17
Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”. -Tашкент.1993
I.2. O’rta asrlar Xorazm shaharlarining o’rganilishi tarixi.
IX-XV asrlar Xorazm shaharlari to‟g‟risida ko‟pgina arab-fors, yevropa va
eski o‟zbek tilidagi manbalarda ma‟lumotlar mavjud bo‟lsa-da, ammo umumiy
holatda ular savdo shaharlarining xo‟jalik hayoti, mavqei to‟g‟risida atroflicha
ma‟lumotlar bera olmaydi. Mavzuning chin ma‟noda o‟rganilishi esa XIX asrdan
boshlagan. Ammo XIX asr rus va yevropalik tadqiqotchilar bu mavzuni
o‟rganishda ko‟proq aynan yuqoridagi manbalar ma‟lumotlariga tayanganlar.
Xorazmning qadimiy tarixi, savdo shaharlari to‟g‟risida XIX asr rus
geograflari, tarixchilari, elchilari, harbiy topograflari, etnograf va sayyohlari
tomonidan chop qilingan ko‟pgina asarlar va maqolalardan ham ma‟lumotlar
topishimiz mumkin. Xorazmga bu davrda birinchi ilmiy ekspeditsiyalar
yuborilgan. Yo‟llar, mustahkamlangan qal‟a va qo‟rg‟onlar, iqtisodiyot
to‟g‟risidagi ma‟lumotlar to‟plash bilan bir qatorda, ular vohaning qadimgi tarixini
ham o‟rganganlar. Natijada Xorazmning o‟rta asrlar shahar madaniyati masalalari
to‟g‟risidagi bir qancha ilmiy asarlar, hisobotlar paydo bo‟ldi. Bu davrga Xiva
vohasi tavsiflari ham taalluqli bo‟lib, ular ko‟proq ilmiy xususiyatga ega bo‟lgan.
XIX asr manbalariga rus geograf, etnograf, tarixchi, rassom, harbiy topograf
va sayyohlari asarlari mansub bo‟lib, ular jumlasiga: A.V.Butakov
18
, G.Baziner
19
,
G.I.Danilevskiy
20
,
V.V.Grigorev
21
,
N.I.Veselovskiy
22
,
V.V.Bartold
23
,
V.G.Tizengauzen
24
,
A.L.Kun
25
,
A.N.Samoylovich
26
,
M.I.Ivanin
27
,
18
Бутаков А.В. Дельта и устье Аму-Дарьи. Отечественные записки, 1866, кн.1.
19
Путешествие Г.Базинера через киргизскую степь в Хиву. -ЗРГО, Вып.. кн.V, СПб., 1849.
20
Данилевский Г.И. Описание Хивинского ханства. -ЗРГО, кн.V, СПб., 1861.
21
Григорьев В.В. Описание Хивинского ханства и дорога туда из Сарайчиковой крепости. -ЗРГО, №2, СПб.,
1861.
22
Веселовский Н.И. Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве от древнейших времен
до настоящего. -СПб., 1877.
23
Бартольд В.В. Туркестан в эпоху манголского нашествия. -М., Соч., т.1., 1963, с.197-211; яна унинг:
Сведения об Аральском море и низовьях Амударьи с древнейших времен до XVI в. -Соч., т.III; К истории
орошения Туркестана. -Соч., т.III, и другие работы.
24
Тизенгаузен В.Г. Сборник материалов относящихся к истории Золотой Орды. Т.1. Извлечкния из
сочинений арабских. -СПб., 1884.; Т.II. Извлечение из персидских сочинений. -М. -Л., 1941.
25
Кун А.Л. Культура оазиса низовьев Аму-дарьи. -МСТК, вып.IV, -СПб., 1886.
26
Самойлович Н.А. Краткий отчет о поестке в Ташкент и в Бухару и в Хивинское ханства
прикамандированного. Университетом и русским коммитетом приват-доцента Самойловича в 1908 г. -
ИРКСА, №19, -СПб., 1909, с.15-29.
27
Иванин М.И. Хива и река Амударя. -СПб., 1873.
V.V.Velyaminov-Zernov
28
,
M.N.Galkin
29
,
N.V.Xanikov
30
,
A.I.Levshin
31
,
P.I.Nebolsin
32
, N.S.Nikitin
33
, A.V.Kaulbars
34
va shu kabi bir qancha olimlar
asarlarini kiritish mumkin.
Bular orasida, ayniqsa, V.V.Grigorev, N.I.Veselovskiy, V.V.Bartold va
V.G.Tizengauzen asarlari Xorazmning X-XV asrlardagi savdo shaharlari
to‟g‟risidagi o‟rta asrlar manbalaridagi ma‟lumotlarni keltirilganligidan va
o‟rganishdan tashqari, ularni tanqidiy o‟rganish borasidagi ilk urinishlar
bo‟lganligi bilan ham qimmatlidir.
Evropaning boshqa mamlakatlari olimlari ichida ham ba‟zilari o‟z asarlarida
Xorazm savdo shaharlari, ularning joylashgan o‟rni, iqtisodiy ahvoli va boshqa
mamlakatlar savdo shaharlari orasida egallagan mavqei to‟g‟risida ma‟lumotlar
keltirish bilan birga, o‟z fikrlarini ham bildirishga harakat qilganlar. Masalan,
ingliz sayohatchisi G.Lansdell esdaliklarida Xorazm yodgorliklariga bag‟ishlangan
bo‟lim ham mavjud. Ammo shuni qayd qilish lozimki, Lansdell Xorazm
yodgorliklarining to‟liq tafsilotini keltirib o‟ta olmagan
35
. Yana bir muallif – G.Le
Strenj, o‟zining musulmon dunyosining sharqida joylashgan davlatlardagi
yodgorliklarga bag‟ishlangan asarida Xorazm shaharlarini ham tasvirlab o‟tadi.
G.Le Strenj tomonidan tuzilgan kartada, o‟rta asrlar mualliflari ma‟lumotlari
asosida Jurjon (Urganch), Kat, Mizdahqon, Hazorasp, Xiva shaharlari va bir
qancha karvonsaroylar hamda manzilgohlar ko‟rsatib o‟tilgan edi
36
.
XIX asr mashhur golland sharqshunosi de Gue ham Xorazm savdo
shaharlarini o‟rganib, ular haqida bir qancha asarlar yozib qoldirgan
37
. Mashhur
boshqird tarixchi olimi va siyosiy arbobi Ahmad Zakiy Validiy To‟g‟onning
28
Вельяминов – Зернов В.В. Исторические известия о киргиз-кайсаках и сношениях России со Средней
Азией со времени кончины Абулхайрхана (1748-1765 гг.). т.1. -Уфа, 1853.
29
Галькин М.Н. Этнографические и исторические материалы по Средней Азии и Оренбургскому краю. -
СПб., 1868.
30
Хаников Я.В. Пояснительная записка к карте Аральского моря и Хивинского ханства с ее окрестностями. -
ЗРГО, кн.V. -СПб., 1851.
31
Левщин А.И. Описание киргиз-казачьих или киргиз-кайсацских орд и степей. Ч.1. -Спб., 1832.
32
Небольсин П.И. Очерки тарговли России со Средней Азией. -ЗРГО, кн.X., 1855.
33
Никитин С.Н. Отчеты экспедиции 1892 г. в. Зауральские степи Уральской области и Усть-Урт. -Спб.,
1893.
34
Каульбарс А.В. Низовья Амударьи. Описания по собственным исследованиям в 1873 году. //ЗРГО т.
35
Лансделл Г. Русская Средняя Азия (на англ.языке). -Лондон, 1885, с.314-347.
36
Лэ Стренж. Земли Восточного Халифата (на англ.языке). -Кембридж, 1930, с.446-459.
37
De Goeje M.J. Das alte Bett des Oxsus Amü-darja. Leyden. 1875. ва бошқа асарлари.
asarlari ham keyingi vaqtlarda katta qiziqish uyg‟otmoqda. Ahmad Zaqiy Validiy
To‟g‟on ham X-XV asrlar Xorazm savdo shaharlari to‟g‟risida qimmatli
ma‟lumotlar beradiki, bu borada hatto V.V.Bartold va M.Tomasheklarning
toponimik nomlarni o‟qish borasidagi bir qancha xatolarini ko‟rsatib o‟tgan. U
mazkur mavzu tadqiqotchilariga Bartolьd, Tomashek va boshqa yevropalik olimlar
asarlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni uqtiradi. Xususan, Bartolьd eslatib
o‟tgan Nuzvar shahri nomini Xadravar, Nufuzravar, Buran, Varan, Ravan,
Buruzdum, Savoron Birzum yoki Burzun kabi o‟qish mumkinki, ammo Nuzvar
deb o‟qilsa xato bo‟lishini ko‟rsatib o‟tadi
38
. Xullas, Ahmad Zakiy Validiy
To‟g‟on asarlari yanada chuqur o‟rganilishini talab etadiki, ular o‟z
tadqiqotchilarini kutmoqda. Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan, XIX asr va XX asr
boshlari rus va boshqa yevropalik olimlarning tadqiqotlari Xorazmning X-XV
asrlardagi savdo shaharlarini o‟rganish borasidagi o‟ziga xos yangi bosqich
bo‟lganligi va bu xususdagi bilimlarimizni boyituvchi yangidan-yangi ma‟lumotlar
to‟planganligi bilan ajralib turadi. Ammo bu tadqiqotlar to‟g‟risida ham shuni qayd
qilib o‟tishimiz lozimki, ular o‟rta asrlar manbalari bilan Xorazm savdo shaharlari
va ularning jahon savdosida tutgan o‟rni muammosini hal etishimizda faqat
dastlabki urinish bo‟lganini ko‟rish mumkin, xolos. Yuqoridagilardan shu narsa
aniq bo‟ladiki, mazkur mavzuga oid manbalar va tadqiqotlar qanchalik ko‟p
bo‟lishidan qat‟iy nazar, bular ushbu mavzuni atroflicha o‟rganishimiz uchun
hanuz yetarli darajada emas. Uni muayyanlashtirish uchun boshqa sohalarga
(arxeologiya, etnografiya, lingvistika, toponimika, arxitektura, numizmatika) oid
yangidan-yangi ma‟lumotlarga, ayniqsa, bulardan arxeologik tadqiqotlar
natijalariga murojaat qilish orqaligina erishish mumkinligi ma‟lum bo‟lib qoldi.
Xorazmning X-XV asrlar savdo shaharlarini arxeologik tadqiqotlar
yordamida batafsil o‟rganish XX asrning 20-30-yillarida boshlanganligini qayd
qilish kerak. Xorazm savdo shaharlarini arxeologik jihatdan o‟rganish davrini
1928-1929 yillardan boshlanganligini ta‟kidlash lozim. 1928-1929 yillarda
38
Ibn Fadlan‟s reisebericht von A.Zeki Validi Togan. Leipzig, 1939; яна қаранг: Шигабиддинов Р. Неизвестные
страницы А. Валидий. Пер. с башкирского языка Д.Рашидова. "Ўзбекистон тарихи", 2000, №1-2, 57-70-
бетлар.
xorazmshohlarning o‟rta asrlardagi poytaxti Urganch (Ko‟hna Urganch) atrofida
va hozirgi Qoraqalpog‟iston Respublikasining Xo‟jayli shahri yaqinidagi
Kofirqal‟a (Gaurqal‟a) xarobalari o‟rnidagi o‟rta asrlar yirik savdo markazi
Mizdahqonda
A.Yu.Yakubovskiy
ekspeditsiyasi
ish
olib
borgan.
A.Yu.Yakubovskiy Urganch va Mizdahqon shaharlari topografiyasini birinchi
marta ilmiy asosda yaratgan hamda bu xususda ma‟lumotlar bergan edi. U tarixiy
manbalar va arxeologik tadqiqot natijalarini umumlashtirib, mazkur shaharlar
tarixini o‟rgandi
39
. Ammo muallif tomonidan ko‟pgina masalalar muammoligicha
qoldirildi. 1934 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yana bir o‟rta asr
savdo shahri – Zamahshar shahrining harobalarida M.V.Voevodskiy ekspeditsiyasi
ish olib bordi
40
. 1936-1937 yillarda Janubiy Qoraqalpog‟iston hududidagi
Guldursun va Norinjon o‟rta asr shaharlari xarobalarida Ya.G‟.G‟ulomov
ekspeditsiyasi faoliyat ko‟rsatgan edi
41
. Yuqoridagi savdo shaharlarida 1928-1929,
1934 va 1936-1937 yillarda o‟tkazilgan arxeologik tadqiqotlar yalpi Xorazm tarixi
bilan bir qatorda, uning savdo shaharlarini o‟rganishning ham birinchi davri
hisoblanib, mavzumizning eshigini ochib berdi. X-XV asrlar savdo shaharlarini
o‟rganishning ikkinchi davri, mashhur arxeolog va etnograf S.P.Tolstov
boshchiligida 1937 yilda tuzilgan Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi
faoliyati bilan uzviy bog‟liq bo‟lib, bu ekspeditsiya 40 yildan ortiqroq vaqt
davomida juda ko‟p o‟rta asrlar yodgorliklarini: shaharlar, manzilgohlar,
karvonsaroylar va shu kabi yodgorliklarni aniqladi hamda ilmiy o‟rgandi
42
. Bu
arxeologik ekspeditsiyaning o‟ziga xos xususiyati shundaki, u kompleks metodda
ish olib bordi. Ya‟ni tarixiy yodgorliklarni o‟rganish ishiga arxeolog va
etnograflardan tashqari, geograflar, geomorfolog, antropolog, tuproqshunos,
zoolog, biolog, tilshunoslar va yershunoslar ham taklif qilindiki, bu, o‟z navbatida,
mazkur yodgorliklarni har taraflama mukammal, ilmiy tadqiq qilish imkonini
39
Якубовский А.Ю. Городище Миздахкан. –«Записки коллегии востоковедов». т.V. -Л., 1930; с.551-591; яна
унинг: Развалины Ургенча. -ИГАИМК, Вып.2, т.VI, Л., 1930.
40
Voyevodsky M. A Summary Report of a Khwarizm Expedition. BAIIAA, 1938, №3.
41
J.Gulom. Otmuş izlari. "Guliston", 1937, №4.
42
Толстов С.П. Древний Хорезм. -М., 1948, с.33,156,157,168-170; яна унинг: По следам древнохорезмийской
цивилизации. -М. -Л., 1948, с.308-315; По древним дельтам Окса и Яксарта. -М., 1962, с.246-295.
berdi. Natijada juda ko‟pgina yodgorliklar o‟rta asr manbalarida ko‟rsatilgan savdo
shaharlari bilan solishtirib aniqlandi. O‟rta asr manbalarida ko‟rsatib o‟tilgan
shaharlardan tashqari, manbalarda eslatilmagan yoki manbalardagi qaysi shaharga
to‟g‟ri kelishi aniqlanmagan X-XV asrlarga oid yodgorliklari ham topib o‟rganildi.
Ayniqsa, arxeologik tadqiqotlarda aviatsiyadan foydalanish juda katta ahamiyatga
ega bo‟ldiki, ayrim qismlarini yerdan turib mutlaqo kuzatib bo‟lmaydigan yoki
qiyinlik bilan kuzatiladigan shahar va qishloqlarning joylashishini aniqlash
imkoniyati tug‟ildi; yerdan turib mutlaqo ko‟rib bo‟lmaydigan yangi ob‟ektlarni
ham topish mumkin bo‟ldi
43
. Shu o‟rinda ba‟zi yirik savdo markazlarida olib
borilgan tadqiqot ishlari solnomasini ko‟rsatib o‟tish maqsadga muvofiq, deb
o‟ylaymiz.
Xorazmning butun rivojlangan o‟rta asr davomida, ya‟ni X-XV asrlardagi
eng yirik savdo markazi bo‟lgan Urganchda (Ko‟hna Urganchda) arxeologik
tadqiqot ishlari, yuqorida aytib o‟tganimizdek, 1928-1929 yillarda boshlangan edi.
Ammo unda bu shahar tarixining ko‟pgina qirralarini ochib berish imkoni
bo‟lmagan edi. 1952 yilda Urganchda mukammal arxeologik tadqiqotlar natijasida
u mufassal o‟rganildi va o‟rta asr manbalaridagi ma‟lumotlar to‟la tasdiqlandi
44
.
Yirik savdo markazlaridan biri Shemaxaqal‟ada arxeologik tadqiqotlar 1947 yilda
boshlandi. 1948 yilda shahar N.N.Vakturskaya tomonidan o‟rganildi. Arxeologik
tadqiqotlar natijasida juda ko‟pgina hunarmandchilik mahsulotlari topildiki, u
shaharning o‟rta asrlarda yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo‟lganligini
ko‟rsatadi
45
. Ammo Shemaxaqal‟aning o‟rta asr manbalaridagi qaysi shaharga
to‟g‟ri kelishi hali uzil-kesil aniqlanmagan.
X-XV asrlar savdo shaharlarini o‟rganishning uchinchi davri 1958 yilda
O‟zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‟iston filiali arxeologiya
bo‟limining tashkil topishi bilan uzviy bog‟liqdir. Bo‟lim olimlari Xorazm
43
Итина М.А. Охранные археологические работы в Хорезме. Итоги и перспектива. СЭ., 1984, №1.
44
Вактурская Н.Н. Раскопки городища Ургенч в 1952 г. //ТХАЭЭ, т.II, М.: «Наука», 1958; Толстов С.П.
Хорезмская археолого–этнографическая экспедиция АН СССР в 1947 г. //ИАН СССР, СИФ, т.V, №2, -М.:
1947, с.182-192.
45
Вактурская Н.Н. О раскопках 1948 г. на средневековом городище Шемаха-кала. -ТХАЭЭ, т.1, -М.: 1952,
с.173-192.
arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasidan mustaqil arxeologik tadqiqotlar o‟tkaza
boshladi. Bu ilmiy muassasa tomonidan 1958-1988 yillar davomida juda ko‟plagan
arxeologik ekspeditsiyalar amalga oshirildi
46
. 1958-1961 yillar davomida Xorazm
arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan Shahrlik, Puljoy, Bug‟roxon,
Munchoqli, Zamahshar, Tuproqqal‟a, Yorbakirqal‟a va Hazorasp kabi savdo
shaharlari ham o‟rganib chiqildi
47
. Bular natijalari X-XV asrlar savdo markazlari
to‟g‟risidagi qarashlarimizni yangidan-yangi ma‟lumotlar bilan boyitdi. 1962,
1964-1965 va 1966 yillarda O‟zbekiston FA Qoraqalpog‟iston bo‟limining
V.N.Yagodin rahbarligidagi guruhi tomonidan yana bir yirik savdo markazi
Mizdahqonda arxeologik qazuv ishlari olib borildi. Bu tadqiqotlar natijalari o‟rta
asrlar manbalarida eslatib o‟tilgan ma‟lumotlarni to‟la tasdiqladi. Ya‟ni,
Mizdahqon X-XV asrlar davomida Xorazmning eng yirik, ba‟zida Urganchdan
keyingi yirik savdo markazi bo‟lganligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi
48
. 1963, 1968-
1971 yillar davomida Qoraqalpog‟iston arxeologlari Yu.P.Manыlov rahbarligida
tadqiqotlarni davom ettirib, o‟ng qirg‟oq Amudaryo bo‟ylab arxeologiq ishlar olib
borib, Kat, Abu Muslimqal‟a, Janpikqal‟a yodgorliklarini o‟rganib chiqdilar
49
. Bu
arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan eng muhim narsa shu bo‟ldiki, Ibn
Battuta ta‟kidlagan, o‟ng qirg‟oq Xorazmda Buxoroga qadar Qiyot (Kat)dan
boshqa shahar yo‟q degan ma‟lumoti unchalik haqiqatga to‟g‟ri kelmaydi.
Arxeologik tadqiqotlar samarasi o‟laroq o‟ng qirg‟oq Xorazm savdo shaharlaridan
topilgan juda boy materiallar ayniqsa, ko‟plagan Oltin O‟rda tangalari shuni
ko‟rsatadiki, mo‟g‟ul bosqinidan keyin ham o‟ng qirg‟oq Xorazm savdo shaharlari
asta-sekin bo‟lsa-da, o‟z qaddini tiklab olganlar. Ammo, ulardan hech qaysisi X-
46
Гудкова А.В., Ягодин В.Н. Археологические исследования в правобережной части дельты Амударьи в
1958-1959 гг. -МХЭ, вып.6, М.: 1963; Ягодин В.Н. Маршрутные археологические исследования в
левобережной части Приаральской дельты Амударьи. -МХЭ, вып.7, М.: 1963 и другие работы.
47
Вактурская Н.Н. О средневековых городах Хорезма. -МХЭ, вып.7, 1963; Вишневская О.А.
Археологические разведки на средневековых поселениях Левобережного Хорезма. -МХЭ, вып.7, 1963;
Воробьева М.Г., Лапиров–Скобло М.С., Неразик Е.Е. Археологические работы в Хазараспе в 1958-1960 гг. –
МХЭ, вып.6, -М.: 1963.
48
Ягодин В.Н. К Изучению топографии и хронологии древного Миздахкана. -В кн. История, археология и
этнография Средней Азии. -М., 1968; Ягодин В.Н., Ходжайов Т.К. Некрополь древнего Миздахкана. –
Ташкент: «Фан». 1970.
49
Манылов Ю.П. К изучению городища Кят. //ВКК ФАН Уз ССР, №2. – Нукус, 1966; Манылов Ю.П.,
Ходжайов Т.К. Средневековый мавзолей Джанпык-кала. //ВКК ФАН Уз ССР, №2. – Нукус, 1972; Манылов
Ю.П. Археологические памятники Султануиздага эпохи античности и средневековья. АКД., – Т.: 1973.
XIII asrlardagi darajasiga yeta olmagan. 1973, 1978-1981, 1981-1983, 1985-1987
yillarda Janpiqqal‟ada, 1980, 1985, 1986-1987 yillarda Mizdahqonda, 1963, 1965
yillarda Shahrlikda, 1973-1974 yillarda Vayangan (Ardaxushmisan)da olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar Xorazm savdo shaharlarining topografiyasi,
xo‟jalik hayotini aniqlash bilan birga, ularning olib borgan savdo aloqalarining
yo‟nalishlarini hamda muayyan bir o‟lkadan (masalan, Erondan, Volgabo‟yidan va
hokazo) qanday mahsulotlar keltirilganligini yoki Xorazmdan shu o‟lkalarga
qanday mollar chiqarilganligini to‟liq bo‟lmasada, aniqlash imkonini berdi
50
.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan savdo shaharlaridan tashqari, X-XV asrlarda Xorazm
savdo shaharlari qatoriga kirgan boshqa savdo shaharlarida ham arxeologik
tadqiqot ishlari o‟tkazilgan. Xorazmning XIII-XIV asrlarda umum Yevroosiyo
savdosida tutgan o‟rni, shu davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, Oltin O‟rda
davlati iqtsodiy-madaniy hayotida tutgan o‟rni mavzusini yoritishda ayniqsa
qoraqalpoq arxeologi va tarixchi olimi M-Sh.Qdirniyozovning xizmatlari katta. U
bu mavzuga oid ko‟plagan monografiya va maqolalar muallifidir. U yana
Xorazmning Xorazmning XIII-XIV asrlarda Buyuk Ipak yo‟li savdosida tutgan
o‟rni ancha salmoqli bo‟lganligini yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlar
yordamida isbotlab berdi
51
.
Savdo shaharlari tarixini, ularning xo‟jalik hayotini o‟rganishda yana karvon
yo‟llarini, ularning yo‟nalishini o‟rganish ham juda muhim ahamiyatga ega. 1930-
yillardan tortib to 90-yillargacha bo‟lgan davr ichida Xorazm savdo shaharlarining
qo‟shni va uzoq o‟lkalar bilan olib borgan savdo munosabatlarini aniqlash
imkonini beruvchi bir qancha karvon yo‟llari arxeologik jihatdan tadqiq qilindi.
Shunday karvon yo‟llaridan biri Xorazm savdo shaharlarini ko‟chmanchilar va
50
Манылов Ю.П., Кдырниязов М.Ш. Городише Джанпик-кала. //Археология Приаралья. вып.2. – Ташкент:
«Фан», 1984; Кдырниязов М.Ш. Городище Миздахкан в золотоординское время. //XI НТК, тезиси докладов
и сообщений. –Нукус, 1987; Мамбетуллаев М.М., Кдырниязов М.Ш. Городище Воянган. //Археология
Приаралья, вып.1. – Ташкент.: «Фан», 1982 и другие работы.
51
Кдырниязов М.Ш. Материальная культура городов Хорезма в ХШ-ХIV веках. – Нукус; Каракалпакстан»,
1989; Городице Миздахкан в золотоординское время... Нукус,1987, Мастерские-винодельми
золотоординского Миздахкана // Вестник ККО АН Руз. – Нукус, 1999, №3, с.101; обограрнам характере
производственной деятельности населения Миздахкана //ОНУ. – Ташкент, 1999, №5-6, с.83; О роли Хорезма
в евразийской торговле ХIII-ХV веков //ОНУ. – Ташкент:., 2000, №1, с.35-41; Кдырниязов М.-Ш.,
Бауатдинов Р. Новые археологические данные о средневековом Миздахкане // ОНУ. Ташкент., 2001, №3,
с.52-56 и другие работы.
Sharqiy Yevropa bilan bog‟lovchi yo‟l bo‟lib, u Ustyurt platosi ustidan o‟tgan.
Hali XIX asrdagi rus geograflari, elchilari va sayyohlari Ustyurtdan o‟tishda juda
ko‟p minora, karvonsaroy va sardobalar harobalariga duch kelganlar va ular bu
yodgorliklarni tasvirlashga, o‟rganishga harakat qilganlar. Ammo faqat 1946 yilda
bu yerlarni arxeologik jihatdan o‟rganishga kirishgan Xorazm arxeologiya-
etnografiya ekspeditsiyasi hodimlarigina bu xarobalarning karvonsaroylar
bo‟lganligi, bu cho‟zilib ketgan xarobalar tizimi esa ular orqali karvon yo‟li
o‟tganligini to‟liq aniqlab, isbotladilar. Bu karvon yo‟lidagi Buloq, Qusbuloq,
Belovli, Churuk va Uchquduq karvonsaroylari S.P.Tolstov tomonidan X-XI
asrlarga taalluqli ekanligi ta‟qidlandi
52
. 1950 yilda bu yerda Xorazm arxeologiya-
etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari qayta arxeologik tadqiqotlar o‟tkazishi
natijasida ular XI-XIII asrlarga xos deb belgilandi
53
. 1964 yilda bu yerda
arxeologik tadqiqot olib borgan qoraqalpoq arxeologi Ye.Bijanov bu
karvonsaroylar xorazmshohlar davrida qurilib, ulardan juda keng miqyosda XIII-
XIV asrlarda foydalanganliklarini aniqladi
54
. Keyinchalik, 1971-1975 yillarda
Ustyurtni V.N.Yagodin rahbarligidagi O‟zbekiston FA Qoraqalpoq filiali,
arxeologiya bo‟limlari xodimlari sistemali o‟rganishga kirishdi
55
. Ammo bu karvon
yo‟lidagi karvonsaroylarni 1975-1978 yillarda Yu.P.Manilov rahbarligida
qoraqalpoq arxeologlari atroflicha o‟rganib chiqdilar
56
. Aynan shu guruh
tomonidan bu yerda ishlar 1981 yilda ham davom ettirildi. Natijada Xorazm savdo
shaharlarining Sharqiy Yevropa bilan savdo munosabatlari to‟g‟risidagi
ma‟lumotlarni to‟ldiruvchi juda boy materiallar to‟plandi. Bu karvonsaroylar XIV
asr o‟rtasida qurilib, XV asr oxirigacha xizmat etgani aniqlandi.
Xorazm savdo shaharlarining Movarounnahr, Yaqin va O‟rta SHarq
52
Толстов С.П. Хорезмская археолого-этнографическая экспедиция АН СССР в 1946 г. //ИАН, т.IV., 1947,
№2, яна унинг: По следам древнохорезмийской цивилизации. –М., Изд-ва Ан СССР, 1948.
53
Толстов С.П. Работы Хорезмской археолого-этнографической экспедиции Ан СССР в 1949-1953 гг.
//ТХАЭЭ, т.II. –М.: Изд-ва АН СССР, 1958.
54
Бижанов Е. Археологические памятники юго-восточного Устюрта. //АКД, –Нукус, 1967; Бижанов Е.,
Лоховиц В. Устюртский караванный путь из Хорезма в Восточную Европу и Поволжье. //ВКФ, 1969 г, №2;
Бижанов Е. Юго-Восточный Устюрт. Некоторые итоги и переспективы археологического изучения. //ВКФ,
1970, №3.
55
Древняя и средневековая культура юго-восточного Устюрта. – Ташкент.: 1978.
56
Манылов Ю.П. О пути Ибн Фадлана из Хорезма через плато Устюрт. //СА, 1979, №2; яна унинг:
Археологические исследования караван-Сараев Центрального Устюрта. В кн.: Археология Приаралья,
Вып.1, – Ташкент.: «Фан», 1982.
mamlakatlari bilan olib borgan savdo yo‟llarida ham arxeologik tadqiqotlar
o‟tkazilib, bu mavzuni yoritishga yordam beruvchi juda boy materiallar to‟plandi.
Xorazmni Marv va Xuroson bilan bog‟lovchi yo‟lning shimoliy tarmog‟i 1949-
1953 yillarda S.P.Tolstov tomonidan o‟rganib chiqildi
57
. 1960, 1966 yillarda esa u
K.Adikov va M.E.Masson tomonidan ham tekshirildi. Bu yo‟lning Eron bilan
bog‟lovchi janubiy tarmog‟i esa 1961 yilda Ye.Atagarrыev va X.Yusupov, 1970,
1972 yillarda X.Yusupov tomonidan o‟rganildi. Qoraqum orqali o‟tgan bu savdo
yo‟lini yana 1980 yilda D.Durdыev ham tekshirgan edi
58
. Bu yo‟llardan tashqari
Amudaryoning chap qirg‟og‟i bo‟ylab o‟tgan karvon yo‟li ham mavjud bo‟lib, bu
yo‟lni birinchi marta 1939 yilda S.A.Ershov va S.P.Tolstovlar tadqiq qilgan
bo‟lsalar, M.E.Masson bu yerda 1954 va 1966 yillar arxeologik tadqiqotlar
o‟tkazdi. 1972-1975 yillarda esa bu yo‟lda XAEE marshrut va turg‟un arxeologik
tadqiqotlar olib bordi
59
. Natijada bu yo‟l X-XV asrlardagi eng qulay va serqatnov
yo‟l bo‟lganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yuqoridagi arxeologik tadqiqotlar
Xorazm savdo shaharlarining Buyuk Ipak yo‟lining janubiy tarmog‟i va uning
kichik-kichik tarmoqlari orqali olib borgan savdo munosabatlarining qay darajada
bo‟lganligini va qanday mahsulotlar chiqarilgan yoki keltirilganligini aniqlovchi
boy materiallar to‟plash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |