Mundarija kirish



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana20.06.2021
Hajmi0,56 Mb.
#71515
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
xorazm orta asrlar shaxarlari toponomikasi xorazm tarixini organishdagi orni

 

 

II  –  Bob.  Xorazm  o’rta  asrlar  shaharlari  toponomikasining  Xorazm 

tarixini o’rganishdagi o’rni. 

 

2.1.  Xorazm  o’rta  asrlar  shaharlari  toponomikasiga  oid  tadqiqotlar 

natijalari. 

Xorazmning  qadimgi  geografiyasi  asosan  X  asrda  yoritilgan.  Ibn  Rusta 

ma‟lumotlari  faqat  Amudaryoning  oqimi  va  Kat,  Jurjoniya,  Mazdaxqon,  Xarvozva 

boshqa aholi yashaydigan punktlarga oid bo„lgan. 

922 yilda Xorazm orqali o„tgan Ibn Fadlan davrida Xorazmning bosh shahari 

hali ham Kat edi va biz uning so„zlariga binoan Gurganchning nihoyatda gullaganligi 

siyosiy  ahamiyatga  ega  ekanligidan  xulosa  chiqara  olamiz.  Ibn  Fadlanning 

Gurganchdan  g„uzlar  mamlakati  va  undan  nariga  o„tish  yo„li  u,  uning  yozishiga 

qaraganda,  Ustyurt  qirlarining  sharqiy  tamonida,  ya‟ni  Gurganchdan  hozirgi 

Qo„ng„irot  rayoni  bo„ylab  shimol  tamonga  qarab  yo„nalgan.  Bu,  qadimiy  mashhur 

Qoraumbat  yo„lidir;  bu  yo„lda  istehkom,  rabot  va  boshqa  yo„l  manzilgohlarning 

xarobalari saqlanib qolgan

60

.   


Yer  yuzining  turli  mintaqalarida  Urgva,  Urga,  Gurganj,  Urganch,  Ko„hna 

Urganch,  Urganji  kabi  shahar  va  qishloq  nomlarini  uchratish  mumkin.  Andijon 

viloyatining  Izbosgan,  Paxtaobod,  Namangan  viloyatining  Sirdaryo  bo„ylarida, 

Farg„ona  viloyatining  Darg„ara,  Samarqand  va  Buxoro  viloyatlarining  Nurota, 

Tomdi, Qorako„l nohiyalarida hamda Turkmanistonning Chorjo„y, Mari viloyatlarida 

Urganji  deb  ataladigan  qishloqlar  mavjud.  Aslida  Urganji  bu  urganjliklar  ekanligini 

bildiradi.  

Ko„hna Urganch Anushtegin Xorazmshohlar davrida har tamonlama taraqqiy 

qilgan  va  bosh  shahar  sifatida  manbalarda  qayd  etiladi.  Xorazmshohlar  davlatining 

markazi – Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganj-Jayhun daryosi 

bo„yidagi juda katta shahar, aholisi juda ko„p.  

Gurganjda  mo„g„ullar  istilosi  arafasida  616(1219)  yilda  bo„lgan  Yoqut  al-

Hamaviy Xorazm davlati shaharlarining tasviriga to„xtalib: “Boyliklarining mo„lligi 

                                      

60

 Толстов С.П, По следам древнехорезмийской цивилизации, М., 1948, Х боб ва карта. 




va  poytaxtining  kattaligi,  aholisining  ko„pligi,  yaxshilikka  yaqinligi  hamda  din  va 

mazhab  buyurgan  narsalarni  bajarishi  jihatdan  Xorazmning  bosh  shahriga  o„xshash 

shahar  dunyoda  bo„lmasa  kerak”,

61

  deb  yozadi.  Qazviniy  esa  Gurganj  haqida  bu 



go„zal  shaharni  “Jannatdagi  shaharni  va  chimildiqdagi  kelinchakni  qo„riqlaganday, 

farishtalar qo„riqlaydi”, deb yozgan edi. Gurganj, ayniqsa, sulton Takish va Alouddin 

Muhammad davrlarida yuksaldi. 

Mo„g„ullar istilosiga qadar Gurganj juda obod, aholisi juda gavjum, zich edi. 

Z.  Qazviniy  yozishicha,  Gurganjda  aholi  ko„pligidan  ko„chalar,  bozorlarda  odamlar 

bir-biriga urilar, o„tish  qiyin  edi. Tanura  va  Maydon  mahallalari, Qobilon  darvozasi 

nomlari manbalarda esga olinadi

62

.  



Xorazmshohlar  o„z  davlatining  kuch-qudrati  oshishida  savdoning  roli  katta 

ekanligini tushunardilar. Shuning uchun ham Xorazm davlatida ichki va tashqi savdo 

keng  rivojlangan,  savdo  yo„llari  qattiq  muhofaza  qilinar  edi.  Gurganj  savdogarlari 

dunyoning  ko„pgina  mamlakatlariga  o„z  mollarini  eltib  sotar,  Gurganjga  ham  ko„p 

xorijiy  mamlakatlarining  savdogarlari  mol  olib  kelar  edilar.  Gurganj  bozorlari  bilan 

ham  mashhurdir.  Shaharda  XIII  asr  boshlarida  o„nlab  bozorlar  mavjud  bo„lib,  ular 

mol serobligi, savdogar va xaridor ko„pligi, gavjumligi bilan kishilarni, sayyohlarni 

hayratga solgan. Gurganj nomi ma‟nosi hammani birdek qiziqtirishi aniq. 

Urganch  (Gurganj)  toponimi  etimologiyasi  haqida  turli  qarashlar  mavjud. 

Toponim  qadimgi  manbalarda  turli  shakllarda  uchraydi.  Qadimgi  turkiy  aholi 

Gurganj, Gurganch, arab manbalarda Jurjoniya shakllarida qayd etiladi. Xalq orasida 

nomning kelib chiqishi haqida turli afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur ismli qiz va 

Ganj  nomli  yigit  muhabbati  sharafiga  Hurganj  yoki  Urganj  deb  nomlangan.  Yoki 

Urganch-Hur-quyosh (yoki baxt), Ganj-“xazina”, ya‟ni “baxt xazina” degan ma‟noni 

bildiradi

63

.  



Toponimning  etimologiyasi  haqida  A. Ishayev  ancha  asosli  fikr  bildirgan. U 

toponimni  qadimgi  Urgin  “taxt,  saroy”  so„zi  bilan  bog„laydi.  ch  so„z  yasovchi 

                                      

61

Толстов. С.П.Қадимги Хоразм маданиятини излаб, -Тошкент:. “Фан”,  1964. 293-бет. 



62

Буниѐдов З, Ануштегин Хоразмшоҳлар давлати, -Тошкент:. 1998, 137-бет.  

63

 Жуманиязов М, Кўҳна ва янги Уранч, -Урганч, 1993, 3-бет. 




qo„shimcha

64

.  



Ammo  tarixiy  nuqtai  nazardan  qaraganda  toponim    ancha  qadimiy  bo„lib, 

O‟rta Osiyoda turkiy xalqlar paydo bo„lmasdan oldin ham mavjud bo„lgan.  

Urganch  toponimining  keyingi  qismi,  ganch,  ganj  kantga  yaqin.  Kant  yoki 

kandning  ganjga  aylanishi  haqiqatga  ancha  yaqindir.  Kant  –  “mustahkam  atrofi 

xandaqlar bilan o„ralgan yoki devor bilan aylantirilgan joy” ma‟nosini bildiradi. O.I. 

Smirnova  qadimgi  eron  tillarida vouru (uru) so„zining  mavjudligini, bu so„z  “keng, 

katta” kabi ma‟nolarni anglatishini yozgan.  

Shunday  ekan,  Urganch  toponimining  birinchi  qismi  uoru//uru  (bugungi 

kunda  xorazm  shevasida  “ulli”  so„zi  mavjud)  xorazmiy  tilida  katta  ma‟nosini 

bildirgan va Urukand>Uruganj>Urganj>Urganch kabi shakllangan bo„lsa ajab emas. 

Demak, Urganch toponimi “katta qal‟a yoki shahar” ma‟nosini bildiradi. 

Hozirgi  Urganch  tumani  markazi  Qorovul  qishlog„i  mavjud.  Qorovul 

toponimi Respublikamizning ko„p viloyatlarida uchratamiz.   Bu toponim to„g„risida 

xalq tilidagi juda ko„plab afsona va hikoyalar avloddan avlodga o„tib bizgacha yetib 

kelgan.  Shulardan  biri  Chingizxon  bilan  bog„liq.  Chingizxon  o„z  qo„shinini  to„rtta 

xarbiy qismga bo„lgan. Shulardan biri qorovul deb atalgan. Xorazmga yurish qilgan 

paytida o„sha qorovul xarbiy qismini hozirda Qorovul deb atalib kelinayotgan qishloq 

o„rniga joylashtirgan. Chingizxonning xarbiy qismining oti joyga nom sifatida o„tgan. 

Bizningcha,  aslida  toponim  ikki  qismdan  tashkil  topgan.  “Qora”  va  “ovul” 

so„zlarining  birikishidan  Qorovul  nomi  vujudga  kelgan.  Turkiy  tillarda  “qora”  – 

katta,  buyuk  kabi  ma‟nolarga  ega(masalan:  Qoraxon,  xon  barchamizga  ma‟lum 

xukmdor, podsho, farmonbardor demakdir. Qora – katta, Qoraxon “katta xon, buyuk 

xon” ekan). Demak, Qorovul toponimi “katta qishloq” ma‟nosini bildiradi.     

Pitnak - Xorazm vohasining eng qadimiy va obod go„shalaridan biri. “Pitnak 

vohasi, - deb yozgan edi akademik Ya. G‟ulomov, - boshqa yerlardan ajrab qolgan. U 

Xorazm  vohasidan  baland  Toshsaqa  tepaliklari  bilan  ajratib  qo„yilgan.  Janubda  va 

janubi-g„arbda  u  Qoraqum  bilan  tutashgan.  Pitnak  uncha  katta  bo„lmagan  Xonyop 

                                      

64

  Шимолий  Хоразмдаги  баъзи  топонимик  номларнинг  этимологияси.  “Ученые  записки”.  Тошкентского 



государственного педагогического института иностранных языков им. Энгельса. Вып. VII. Ташкент. 1963, с. 

160. 



kanali  bilan  sug„oriladi.  Rivoyatlarga  qaraganda,  bu  kanal  Xiva  xoni  Muhammad 

Rahimxon (1806-1825) tamonidan qazdirilgan”

65



Pitnak so„zining paydo bo„lishi to„g„risida xalq o„rtasida juda ko„p rivoyat va 



xikoyatlar  mavjud.  Ulardan  biri  Chingizxon  nomi  bilan  bog„liq.  Xikoyada 

Chingizxon  Xorazmni  egallab,  uni  vayron  etganligi,  aholini  ko„p  qismini  qirib 

tashlaganligi,  hunarmand-ustalarning  qul  qilib  olib  ketilishi  xikoya  qilinadi. 

Keyinchalik  olib  ketilgan  odamlarning  ajdodlari  yashagan  shaharlar  va  qishloqlar 

xaroba  holda  ekanligi, ayon  bo„ladi. Ular yangi  yer  so„rab, Xiva  xoni xuzuriga  yo„l 

olishadi.  Xon  qayerdan  vatan  tutishlarini  ularning  o„zlariga  havola  etadi.  Sobiq 

vatandoshlar  yurtiga  qaytishayotganlarida  yo„lda  “pittakkina”  yer  ko„rganliklarini 

aytib, xondan shu yerni so„rashadi. Xon rozi bo„lib, o„sha “pittakkina” yerni ularga 

in‟om etadi. Odamlar “pittakkina” yerni obod qilib bog„u-bo„stonga aylantirishadi va 

o„sha “pittakkina” yer keyinchalik Pitnak nomini oladi.  

Pitnak  so„zining  lug„aviy  ma‟nosiga  kelsak,  uni  olimlar  kichik  qirli  yer, 

kichik  voha  deb  ta‟riflaydilar.  Tilshunos  olim  Yusuf  Jumanazarov  Pitnak 

etimologiyasini  Pishkanak,  Karvak  so„zlariday  qadimiy  bo„lib,  “kichik  voha” 

ma‟nosini bildirishini aytgan. 

Milliy Universitet o„qituvchisi N. Polvonov, etnograf olim I. Jobborovlar ham 

Pitnak  so„zi  qadimiy  xorazmiy  tilidan  qolgan  nom  bo„lib,  kichik  yer,  kichik 

makondan iborat ekanligini ta‟kidlaydilar.  

Urganch  Davlat  Universiteti  professorlari  X.  Abdullayev,  Z.  Do„simov, 

S.Ro„zimboyev, N. Qobulov va dotsent O. Botirovlar Pitnak nomi bugun o„lik tilga 

aylangan  qadimiy  Xorazm  tilining  bizgacha  yetib  kelgan  qoldiqlaridan  biri 

ekanligini,  so„zning  ma‟nosi  ham  toponomik  qonunlarga  mos  kelishini,  u 

“shaharcha”, “qo„rg„on”, “qal‟a” ma‟nosini bildiradi

66



Bizningcha  ham,  Pitnak  toponimi  aslida  “Badnak”  bo„lib,  “qo„rg„oncha, 



shaharcha” degan ma‟noni bildiradi. 

Xorazm  vohasini  boshlanishida  strategik  jihatdan  nihoyatda  qulay  yerda 

                                      

65

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.  -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”, 



1959, 148-бет. 

66

 Р.Жуманазаров, А.Собиров, Туямўйин ва туямўйинликлар,-Урганч, “Хоразм”, 2003, 31-бет. 




Xazorasp qal‟asi bor.  

“Bu, deb yozgan edi Yoqut, mustahkam qal‟a va chiroyli shahardir. Uni orol 

kabi suv o„rab turadi. Unga birgina yo„l-Xorazm tamonidan kirish mumkin. Ularning 

(Xorazm shahri bilan Xazorasp) o„rtasida uch kunlik yo„ldir. U tekislikda joylashgan 

va savdogarlari ko„p. Aholisi boy”

67



Xazorasp  to„g„risida  afsonalar  juda  ko„p.  Shulardan  birida  bu  qal‟ani 

bahaybat dev solgan emish. Avvallari bu qal‟a o„rnida beshta buloq mavjud bo„lgan 

ekan. Shu buloqlardan suv ichgani qanotli otlar doimo kelib turgan. Dev aldash bilan 

bu  yerga  suv  ichgani  keladigan  mingta  qanotli  otni  qo„lga  kiritadi.  Shundan  so„ng 

ularning  qanotini  kesib,  ularni  o„ziga  o„rgatadi.  Shu  otlarning  nihoyatda  yaxshi 

avlodlari  tufayli  shuhrat  qazongan  bu  qal‟ani  “Xazorasp”  deb  atay  boshlagan 

ekanlar(xazar-ming,  asp-ot).    Toponimning  etimologiyasi  haqida  turli  qarashlar 

mavjud.  Bu  fikrlarning  aksariyat  ko„pchiligida  nomni  ikki  qismga  bo„lib,  (ya‟ni 

“hazar”  va  “asp”)  shu  asosda  toponimning  kelib  chiqishini  izohlaydilar.  Toponim 

haqida  Yu.Jumanazarov  shunday  fikrni  ilgari  suradi:  Hazorasp  nomi  asosida  qabila 

nomi  yotadi,  ya‟ni  bu  Hazara-os  bo„lib,  “os  qabilasi”  degan  ma‟noni  anglatadi. 

Hazorasp  shakli  esa  “ming  ot”  afsonasi  asosida  vujudga  kelgan  (Beruniy  va 

Xorazmiy tili, jurnal “O‟zbek tili va adabiyoti” T:. 1973, №5, 22-23 bet). 

Z.Do„simov Xazorasp toponimi ikki qismdan Hazoris (us) Hazar-halq nomi, 

is-us  ko„plik  qo„shimchasi  shaklida  yasalgan.  Hazar  so„zining  etimologiyasi  haqida 

biror  aniq  fikr  aytish  qiyin.  Ammo  shuni  ta‟kidlash  kerakki,  osetin  tilidagi  xussar 

“janub,  janubiy”  so„zi  bilan  ma‟lum  darajada  aloqador  bo„lishi  mumkinligini 

ta‟kidlaydi. 

Etnograf va o„lkashunos tadqiqotchilar shaharning nomi afsonaviy otlar bilan 

emas,  balki  shu  yerda  qachonlardir  yashagan  “hazar”  va  “os”  qabilalarining  nomi 

bilan bog„liq degan fikrni ilgari surmoqdalar

68

.  



Professor  M.Ishoqov  Hazorasp  toponimi  Zardushtiylarning  muqaddas  olovi 

saqlanadigan  joy  ekanligini  ta‟kidlab,  toponim  aslida  Aturaspant-muqaddas  olov 

                                      

67

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.  -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”, 



1959, 148-бет. 

68

 Маҳмудов М.М. Хоразм тарихидан лавҳалар,- Урганч, “УрДУ ноширлик бўлими”, 1998, 15-бет. 




manzili,  ibodat  manzili  bo„lganligini  aytib  o„tadi

69

.  Bu  talqin  haqiqatga  yaqin.   



Demak,  Xazorasp  nomi  “ming  ot”  emas,  balki  “muqaddas  olov  saqlanadigan  joy” 

ekanligi ayon bo„ldi.  

Xazorasp  tumanida  qadimgi  joy  nomlari  juda  ko„p.  Shulardan  biri  Juvondir 

qishlog„idir. Toponim to„g„risida halq orasida afsonalar saqlanib qolgan. Emishkim, 

Saljuqiylar  podshosi  Sulton  Sanjar  Xorazmshohning  qizi  To„rabekxonimga  oshiq 

bo„lib,  sovchi  qo„yadi.  Sulton  Sanjarning  oshiqligi  tagida  Xorazmni  egallash  niyati 

borligini  sezib    qolgan  To„rabekxonim  unga  tegmasligin  otasiga  aytadi.  Xorazmni 

kuch bilan egallab bo„lmasligin bilgan Sulton Sanjar Amudaryoni bo„g„ib, suv yo„lini 

to„sib  qo„yadi.  Suvsizlikdan  yerlar  kovjirab  ekinlar  quriy  boshladi.  Bunga  toqat 

qilolmagan To„rabekxonim Sulton Sanjar oldiga bitta o„zi kelib, shartini aytdi.  

Shart  bundoq  edi.  Sulton  avval  suvni  ochadi, so„ng  otida  malikani  quvlaydi. 

Quvlab  tutsa,  bas,  malika  uniki  bo„ladi.  Sulton  darxol  rozi  bo„ldi-yu,  to„g„onni 

buzishga amr etgan.  

Xon  uni  quvlashga  tushdi.  Tez  orada  malika  ko„zdan  g„oyib  bo„ldi.  Malika 

yangi  bolalagan  uchqur  boytallarni  tanlab,  toychoqlarini  birin-ketin  qishloqlarda 

qoldirib kelganidan Sulton bexabar edi. Malika o„z toychog„iga yetgan otni qoldirib, 

yangisini  minib  ketardi.  Ming-ming  lashkari  turib  bitta  juvondan  yengilgan  xon 

qo„shinini olib ortga qaytishga majbur bo„lgan. 

Xalq  afsonasida  Juvondir  qishlog„ining  nomi  ham  shu  rivoyat  bilan  bog„liq 

ekanligini aytishadi. Xon To„rabekxonimni quvlab kelayotganida juvon, dur (to„xta), 

deb baqirgan joyning nomi Juvondir bo„lib qolgan.  

Bizningcha,  bu  nom  “Jo„yobdi”  bo„lgan  bo„lsa  kerak,  ya‟ni  suvning  saqasi 

shu qishloqda bo„lib, quyidagi qishloqlarga suv shu joydan yetib boradigan bo„lgan. 

Jo„yobdi  toponimi  suv  boshi,  saqa  boshidagi  qishloq  degan  ma‟noni  anglatadi. 

Demak,  Juvondir  aslida  Jo„yobdi  bo„lib,  “saqa  boshidagi  qishloq”  degan  ma‟noni 

bildirgan.      

Istaxriy  Xazoraspdan  Xivaga  boradigan  yo„lda,  vohaning  janubiy  tomonida 

Kardaronxos qal‟asi borligini yozgan. Maqdisiy bu qal‟ani katta yog„och darvozalari 

                                      

69

Исҳоқов М, Ўзбек тили ва адабиѐти, “Хазорасп “минг от”ми, ЁКИ...?”, -Тошкент:. 1997, 72-75 бет. 




va xandag„i bo„lgan kuchli istehkom sifatida qo„rsatib o„tgan.  

Qal‟ajiq  (Kardaronxos)  Xiva  bilan  Xazorasp  oralig„ining  qariyb  yarmida 

joylashgan.  Istaxriy  Xazorasp  bilan  Kardaronxos  o„rtasidagi  masofani  uch  farsax, 

Kardaronxosdan  Xivagacha  besh  farsax  deb  ko„rsatadi.  Qal‟ajiq  xarobalari  Xorazm 

viloyatining Bog„ot tumanida joylashgan. Qal‟ajiq nomining etimologiyasiga kelsak, 

bizningcha  bu  toponimning  oxiridagi  “jiq”ni  kichraytirish  ma‟nosida  ekanligini 

inobatga olsak Qal‟ajiq so„zi “kichik qal‟a yoki qal‟acha” degan ma‟noni bildiradi.  

Shu  o„rinda Bog„ot toponimi haqida.  Bog„ot toponimini eng keng tarqalgan 

etimologiyasi  “bog„zor,  bog„lar”  (bog„  va  arabcha  –ot  ko„plik  qo„shimchasi).  Ba‟zi 

tadqiqotchilar  toponimni  bog„dod  “arz  so„raydigan  bog„”  so„zi  bilan  bog„laydilar 

(Yu.  Jumanazarov,  Ilmiy  fontaziya  va  Xorazm  toponimlari,  “Xorazm  haqiqati” 

gazetasi,  1975y  20  may).  Mahalliy  xalqni  aytishicha  bog„ot  “poliz,  polizchi”  degan 

ma‟noni bildiradi.  

Bog„ot  tumaniga  qo„shni  bo„lgan  Xonqa  shahri  o„rta  asrlarda  Xivadan 

Gurganchga boradigan yo„l yoqasida joylashgan. Xonqa toponimi juda qiziq. Xonqa 

aholisi o„z shaharlari tarixi to„g„risida ko„plab rivoyatlarni biladilar. Bu rivoyatlarga 

qaraganda,  shahar  qadim  o„tmishda  boshqacha  nom  bilan  atalgan,  lekin  ular  bu 

nomni bilmaydilar.  

Urganch  Davlat  Universiteti  professori  Z.  Do„simov  Xonqo  atamasini  eron 

tillariga  xos  “kantxo”  –  qishloq,  mustahkamlangan  shahar  so„zi  bilan  bog„liq 

ekanligini takidlagan

70

.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                             



Xonqa        toponimi  to„g„risida  akademik  Ya.G‟.  G‟ulomov:  “Bu  shaharda 

mashhur  yassaviychi  shayx  Said  otaning  o„g„li  yoki  jiyaniga  atab  solingan  xonaqa 

bor.  Mo„g„ul  istilosi  davrida  Xonqa  shahri  vayron  qilinib,  faqat  xonaqo  saqlanib 

qolgan  edi.  Bu  xonaqo  atrofida  keyinchalik  hayot  tiklangan  edi.  O‟sha  vaqtdan 

boshlab shahar “Xon(a)qo” (Xonqo) deb atalgan”

71



Bu  afsona  tarixiy  haqiqatga  to„g„ri  kelsa  kerak;  Abulg„ozi  va  Xiva 

salnomalarining  avtorlari  bu  shaharni  oddiygina  Xonqo  demay,  balki  Xonaqoh  deb 

                                      

70

Дўсимов.З. Хоразм топонимлари, -Тошкент:. “Фан”, 1985, 26-бет. 



71

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.  -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”, 

1959, 151-бет. 



ataydilar

72



O‟rta  asr  manbalarida  bot-bot  tilga  olinadigan  Safardiz  qishlog„i  o„rni 

haligacha  aniqlanganicha  yo„q.  Istaxriyning  yozishicha,  “Bu  qishloq  bilan  Xiva 

oralig„idagi masofa 5 farsax, Katgacha esa 3 farsax bo„lgan”ligini qayd etadi.  

Ba‟zi  tadqiqotchilar,  Safardiz  toponimini  etimologiyasi  ikki  so„zdan,  ya‟ni 

“safar”  va  “diz”dan  tashkil  topgan.  “Safar”  –  “sayohat”,  “diz”  esa  “qal‟a”  degan 

ma‟noni  bildiradi.  Demak,  Safardiz  toponimi  “ziyoratchilar  makoni”  ma‟nosini 

anglatadi,  deb  ta‟kidlashadi

73

.  Lekin  bu  toponim  bizningcha,  uchta  qismdan  iborat 



bo„lib,  se-far-diz,  ya‟ni  se  fors  tilida  uch,  far-quyi,  past,  diz  esa  qal‟adir.  Demak, 

Safardiz  toponimi  biror  bir  shahar  yoki  qishloqning  quyi  qismida  joylashgan  uch 

qal‟a demakdir.       

Xorazmning  yirik  va  juda  mashhur  toponimlaridan  biri  Xivadir.  Xiva  shahri 

XVI asrdan to 1920 yilgacha Xiva xonligi poytaxti vazifasini bajarib kelgan.  

Ya. G‟ulomov, “Xiva, - deb yozadi Maqdisiy, -sahro chegarasida bo„lib, katta 

shahardir,  undan  daryodan  chiquvchi kanal oqadi,  obod  jome  masjidi  bor.  Yog„och 

eshiklari  va  xandag„i  bo„lgan  Kardaronxos  va  Xazorasp  ham  xuddi  shu  shaharga 

o„xshaydi

74

 ” 



Xiva  so„zi  birinchi  marta    X  asrda  arab  geograflari  asarlarida  keltiriladi. 

Yoqutning  yozishiga  qaraganda,  bu  shaharni  “Xivaq”  deb  yozganlar;  xalq  uni  XIX 

asrda “Xiva”, hozirda esa “Xiva” deb yuritishadi.   

Xiva  noma‟lum  muallif  tamonidan  X  asrda  yozilgan  “Hududul-olam” 

kitobida “Xiv” tarzida keltirilib, shaharcha, devorlari bor, Gurganjga qarashli ekanligi 

bayon etiladi

75



Xivaq (yoki Xiva) – Gurganjdan 15 farsaxda joylashgan qal‟a-shahar. Xivaq 



ham o„z davri uchun yuksak madaniyati va boy bozorlari bilan ajralib turgan. Xivaq, 

Xorazm  davlatida  aholisi  islomning  shofiiya  mazhabiga  kiruvchi  yagona  shahar 

bo„lib,  Yoqut  al-Hamaviyning  guvohlik  berishicha,  Xorazmdagi  boshqa  shaharlar 

                                      

72

Абулғози, Шажарайи турк, Тошкент:. “Чўлпон”, 1992, 156-бет.  



73

 Хакимова С, Жуманиязов Ў, Нуржонов К, Сафоев П, Хонқо тарихи, Урганч, “Хоразм”, 1995, 13-бет. 

74

Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи.  -Тошкент:.“Ўзбекистон фанлар академиясининг нашриѐти”, 



1959, 150-бет. 

75

Ҳудуд ул-олам, -Тошкент:. “Ўзбекистон”, 2005, 22-бет. 




aholisi islomning hanafiya mazhabiga kirganlar.  

Yetmishinchi  yillarning  boshlarida  Xorazmga  tashrif  buyurgan  jahongashta 

sayyoh Tur Xeyerdal Xiva shahri haqida shunday yozadi: “Men dunyoning juda ko„p 

tarixiy  shaharlarini  tomosha  qilish  baxtiga  musharraf  bo„ldim:  Rim,  Afina,  Qohira, 

Singapur... Lekin ularning hech biri menda bunchalik o„chmas taassurot qoldirmagan 

edi. Xiva xuddi kaftda joylashgan mo„jizaday kishini o„ziga maftun qilib qo„yadi

76

”. 


Haqiqatdan  ham  Xiva  osmono„par  minoralari-Sharq  me‟morchiligining  noyob 

durdonalari bilan jahonda o„z o„rniga ega bo„lgan tarixiy shaharlardan biridir.   

Birinchi  prezidentimiz  I.A.  Karimov  Xivaning  2500  yilligiga  bag„ishlangan 

tantanada:  “Xiva  – bizning jonli tariximiz, bu dunyoga kelib ketgan qancha-qancha 

saltanatlar  guvohi,  yurtimizning,  xalqimizning,  millatimizning  mislsiz  o„tmishidan, 

ota-bobolarimizning dahosidan, ma‟naviy mulkimizning buyuk iqtidori va qudratidan 

dalolatdir

77

”, degan edi. Bu so„zlar qanchalik to„g„ri ekanligiga tarix guvoh. Shunday 



ekan, Xiva nomi qanday kelib chiqqan, nima degan ma‟noni bildiradi?    

Xiva toponimi to„g„risida xalq tilida bir necha afsonalar mavjud. O‟zbekiston 

Fanlar 

Akademiyasi 

Sharqshunoslik 

institutining 

qo„lyozmalar 

fondida 


saqlanayotgan  “Dili  g„aroyib”  nomli  asarda  shunday  deyilgan:  “Xivaq-Xivaning 

qadimiy  nomi  Ramul.  Muni  bino  qilgan  Som  ibn  Nuhkim,  otasining  kemasiga 

o„xshatib  solg„on  va  kemaning  andozasig„a  barobar  va  xolo  Xivaqg„a  nisbat 

berurlar...”. Bu bildirilgan fikrlarda jon borga o„xshaydi. Chunki Arkka chiqib shahar 

arxitekturasiga  nazar  solinsa,  xuddi  kema  singari,  shahar  ham  ellipis  shaklda 

qurilganiga ishonch hosil qilasiz.  

Xalq orasida yana bir afsona mavjud bo„lib, “Nuh payg„ambarning o„g„li Som 

o„z  qabilasi  bilan  ketib  borayotganida  bir  qir  ustiga  chiqib  uxlaydi  va  tushida  uch 

yuzta mash‟ala ko„targan askaralarni ko„radi. Uyg„ongach, tushini yaxshilik alomati 

deb, bu joyga belgi qo„yadi va yana yo„liga ravona bo„ladi. Ikkinchi marta kelganida 

shu  yerda  bitta  chashma  qazib  suv  chiqaradi.  Shundan  keyin  bu  chashmadan  suv 

ichganlar,  lazzatlanib,  “evox”,  “xe-vox”  deb  xitob  qilgan  emishlar.  Ana  shundan 

                                      

76

 Нуржонов К, Хоразм тарихидан лавҳалар, -Урганч, “Мураббий”, 1992, 29-бет. 



77

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиѐт йўлида, 6-том, -Тошкент:. 1998.  




chashmaning ismi Hevaq deb ataladigan bo„ladi va keyinchalik chashmani qum bosib 

ketmasligi uchun uning atrofiga saksavuldan devor yasab qo„ygan”, - deyiladi.     

Xiva toponimi to„g„risida turli xil talqinlar bildirilib kelinmoqda. Z.Do„simov 

Xivak toponimi  Xiuva  + ak  shaklida  yasalgan  bo„lib,  “kichkina qishloq”  ma‟nosini 

anglatadi

78



Akademik  A.  Muhammadjonov  Xiva  toponimini  shahar  yonidan  oqib 

o„tadigan  Polvonyop  nomi  bilan  bog„laydi  (katta  arna).  Polvonyop  yozma 

manbalarda Heykonik tarzida keltirilgan. Heykonik etimologiyasi esa uchta so„zdan 

tashkil  topgan.  “Hey”(Xar)-  katta,  “kon”  suv,  “ik”  esa  daryoning  kichik  tarmog„i 

demakdir.  Demak,  Xiva  toponimi  “daryoning  kichik  tarmog„i  bo„yidagi  shahar”  

ma‟noni  anglatadi

79

,  deb  ta‟kidlaydi.  Biz  ham  shu  fikrni  qo„llab  quvvatlagan  holda 



Xiva aslida, gidrotoponim ekanligini aytib o„tmoqchimiz.   


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish