yo„naltirilgan. Tarixning barcha manbalarida ko„pdan-ko„p atoqli otlarga duch
kelamiz. Bunda ham o„qituvchi nomlarni tarixiy-tadrijiy qiyoslab tushuntirsa, tarix
(jamiyatshunoslik, o„lkashunoslik) va jo„g„rofiy fanlarini o„qitishda umuman,
fanlararo aloqalari mustahkamlashgat erishadi.
6.Toponimlarni o„rganishning asosiy jarayonlaridan biri darsdan tashqari
ishlar bo„lib, har qanday fanning natijalari hayotga, turmushga bog„lanmas ekan,
uning samarasi bo„lmaydi. Shunday ekan, sinfdan tashqari ishlarda toponimik
ma‟lumotlarni berish fan to„garaklari, suhbatlar, tanlovlar o„tkazish, toponimik
ma‟lumotlar to„plash savollar majmuini tayyorlash, nomlarning “Qizil kitobi”ni
tuzish va yurgizish bo„yicha tavsiyalar, qo„llanmalar tayyorlash maqsadga
muvofiqdir.
7.Xorazm tarixini toponimlar asosida o„rganishda darsdan tashqari ishlarni
tashkil qilishda ham muxim manbadir. Ayniqsa, toponimik to„garaklari. Toponimik
o„yinlar, ushbu soha bo„yicha o„quvchilar ilmiy anjumanlarini tashkil qilish
yoshlarda katta qiziqish uyg„otadi. Darsda o„tilgan mavzularni mustahkamlash,
rivojlantirish uchun muhim tadbirlardir.
8.Toponimik materialdan ta‟lim jarayonida foydalanish o„qituvchining
tayyorgarligini talab qiladi. Onomastik bilimga ega bo„lgan o„qituvchi bu
ma‟lumotlardan samarali foydalana oladi. Shuning uchun Oliy o„kuv yurtlarining
filologiya, tarix va geografiya fakultetlarida “Toponimika” fani bo„yicha maxsus
kurslar joriy qilish lozim.
9.Darsdan tashqari ishlar ta‟lim jarayonining muhim va ajralmas qismidir.
Shuning uchun mamlakatimizda ushbu soha bo„yicha o„quv qo„llanmalari va
tavsiyalar yaralishi zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |