II – Bob. Xorazm o’rta asrlar shaharlari toponomikasining Xorazm
tarixini o’rganishdagi o’rni.
2.1. Xorazm o’rta asrlar shaharlari toponomikasiga oid tadqiqotlar
natijalari.
Xorazmning qadimgi geografiyasi asosan X asrda yoritilgan. Ibn Rusta
ma‟lumotlari faqat Amudaryoning oqimi va Kat, Jurjoniya, Mazdaxqon, Xarvozva
boshqa aholi yashaydigan punktlarga oid bo„lgan.
922 yilda Xorazm orqali o„tgan Ibn Fadlan davrida Xorazmning bosh shahari
hali ham Kat edi va biz uning so„zlariga binoan Gurganchning nihoyatda gullaganligi
siyosiy ahamiyatga ega ekanligidan xulosa chiqara olamiz. Ibn Fadlanning
Gurganchdan g„uzlar mamlakati va undan nariga o„tish yo„li u, uning yozishiga
qaraganda, Ustyurt qirlarining sharqiy tamonida, ya‟ni Gurganchdan hozirgi
Qo„ng„irot rayoni bo„ylab shimol tamonga qarab yo„nalgan. Bu, qadimiy mashhur
Qoraumbat yo„lidir; bu yo„lda istehkom, rabot va boshqa yo„l manzilgohlarning
xarobalari saqlanib qolgan
60
.
Yer yuzining turli mintaqalarida Urgva, Urga, Gurganj, Urganch, Ko„hna
Urganch, Urganji kabi shahar va qishloq nomlarini uchratish mumkin. Andijon
viloyatining Izbosgan, Paxtaobod, Namangan viloyatining Sirdaryo bo„ylarida,
Farg„ona viloyatining Darg„ara, Samarqand va Buxoro viloyatlarining Nurota,
Tomdi, Qorako„l nohiyalarida hamda Turkmanistonning Chorjo„y, Mari viloyatlarida
Urganji deb ataladigan qishloqlar mavjud. Aslida Urganji bu urganjliklar ekanligini
bildiradi.
Ko„hna Urganch Anushtegin Xorazmshohlar davrida har tamonlama taraqqiy
qilgan va bosh shahar sifatida manbalarda qayd etiladi. Xorazmshohlar davlatining
markazi – Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganj-Jayhun daryosi
bo„yidagi juda katta shahar, aholisi juda ko„p.
Gurganjda mo„g„ullar istilosi arafasida 616(1219) yilda bo„lgan Yoqut al-
Hamaviy Xorazm davlati shaharlarining tasviriga to„xtalib: “Boyliklarining mo„lligi
60
Толстов С.П, По следам древнехорезмийской цивилизации, М., 1948, Х боб ва карта.
va poytaxtining kattaligi, aholisining ko„pligi, yaxshilikka yaqinligi hamda din va
mazhab buyurgan narsalarni bajarishi jihatdan Xorazmning bosh shahriga o„xshash
shahar dunyoda bo„lmasa kerak”,
61
deb yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida bu
go„zal shaharni “Jannatdagi shaharni va chimildiqdagi kelinchakni qo„riqlaganday,
farishtalar qo„riqlaydi”, deb yozgan edi. Gurganj, ayniqsa, sulton Takish va Alouddin
Muhammad davrlarida yuksaldi.
Mo„g„ullar istilosiga qadar Gurganj juda obod, aholisi juda gavjum, zich edi.
Z. Qazviniy yozishicha, Gurganjda aholi ko„pligidan ko„chalar, bozorlarda odamlar
bir-biriga urilar, o„tish qiyin edi. Tanura va Maydon mahallalari, Qobilon darvozasi
nomlari manbalarda esga olinadi
62
.
Xorazmshohlar o„z davlatining kuch-qudrati oshishida savdoning roli katta
ekanligini tushunardilar. Shuning uchun ham Xorazm davlatida ichki va tashqi savdo
keng rivojlangan, savdo yo„llari qattiq muhofaza qilinar edi. Gurganj savdogarlari
dunyoning ko„pgina mamlakatlariga o„z mollarini eltib sotar, Gurganjga ham ko„p
xorijiy mamlakatlarining savdogarlari mol olib kelar edilar. Gurganj bozorlari bilan
ham mashhurdir. Shaharda XIII asr boshlarida o„nlab bozorlar mavjud bo„lib, ular
mol serobligi, savdogar va xaridor ko„pligi, gavjumligi bilan kishilarni, sayyohlarni
hayratga solgan. Gurganj nomi ma‟nosi hammani birdek qiziqtirishi aniq.
Urganch (Gurganj) toponimi etimologiyasi haqida turli qarashlar mavjud.
Toponim qadimgi manbalarda turli shakllarda uchraydi. Qadimgi turkiy aholi
Gurganj, Gurganch, arab manbalarda Jurjoniya shakllarida qayd etiladi. Xalq orasida
nomning kelib chiqishi haqida turli afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur ismli qiz va
Ganj nomli yigit muhabbati sharafiga Hurganj yoki Urganj deb nomlangan. Yoki
Urganch-Hur-quyosh (yoki baxt), Ganj-“xazina”, ya‟ni “baxt xazina” degan ma‟noni
bildiradi
63
.
Toponimning etimologiyasi haqida A. Ishayev ancha asosli fikr bildirgan. U
toponimni qadimgi Urgin “taxt, saroy” so„zi bilan bog„laydi. ch so„z yasovchi
61
Толстов. С.П.Қадимги Хоразм маданиятини излаб, -Тошкент:. “Фан”, 1964. 293-бет.
62
Буниѐдов З, Ануштегин Хоразмшоҳлар давлати, -Тошкент:. 1998, 137-бет.
63
Жуманиязов М, Кўҳна ва янги Уранч, -Урганч, 1993, 3-бет.
qo„shimcha
64
.
Ammo tarixiy nuqtai nazardan qaraganda toponim ancha qadimiy bo„lib,
O‟rta Osiyoda turkiy xalqlar paydo bo„lmasdan oldin ham mavjud bo„lgan.
Urganch toponimining keyingi qismi, ganch, ganj kantga yaqin. Kant yoki
kandning ganjga aylanishi haqiqatga ancha yaqindir. Kant – “mustahkam atrofi
xandaqlar bilan o„ralgan yoki devor bilan aylantirilgan joy” ma‟nosini bildiradi. O.I.
Smirnova qadimgi eron tillarida vouru (uru) so„zining mavjudligini, bu so„z “keng,
katta” kabi ma‟nolarni anglatishini yozgan.
Shunday ekan, Urganch toponimining birinchi qismi uoru//uru (bugungi
kunda xorazm shevasida “ulli” so„zi mavjud) xorazmiy tilida katta ma‟nosini
bildirgan va Urukand>Uruganj>Urganj>Urganch kabi shakllangan bo„lsa ajab emas.
Demak, Urganch toponimi “katta qal‟a yoki shahar” ma‟nosini bildiradi.
Hozirgi Urganch tumani markazi Qorovul qishlog„i mavjud. Qorovul
toponimi Respublikamizning ko„p viloyatlarida uchratamiz. Bu toponim to„g„risida
xalq tilidagi juda ko„plab afsona va hikoyalar avloddan avlodga o„tib bizgacha yetib
kelgan. Shulardan biri Chingizxon bilan bog„liq. Chingizxon o„z qo„shinini to„rtta
xarbiy qismga bo„lgan. Shulardan biri qorovul deb atalgan. Xorazmga yurish qilgan
paytida o„sha qorovul xarbiy qismini hozirda Qorovul deb atalib kelinayotgan qishloq
o„rniga joylashtirgan. Chingizxonning xarbiy qismining oti joyga nom sifatida o„tgan.
Bizningcha, aslida toponim ikki qismdan tashkil topgan. “Qora” va “ovul”
so„zlarining birikishidan Qorovul nomi vujudga kelgan. Turkiy tillarda “qora” –
katta, buyuk kabi ma‟nolarga ega(masalan: Qoraxon, xon barchamizga ma‟lum
xukmdor, podsho, farmonbardor demakdir. Qora – katta, Qoraxon “katta xon, buyuk
xon” ekan). Demak, Qorovul toponimi “katta qishloq” ma‟nosini bildiradi.
Pitnak - Xorazm vohasining eng qadimiy va obod go„shalaridan biri. “Pitnak
vohasi, - deb yozgan edi akademik Ya. G‟ulomov, - boshqa yerlardan ajrab qolgan. U
Xorazm vohasidan baland Toshsaqa tepaliklari bilan ajratib qo„yilgan. Janubda va
janubi-g„arbda u Qoraqum bilan tutashgan. Pitnak uncha katta bo„lmagan Xonyop
64
Шимолий Хоразмдаги баъзи топонимик номларнинг этимологияси. “Ученые записки”. Тошкентского
государственного педагогического института иностранных языков им. Энгельса. Вып. VII. Ташкент. 1963, с.
160.
kanali bilan sug„oriladi. Rivoyatlarga qaraganda, bu kanal Xiva xoni Muhammad
Rahimxon (1806-1825) tamonidan qazdirilgan”
65
.
Pitnak so„zining paydo bo„lishi to„g„risida xalq o„rtasida juda ko„p rivoyat va
xikoyatlar mavjud. Ulardan biri Chingizxon nomi bilan bog„liq. Xikoyada
Chingizxon Xorazmni egallab, uni vayron etganligi, aholini ko„p qismini qirib
tashlaganligi, hunarmand-ustalarning qul qilib olib ketilishi xikoya qilinadi.
Keyinchalik olib ketilgan odamlarning ajdodlari yashagan shaharlar va qishloqlar
xaroba holda ekanligi, ayon bo„ladi. Ular yangi yer so„rab, Xiva xoni xuzuriga yo„l
olishadi. Xon qayerdan vatan tutishlarini ularning o„zlariga havola etadi. Sobiq
vatandoshlar yurtiga qaytishayotganlarida yo„lda “pittakkina” yer ko„rganliklarini
aytib, xondan shu yerni so„rashadi. Xon rozi bo„lib, o„sha “pittakkina” yerni ularga
in‟om etadi. Odamlar “pittakkina” yerni obod qilib bog„u-bo„stonga aylantirishadi va
o„sha “pittakkina” yer keyinchalik Pitnak nomini oladi.
Pitnak so„zining lug„aviy ma‟nosiga kelsak, uni olimlar kichik qirli yer,
kichik voha deb ta‟riflaydilar. Tilshunos olim Yusuf Jumanazarov Pitnak
etimologiyasini Pishkanak, Karvak so„zlariday qadimiy bo„lib, “kichik voha”
ma‟nosini bildirishini aytgan.
Milliy Universitet o„qituvchisi N. Polvonov, etnograf olim I. Jobborovlar ham
Pitnak so„zi qadimiy xorazmiy tilidan qolgan nom bo„lib, kichik yer, kichik
makondan iborat ekanligini ta‟kidlaydilar.
Urganch Davlat Universiteti professorlari X. Abdullayev, Z. Do„simov,
S.Ro„zimboyev, N. Qobulov va dotsent O. Botirovlar Pitnak nomi bugun o„lik tilga
aylangan qadimiy Xorazm tilining bizgacha yetib kelgan qoldiqlaridan biri
ekanligini, so„zning ma‟nosi ham toponomik qonunlarga mos kelishini, u
“shaharcha”, “qo„rg„on”, “qal‟a” ma‟nosini bildiradi
66
.
Bizningcha ham, Pitnak toponimi aslida “Badnak” bo„lib, “qo„rg„oncha,
shaharcha” degan ma‟noni bildiradi.
Xorazm vohasini boshlanishida strategik jihatdan nihoyatda qulay yerda
65
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”,
1959, 148-бет.
66
Р.Жуманазаров, А.Собиров, Туямўйин ва туямўйинликлар,-Урганч, “Хоразм”, 2003, 31-бет.
Xazorasp qal‟asi bor.
“Bu, deb yozgan edi Yoqut, mustahkam qal‟a va chiroyli shahardir. Uni orol
kabi suv o„rab turadi. Unga birgina yo„l-Xorazm tamonidan kirish mumkin. Ularning
(Xorazm shahri bilan Xazorasp) o„rtasida uch kunlik yo„ldir. U tekislikda joylashgan
va savdogarlari ko„p. Aholisi boy”
67
.
Xazorasp to„g„risida afsonalar juda ko„p. Shulardan birida bu qal‟ani
bahaybat dev solgan emish. Avvallari bu qal‟a o„rnida beshta buloq mavjud bo„lgan
ekan. Shu buloqlardan suv ichgani qanotli otlar doimo kelib turgan. Dev aldash bilan
bu yerga suv ichgani keladigan mingta qanotli otni qo„lga kiritadi. Shundan so„ng
ularning qanotini kesib, ularni o„ziga o„rgatadi. Shu otlarning nihoyatda yaxshi
avlodlari tufayli shuhrat qazongan bu qal‟ani “Xazorasp” deb atay boshlagan
ekanlar(xazar-ming, asp-ot). Toponimning etimologiyasi haqida turli qarashlar
mavjud. Bu fikrlarning aksariyat ko„pchiligida nomni ikki qismga bo„lib, (ya‟ni
“hazar” va “asp”) shu asosda toponimning kelib chiqishini izohlaydilar. Toponim
haqida Yu.Jumanazarov shunday fikrni ilgari suradi: Hazorasp nomi asosida qabila
nomi yotadi, ya‟ni bu Hazara-os bo„lib, “os qabilasi” degan ma‟noni anglatadi.
Hazorasp shakli esa “ming ot” afsonasi asosida vujudga kelgan (Beruniy va
Xorazmiy tili, jurnal “O‟zbek tili va adabiyoti” T:. 1973, №5, 22-23 bet).
Z.Do„simov Xazorasp toponimi ikki qismdan Hazoris (us) Hazar-halq nomi,
is-us ko„plik qo„shimchasi shaklida yasalgan. Hazar so„zining etimologiyasi haqida
biror aniq fikr aytish qiyin. Ammo shuni ta‟kidlash kerakki, osetin tilidagi xussar
“janub, janubiy” so„zi bilan ma‟lum darajada aloqador bo„lishi mumkinligini
ta‟kidlaydi.
Etnograf va o„lkashunos tadqiqotchilar shaharning nomi afsonaviy otlar bilan
emas, balki shu yerda qachonlardir yashagan “hazar” va “os” qabilalarining nomi
bilan bog„liq degan fikrni ilgari surmoqdalar
68
.
Professor M.Ishoqov Hazorasp toponimi Zardushtiylarning muqaddas olovi
saqlanadigan joy ekanligini ta‟kidlab, toponim aslida Aturaspant-muqaddas olov
67
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”,
1959, 148-бет.
68
Маҳмудов М.М. Хоразм тарихидан лавҳалар,- Урганч, “УрДУ ноширлик бўлими”, 1998, 15-бет.
manzili, ibodat manzili bo„lganligini aytib o„tadi
69
. Bu talqin haqiqatga yaqin.
Demak, Xazorasp nomi “ming ot” emas, balki “muqaddas olov saqlanadigan joy”
ekanligi ayon bo„ldi.
Xazorasp tumanida qadimgi joy nomlari juda ko„p. Shulardan biri Juvondir
qishlog„idir. Toponim to„g„risida halq orasida afsonalar saqlanib qolgan. Emishkim,
Saljuqiylar podshosi Sulton Sanjar Xorazmshohning qizi To„rabekxonimga oshiq
bo„lib, sovchi qo„yadi. Sulton Sanjarning oshiqligi tagida Xorazmni egallash niyati
borligini sezib qolgan To„rabekxonim unga tegmasligin otasiga aytadi. Xorazmni
kuch bilan egallab bo„lmasligin bilgan Sulton Sanjar Amudaryoni bo„g„ib, suv yo„lini
to„sib qo„yadi. Suvsizlikdan yerlar kovjirab ekinlar quriy boshladi. Bunga toqat
qilolmagan To„rabekxonim Sulton Sanjar oldiga bitta o„zi kelib, shartini aytdi.
Shart bundoq edi. Sulton avval suvni ochadi, so„ng otida malikani quvlaydi.
Quvlab tutsa, bas, malika uniki bo„ladi. Sulton darxol rozi bo„ldi-yu, to„g„onni
buzishga amr etgan.
Xon uni quvlashga tushdi. Tez orada malika ko„zdan g„oyib bo„ldi. Malika
yangi bolalagan uchqur boytallarni tanlab, toychoqlarini birin-ketin qishloqlarda
qoldirib kelganidan Sulton bexabar edi. Malika o„z toychog„iga yetgan otni qoldirib,
yangisini minib ketardi. Ming-ming lashkari turib bitta juvondan yengilgan xon
qo„shinini olib ortga qaytishga majbur bo„lgan.
Xalq afsonasida Juvondir qishlog„ining nomi ham shu rivoyat bilan bog„liq
ekanligini aytishadi. Xon To„rabekxonimni quvlab kelayotganida juvon, dur (to„xta),
deb baqirgan joyning nomi Juvondir bo„lib qolgan.
Bizningcha, bu nom “Jo„yobdi” bo„lgan bo„lsa kerak, ya‟ni suvning saqasi
shu qishloqda bo„lib, quyidagi qishloqlarga suv shu joydan yetib boradigan bo„lgan.
Jo„yobdi toponimi suv boshi, saqa boshidagi qishloq degan ma‟noni anglatadi.
Demak, Juvondir aslida Jo„yobdi bo„lib, “saqa boshidagi qishloq” degan ma‟noni
bildirgan.
Istaxriy Xazoraspdan Xivaga boradigan yo„lda, vohaning janubiy tomonida
Kardaronxos qal‟asi borligini yozgan. Maqdisiy bu qal‟ani katta yog„och darvozalari
69
Исҳоқов М, Ўзбек тили ва адабиѐти, “Хазорасп “минг от”ми, ЁКИ...?”, -Тошкент:. 1997, 72-75 бет.
va xandag„i bo„lgan kuchli istehkom sifatida qo„rsatib o„tgan.
Qal‟ajiq (Kardaronxos) Xiva bilan Xazorasp oralig„ining qariyb yarmida
joylashgan. Istaxriy Xazorasp bilan Kardaronxos o„rtasidagi masofani uch farsax,
Kardaronxosdan Xivagacha besh farsax deb ko„rsatadi. Qal‟ajiq xarobalari Xorazm
viloyatining Bog„ot tumanida joylashgan. Qal‟ajiq nomining etimologiyasiga kelsak,
bizningcha bu toponimning oxiridagi “jiq”ni kichraytirish ma‟nosida ekanligini
inobatga olsak Qal‟ajiq so„zi “kichik qal‟a yoki qal‟acha” degan ma‟noni bildiradi.
Shu o„rinda Bog„ot toponimi haqida. Bog„ot toponimini eng keng tarqalgan
etimologiyasi “bog„zor, bog„lar” (bog„ va arabcha –ot ko„plik qo„shimchasi). Ba‟zi
tadqiqotchilar toponimni bog„dod “arz so„raydigan bog„” so„zi bilan bog„laydilar
(Yu. Jumanazarov, Ilmiy fontaziya va Xorazm toponimlari, “Xorazm haqiqati”
gazetasi, 1975y 20 may). Mahalliy xalqni aytishicha bog„ot “poliz, polizchi” degan
ma‟noni bildiradi.
Bog„ot tumaniga qo„shni bo„lgan Xonqa shahri o„rta asrlarda Xivadan
Gurganchga boradigan yo„l yoqasida joylashgan. Xonqa toponimi juda qiziq. Xonqa
aholisi o„z shaharlari tarixi to„g„risida ko„plab rivoyatlarni biladilar. Bu rivoyatlarga
qaraganda, shahar qadim o„tmishda boshqacha nom bilan atalgan, lekin ular bu
nomni bilmaydilar.
Urganch Davlat Universiteti professori Z. Do„simov Xonqo atamasini eron
tillariga xos “kantxo” – qishloq, mustahkamlangan shahar so„zi bilan bog„liq
ekanligini takidlagan
70
.
Xonqa toponimi to„g„risida akademik Ya.G‟. G‟ulomov: “Bu shaharda
mashhur yassaviychi shayx Said otaning o„g„li yoki jiyaniga atab solingan xonaqa
bor. Mo„g„ul istilosi davrida Xonqa shahri vayron qilinib, faqat xonaqo saqlanib
qolgan edi. Bu xonaqo atrofida keyinchalik hayot tiklangan edi. O‟sha vaqtdan
boshlab shahar “Xon(a)qo” (Xonqo) deb atalgan”
71
.
Bu afsona tarixiy haqiqatga to„g„ri kelsa kerak; Abulg„ozi va Xiva
salnomalarining avtorlari bu shaharni oddiygina Xonqo demay, balki Xonaqoh deb
70
Дўсимов.З. Хоразм топонимлари, -Тошкент:. “Фан”, 1985, 26-бет.
71
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”,
1959, 151-бет.
ataydilar
72
.
O‟rta asr manbalarida bot-bot tilga olinadigan Safardiz qishlog„i o„rni
haligacha aniqlanganicha yo„q. Istaxriyning yozishicha, “Bu qishloq bilan Xiva
oralig„idagi masofa 5 farsax, Katgacha esa 3 farsax bo„lgan”ligini qayd etadi.
Ba‟zi tadqiqotchilar, Safardiz toponimini etimologiyasi ikki so„zdan, ya‟ni
“safar” va “diz”dan tashkil topgan. “Safar” – “sayohat”, “diz” esa “qal‟a” degan
ma‟noni bildiradi. Demak, Safardiz toponimi “ziyoratchilar makoni” ma‟nosini
anglatadi, deb ta‟kidlashadi
73
. Lekin bu toponim bizningcha, uchta qismdan iborat
bo„lib, se-far-diz, ya‟ni se fors tilida uch, far-quyi, past, diz esa qal‟adir. Demak,
Safardiz toponimi biror bir shahar yoki qishloqning quyi qismida joylashgan uch
qal‟a demakdir.
Xorazmning yirik va juda mashhur toponimlaridan biri Xivadir. Xiva shahri
XVI asrdan to 1920 yilgacha Xiva xonligi poytaxti vazifasini bajarib kelgan.
Ya. G‟ulomov, “Xiva, - deb yozadi Maqdisiy, -sahro chegarasida bo„lib, katta
shahardir, undan daryodan chiquvchi kanal oqadi, obod jome masjidi bor. Yog„och
eshiklari va xandag„i bo„lgan Kardaronxos va Xazorasp ham xuddi shu shaharga
o„xshaydi
74
”
Xiva so„zi birinchi marta X asrda arab geograflari asarlarida keltiriladi.
Yoqutning yozishiga qaraganda, bu shaharni “Xivaq” deb yozganlar; xalq uni XIX
asrda “Xiva”, hozirda esa “Xiva” deb yuritishadi.
Xiva noma‟lum muallif tamonidan X asrda yozilgan “Hududul-olam”
kitobida “Xiv” tarzida keltirilib, shaharcha, devorlari bor, Gurganjga qarashli ekanligi
bayon etiladi
75
.
Xivaq (yoki Xiva) – Gurganjdan 15 farsaxda joylashgan qal‟a-shahar. Xivaq
ham o„z davri uchun yuksak madaniyati va boy bozorlari bilan ajralib turgan. Xivaq,
Xorazm davlatida aholisi islomning shofiiya mazhabiga kiruvchi yagona shahar
bo„lib, Yoqut al-Hamaviyning guvohlik berishicha, Xorazmdagi boshqa shaharlar
72
Абулғози, Шажарайи турк, Тошкент:. “Чўлпон”, 1992, 156-бет.
73
Хакимова С, Жуманиязов Ў, Нуржонов К, Сафоев П, Хонқо тарихи, Урганч, “Хоразм”, 1995, 13-бет.
74
Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”,
1959, 150-бет.
75
Ҳудуд ул-олам, -Тошкент:. “Ўзбекистон”, 2005, 22-бет.
aholisi islomning hanafiya mazhabiga kirganlar.
Yetmishinchi yillarning boshlarida Xorazmga tashrif buyurgan jahongashta
sayyoh Tur Xeyerdal Xiva shahri haqida shunday yozadi: “Men dunyoning juda ko„p
tarixiy shaharlarini tomosha qilish baxtiga musharraf bo„ldim: Rim, Afina, Qohira,
Singapur... Lekin ularning hech biri menda bunchalik o„chmas taassurot qoldirmagan
edi. Xiva xuddi kaftda joylashgan mo„jizaday kishini o„ziga maftun qilib qo„yadi
76
”.
Haqiqatdan ham Xiva osmono„par minoralari-Sharq me‟morchiligining noyob
durdonalari bilan jahonda o„z o„rniga ega bo„lgan tarixiy shaharlardan biridir.
Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov Xivaning 2500 yilligiga bag„ishlangan
tantanada: “Xiva – bizning jonli tariximiz, bu dunyoga kelib ketgan qancha-qancha
saltanatlar guvohi, yurtimizning, xalqimizning, millatimizning mislsiz o„tmishidan,
ota-bobolarimizning dahosidan, ma‟naviy mulkimizning buyuk iqtidori va qudratidan
dalolatdir
77
”, degan edi. Bu so„zlar qanchalik to„g„ri ekanligiga tarix guvoh. Shunday
ekan, Xiva nomi qanday kelib chiqqan, nima degan ma‟noni bildiradi?
Xiva toponimi to„g„risida xalq tilida bir necha afsonalar mavjud. O‟zbekiston
Fanlar
Akademiyasi
Sharqshunoslik
institutining
qo„lyozmalar
fondida
saqlanayotgan “Dili g„aroyib” nomli asarda shunday deyilgan: “Xivaq-Xivaning
qadimiy nomi Ramul. Muni bino qilgan Som ibn Nuhkim, otasining kemasiga
o„xshatib solg„on va kemaning andozasig„a barobar va xolo Xivaqg„a nisbat
berurlar...”. Bu bildirilgan fikrlarda jon borga o„xshaydi. Chunki Arkka chiqib shahar
arxitekturasiga nazar solinsa, xuddi kema singari, shahar ham ellipis shaklda
qurilganiga ishonch hosil qilasiz.
Xalq orasida yana bir afsona mavjud bo„lib, “Nuh payg„ambarning o„g„li Som
o„z qabilasi bilan ketib borayotganida bir qir ustiga chiqib uxlaydi va tushida uch
yuzta mash‟ala ko„targan askaralarni ko„radi. Uyg„ongach, tushini yaxshilik alomati
deb, bu joyga belgi qo„yadi va yana yo„liga ravona bo„ladi. Ikkinchi marta kelganida
shu yerda bitta chashma qazib suv chiqaradi. Shundan keyin bu chashmadan suv
ichganlar, lazzatlanib, “evox”, “xe-vox” deb xitob qilgan emishlar. Ana shundan
76
Нуржонов К, Хоразм тарихидан лавҳалар, -Урганч, “Мураббий”, 1992, 29-бет.
77
Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида, 6-том, -Тошкент:. 1998.
chashmaning ismi Hevaq deb ataladigan bo„ladi va keyinchalik chashmani qum bosib
ketmasligi uchun uning atrofiga saksavuldan devor yasab qo„ygan”, - deyiladi.
Xiva toponimi to„g„risida turli xil talqinlar bildirilib kelinmoqda. Z.Do„simov
Xivak toponimi Xiuva + ak shaklida yasalgan bo„lib, “kichkina qishloq” ma‟nosini
anglatadi
78
.
Akademik A. Muhammadjonov Xiva toponimini shahar yonidan oqib
o„tadigan Polvonyop nomi bilan bog„laydi (katta arna). Polvonyop yozma
manbalarda Heykonik tarzida keltirilgan. Heykonik etimologiyasi esa uchta so„zdan
tashkil topgan. “Hey”(Xar)- katta, “kon” suv, “ik” esa daryoning kichik tarmog„i
demakdir. Demak, Xiva toponimi “daryoning kichik tarmog„i bo„yidagi shahar”
ma‟noni anglatadi
79
, deb ta‟kidlaydi. Biz ham shu fikrni qo„llab quvvatlagan holda
Xiva aslida, gidrotoponim ekanligini aytib o„tmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |