78
Дўсимов.З. Хоразм топонимлари, -Тошкент:. “Фан”, 1985, 25-бет.
79
Муҳаммаджонов А, Об этимологии ”Хива” и гидронима “Палваняп”., Ўзбекистонда ижтимоий фанлар,
1997, 7-8 сон, 9-13-бет.
2.2. Xorazm o’rta asrlar aholi manzillari toponomikasining Xorazm
tarixini o’rganishdagi o’rni.
Xorazm o‟rta asrlar aholi manzillari toponomikasini o‟rganishda etno-
antropotoponimlarga bo‟lib o‟rganish maqsadga muvofiqdir. Etnotoponimlar juda
uzoq davrning mahsuli bo„lib, bir necha asrlardan beri saqlanib kelmoqda.
O‟zbekiston hududida shu kungacha juda ko„plab qabila va xalq nomlari saqlanib
qolgan. H.Hasanov keltirgan quyidagi nomlar bunga misoldir.
Andi Mang„it Turk Qiyot
Arab Mochoy Uyg„ur Qipchoq
Axtachi Ming Uyshon Qirq
Baliqchi Mitan Xitoy Qurama
Barlos Mo„g„ul Chandir Qo„ng„irot
80
Bayot Nazarbek Chimboy
Do„rmon Nayman Yuz
Jaloyir Nukus Urchin
Kenagas Olot Qangli
Kerovchi Ochamoyli Qarluq
Kushon Sayot Qatag„on
Laqay Sirg„ali Qashqa
Bulardan tashqari qozoq va turkman xalqlarining urug„lari nomi bilan
ataluvchi nomlar ham ko„plab uchraydi. Bu faqat o„zbek xalqining qozoq va turkman
xalqlari bilan juda qadimlardan boshlangan tarixiy aloqasi bilan izohlanadi.
Bu xalqlar qadimdayoq siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda bir-biri bilan
bog„liq bo„lgan. Shuning uchun ham qozoq, turkman xalqlari tarixini o„zbek xalqi
tarixi bilan ajralmas holda o„rganmoq kerak.
Etnotoponimlarni tekshirar ekanmiz, etnik nomlarning atalish usullari va
prinsiplari, shuningdek ularning toponimlarga munosabati masalasiga tio„xtali o„tish
lozim.
80
Ҳ.Ҳасанов, Ўрта Осиѐ жой номлари тарихидан. 10-бет.
Ayrim tadqiqotchilarning ta‟kidlashicha, qabilaning nomi, chamasi ko„pincha
tasodifiy suratda paydo bo„lgan, ongli suratda tanlab nom qo„yish kamroq bo„lgan:
qabilaning o„ziga bergan nomi boshqacha bo„lgani holda qo„shni qabilalar tomonidan
mazkur qabilaga berilgan nom bora-bora uning doimiy nomi bo„lib qolar edi, bunday
hodisalar ko„p bo„lib turgan.
Demak, qabillar nomi mazkur qabilaga xos xususiyatlar asosida vujudga
kelgan.
Qabilaga nom berishda avvalo shu qabila vakillarining soni, ya‟ni ko„p yoki
kamligi asosiy omillardan biri bo„lgan. Shuning uchun ham ko„pgina nomlar sanoq
sonlar bilan ifodalangan: Ming, yuz, qirq, to„qson. Shuningdek, mo„g„ul tilidan
kirgan etnonimlar ham sonlar bilan ifodalangan. Mang„it (Myangaat - ming);
Do„rman (do„rba - to„rt), Nayman (nayma - sakkiz) va boshqalar.
Qabilanlarning nomlanishida yana bir xarakterli xususiyat shuki, nomlar
ko„pincha boshqa biror qabila yoki urug„ tomonidan beriladi. Qabila nomlari asta-
sekin o„sha qabilalar mazkur qabila yashagan joyni shu qabila nomi bilan atay
boshlaydi. Keyinchalik qabila nomi joy nomiga aylanib qoladi.
Demak, qabila nomi joy nomidan oldin paydo buladi. Etnotoponimlar shu
nom bilan ataluvchi xalq yashayotgan yoki yashab ketgan hududdagina paydo
bo„ladi.
Xullas, O‟zbekiston toponimiyasida etnotoponimlar asosiy o„rinni egallaydi
va joy nomlarining ma‟lum bir qatlamini tashkil etadi.
Xorazm etnotoponimlari asosida yotgan so„zlar lisoniy jihatdan tahlil
qilinganda, ular etnolingvistik jihatdan eroniy (qadimgi sug„d, fors-tojik,
xorazmiy-fors), turkiy, arab va mo„g„ul tillariga masubligi ayon bo„ladi. Shuning
uchun biz ularni tarixiy jihatdan tekshirishga va ayrim etnotoponimlarni tarkibini
o„rganishga xarakat qildik.
Agar siyosiy tariximizni ko„zdan kechiradigan bo„lsak, o„tgan davrlarda
turli bosqinchilar xarbiy yurishlar qilishgani va bosib olib o„z tili va madaniyatini
singdirishga xarakat qilganliklarini kuzatishimiz mumkin bo„ladi. O‟zbek tiliga
qadimgi davrlarda fors-tojik tili, O‟rta Osiyo arablar tomonidan fath etilgandan
keyingi davrda (VIII-IX asrlar) arab tili, keyinchalik mo„g„ullar xukmronligi
davrida (XIII-XIV asrlar) mo„g„ul tili o„zining sezilarli ta‟sirini o„tkazgan.
Demak, mana shunday halqlarni tillari qorishishi Xorazm toponimiyasida
ham o„z izini qoldirgan. Shu sababli ham bu yerdagi etnotoponimlar tarixiy-
etimologik jihatdan turli tillarga mansubdir.
Xorazm toponimiyasida kelib chiqishiga ko„ra turkiy hamda mo„g„ul
tillariga mansub bo„lgan etnotoponimlar salmoqli o„rin tutadi. Ularning ayrimlari
haqida to„xtalib o„tamiz.
Arg„in etnotoponimi. Arg„in ham turkiy qabilalaridan biri hisoblanadi.
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida Arg„in deb ataluvchi qishloq mavjud.
Arg„in etnonimi, ko„pgina manbalarda arg„u tarzinda uchraydi. Arg„u
so„zini Maxmud Qoshg„ariyning “Devoni lug„at-ul turk” asarida uch ma‟nosi
keltiradi. Arg„u – qabila urug„ nomi; arg„u – ikki tog„ orasi, Tiroz va Balasog„un
orasidagi shahar nomi. Chunki u ikki tog„ orasidadir; arg„un uzunligi yarim gaz
keladigan sichqon jinsidagi bir jonivor, devor yoriqlaridan chumchuqlarni ovlaydi,
qo„yga otilsa go„shtini sarg„aytiradi, uyqudagi odamga otilsa, u kishining siydigi
tutiladi, deb izohlangan
81
.
A.Abdurahmonovnnig fikricha, bu etnonim ikki qismdan tashkil topgan:
ar+g„in. Ar o„zagidan bir necha ma‟nodagi so„zlar tarqalgan
82
. A.Abdurahmonov
ar so„zining ikkinchi, ya‟ni “qarama-qarshi tomon”, “ort tomon”, “orqa” ma‟nolari
arg„in etnonimining etimoniga yaqin kelishini aytadi. Etnonimning ikkinchi qismi
ma‟nosini izohlashda, mo„g„ul, qalmoq tillarida “odam”, “kishi” ma‟nolarini
anglatuvchi “xun” so„ziga ham asoslanadi.
S.Kenesbayev bilan T.Jonuzoqovlarning tadqiqotlarida ham arg„in
etnotoponimining
etimonini
quyidagicha
talqin
qiladi:
arqag„un to„da, olomon, yig„indi” kabi ma‟nolarni anglatgan.
Demak, arg„un etnotoponimining o„zagi ar emas, balki arg„udir. Arg„in
81
Қошғарий М. “Девону луғат ул турк”, 3-том, -Тошкент:. “Фан”, 1963, 142-148 бет.
82
Абдураҳмонов А. Қозакстон этнотопонимикаси, А:. “Филм”, 1979, 94 бет.
etnonimi “qabila birlashuvi”, “qabila ittifoqi”, “ko„p qabila” kabi ma‟nolarni
bildiradi. Qishloq nomidan kelib chiqib aytadigan bo„lsak, bu joyda bir necha
urug„ yoki qabilalar birlashganligidan dalolat beradi.
Alchin (Olchin) etnotoponimi. Xorazmda Alchin elati (Xonqa), Alchin
ovuli va Alchinburga (Gurlan), Alchinko„l (Shovot) kabi nomlar mavjud. Bu
etnotoponimlarga asos bo„lgan so„z aslida urug„ nomi bo„lganligi aniq. Olchin
so„zining etimoni tadqiqotchilar tamonidan turlicha izohlangan. Bu borada
Yu.Zuyev fikricha, boma, xela so„zlarini alat, ala-at (olot, ola ot), deb tushuntiradi.
Qadimgi matnda “bu elda yilqining bari ola, shuning uchun xalq oti ham shundan
olingan” deb ko„rsatilgan.
Demak, Yu.Zuyev alachin//alchin etnonimining etimonini ala (ola) +
“chin” (mo„g„ulcha shaxs bildiruvchi affiks) deb izohlaydi.
S.Kenesbayev bilan T.Jonuzoqovlarning fikricha, qadimgi qabila nomi
alazon ikki mustaqil lisoniy o„zakdan tashkil topgan: ala + zon. Ala so„zi ko„pgina
turkiy tillarda “katta”, “ulkan”, “buyuk” ma‟nolarida uchraydi. Etnonimning
ikkinchi qismi hisoblangan zon so„zi esa mo„g„ul, tungus-manchjur va shuningdek,
turkiy tillarda “xalq”, “qabila”, ma‟nolarini anglatadi
83
.
Demak, olchin “katta qabila”, “qabilalar uyushmasi” ma‟nolarini
bildiruvchi etnik atamadir. Bundan chiqdi, Shovot tumanida joylashgan Alchinko„l
etnotoponimi ma‟nosi ko„l yoqasidagi katta qabila ekanligini anglatadi.
Qo„ng„irot
etnotoponimi.
Xorazmda
Qo„ng„irat
(Yangibozor),
Shirinqo„ng„irat (Gurlan), Qo„ng„iratla: yan (Xazorasp) kabi joy nomlari uchraydi.
Turkiy filologiyada bu etnonimnnig etimologiyasi haqida turli xil
mulohazalar bildiriladi. Xususan, Z. Navshirvonov bu so„zni ikki qismga ajratib
izohlaydi: qong„ur-“kulrang, to„q jigarrang” ma‟nosini ifodalasa, -at mo„g„ulcha
ko„plik affiksi deb qaraladi.
A.Abdurahmonov Qo„ng„irot urug„ining kelib chiqishini shu qavmga
mansub suvoriylarning qo„g„ir otga minib jang maydoniga chiqishlari bilan
bog„liq bo„lsa kerak, deb faraz qiladi. Chunki o„tmishda har bir qabilaga mansub
83
Кенесбоев С, Жумузоқов Т. О лексических пластах онамастики казакского языка,- Баку., 1976, 83 бет.
jangchilarning maxsus xarbiy libosi bo„lmaganligi sababli, ularni boshqa jamoa
askarlaridan farqlash uchun bir xil rangli otga mindirib janga kiritish rasm bo„lgan.
Bundan tashqari ayrim sardorlar o„z askarlarini dushman jangchilaridan ajratish
uchun bir xil rangli bosh kiyimidan foydalanishgan: qizilbosh (boshiga qizil ro„mol
tortib chiqqan) qabi atamalar shu tariqa kelib chiqqan. S.Amanjolov esa qo„ng„irot
so„zi sof turkiy o„zakdan yasalgan etnik atama bo„lib, totemistik qarashlar bilan
aloqador deb hisoblaydi.
Qo„ng„irot so„zi xaqida keltirilgan yuqoridagi kabi fikrlarga T.Nafasov
xalq etimologiyasi deb qaraydi. U Qo„ng„irot so„zini qadimgi turkiy so„z deydi-yu,
lekin uning etimonini qarg„a ma‟nosini anglatuvchi mo„g„ulcha kerey so„zi bilan
bog„laydi. Uning fikricha, Qo„ng„irot etnotoponimining rang bildiruvchi qo„ng„ir
so„ziga aloqasi yo„q. U bu so„zni mo„g„ulcha xun kerey (qora qarg„a, qarg„a kishi)
so„zlarining qo„shilmasi, ya‟ni xun + kerey + t > xunkereyt > xunkirat > qo„ng„irat
> qo„ng„irot deb izohlaydi. So„z oxiridagi -t affiksi esa kishilar guruhining
jamligini, kishilar jamoasini bildirgan
84
.
Qo„ng„irot etimonini rang yoki qarg„a ma‟nosini bildiruvchi xun kerey
so„zlariga bog„liq bo„lishi mumkin, lekin, bizningcha, qo„ng„irot etimoni balkim,
miloddan avvalgi III asrdan to milodiy III asrgacha mavjud bo„lgan Qang„ davlati
nomi bilan bog„liqdir. Ya‟ni qo„ng„irot asli qang„li + ot bo„lib, ot ko„shimchasi
ko„plikni anglatadi. Ehtimol, Qang„ davlatining ko„p sonli urug„i deganidir.
Xorazmda qo„ng„irot nomi bilan ataluvchi joy nomlari anchigina. Shulardan biri
Xazorasp tumanida joylashgan Qo„ng„iratla: yan bo„lib, la: yan mahalliy shevada
tomon, taraf degan ma‟noni bildiradi. Demak, Qo„ng„iratla: yan etnotoponimi
qo„ng„irot urug„i joylashgan tarafdir.
Ma‟lumki, o„zbeklarning ajdodlari eroniy tilda so„zlashuvchi aholi bilan
qadimdan birga yonma-yon yashab kelgan, ular bilan yaqin madaniy-etnik
munosabatga kirishgan. Qadimgi manbalarning guvohlik berishicha, hozirgi turkiy
qabilalar yashab turgan joylarda ilgarilari forsiy tilda so„zlashuvchi aholi yashagan.
Jumladan, Xorazm vohasi aholisining qadim ajdodlari bo„lmish xorazmiylar tili
84
Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати, -Тошкент:. “Ўқитувчи”, 1988, 261-262 бет.
ham eroniy tillar oilasiga mansub bo„lgan. Bu tilning qoldiqlari xudud shevalari
leksikasi va toponimiyada ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Jumladan,
Xorazmda Mitan va Katli kabi qadimgi sug„d tiliga mansub bo„lgan
etnotoponimlar uchraydi.
Mitan – qadimgi urug„ nomi bo„lib, Eron va O‟rta Osiy xalqlari tarkibida
uchraydi. O‟zbek mitanlarining aksariyati XIX asrning oxiri XX asrning
boshlarida Zarafshon daryosining o„rta oqimida istiqomat qilgan.
Hozirda Xorazmda Mitan Hazoraspdagi qishloqlardan birining nomi bo„lib,
Qo„ng„irotda Muytan, Gurlanda Matanla tarzida uchraydi. O‟rta asrlarda
Xorazmda Ardaxushmitan, Raxushmitan kabi nomlar mavjud bo„lgan. Mitan so„zi
“qo„rg„on, qal‟a yoki shahar” kabi ma‟nolarida keladi. Mitan etnonimini
aloqadorligini qayd etgan Z.Do„simovning aytishicha, O‟rta Osiyo toponimlaridagi
bu element fors tilidagi maetxana “yashash joyi, uy, urug„” ma‟nosini bildiradi deb
hisoblaydi
85
.
O‟zbek adabiy tili leksikasida aslida arabcha bo„lgan anchagina so„zlar
uchraydi. Arabcha so„zlarning o„zbek tilida mavjud bo„lishi o„tmishda O‟rta Osiyo
xududining arablar tomonidan fath etilishi va buning tarixiy-ijtimoiy oqibatlari
bilan bog„liqdir.
Arablar 715 yilda Xorazmni fath etganlar va har bir qishloqqa o„z
noiblarini qo„yganlar. Ana shu noiblar joylarda hukmronlik qilganlar va mahalliy
aholi orasida islom dinini targ„ib qilganlar. Shu sababli noiblar hukmronlik qilgan
joydagi ayrim kishilar o„zlarini arablar, xo„jalar deb ataganlar.
Arablarning O‟rta Osiyoga kirib kelishi toponimiyaga unchalik ta‟sir
ko„rsatmagan bo„lsa-da, nomlar orasida arab tiliga xos so„zlar ham uchraydi.
Madir (Xonqo), Sheyxlar, Saidlar (Xazorasp), Shexbog„i, Xo„jalar (Yangiariq),
Seyitxodja kabi nomlar shular jumlasidandir.
Bu nomlar arablar tamonidan qo„yilganmi yoki mahalliy aholining ijodimi
ekanligi masalasida aniq bir fikr aytish qiyin. Chunki nomlar kim tomonidan,
85
Дўсимов З. Историко-лингвистический анализ топонимии Хорезма: Дис. док. фил. наук. -Тошкент:. 1989,
31-32 бет.
qanday asosda berilganligi unutilgan. Shu sababli bu etnotoponimlarni
o„zlashtirilgan nomlar deb qat‟iy aytish ham qiyin. Ular arab tilidan o„zbek tiliga
toponim-atoqli ot sifatida kirib kelmagani aniq. Shu tufayli bu toponimlarni
asosida mavjud bo„lgan ba‟zi lug„aviy birliklar haqida to„xtalib o„tamiz.
Yuz/Djuz (Yuz) atamasining kelib chiqishi haqida ham turli qarashlar
mavjud. Yuz (uz) – yirik o„zbek qabilalaridan biri.
Etnogenez ma‟lumotlari yuzlarning kelib chiqishi Dashti Qipchoq
o„zbeklari bilan bog„liq ekanligidan dalolat beradi, chunki yuzlarning tarkibidagi
ko„pchilik urug„ nomlari Dashti Qipchoqdan XV-XVI asrlar davomida
Movarounnahrga kelib joylashgan o„zbek qabilalari tarkibida ham uchraydi.
Xorazmda bu nom bilan yuritiluvchi quyidagi toponimlar mavjud: Yuzavul
(Yangibozor), Djuz (Xo„jayli) va h. k.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, “juz” arab tilida “qism, bo„lak”
ma‟nolarini anglatadi. S.Amanjolov ham bu so„zni “tananing muayyan bir qismi
yoki bo„lagi” ma‟nosidagi arabcha so„zdan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Bunga
qozoqlardagi uli juz-katta yoki bosh bo„lak, o„rta juz-o„rta bo„lak, kichi juz-
kichkina bo„lak kabi qabilalarni misol qilib keltiradi. Fikrimizcha yuz so„zining
“qism, bo„lak” ma‟nolarini anglatishi to„g„riroqdir.
Xorazmdagi Shiyx etnotoponimi ham arabcha Sejx “keksa, hurmatli va
ahloqli odam; jamoa, qabila boshlig„i; erkaklar ibodatxona boshlig„i” ma‟nosidagi
so„zdan olingan.
Shuningdek, Seyit (Sayid) etnotoponimi ham arabcha Said “janob,
xo„jayin” ma‟nosidagi so„zdir.
Qayd etilgan arab elementlarining hammasi ham arablarning bosqinchiligi,
istilosi bilan bog„liq bo„lmasligi mumkin. Ayrim so„zlar eron-arab munosabatlari
orqali ancha ilgari eron tiliga o„tgan va shu orqali boshqa O‟rta Osiyo halqlari
tillariga tarqalgan.
Demak, Xorazm etnotoponimlari tarkibidagi ma‟lum miqdorda arabcha
so„zlar ham mavjud bo„lib, ularning ko„pchiligi diniy tushunchalar bilan bog„liq.
Tadqiqotlar shuni ko„rsatadiki, Xorazm etnotoponimlari orasida Bangi,
Qaysar, Kareys, Yapon, Xitoy, Nemis kabi boshqa tillarga xos bo„lgan so„zlar va
ular asosida yasalgan toponimlar uchraydi. Shunday qilib, Xorazm etnotoponimlari
tarixiy-etimologik jihatdan turli tillarga mansub so„zlardan yasalgan bo„lib, o„ziga
xos xususiyatlarga ega. Bular orasida hali qaysi tilga mansubligi aniqlanmagan bir
qancha so„z va nomlar mavjud bo„lib, ularni kengroq va chuqurroq o„rganish
Xorazm aholisining o„tmish zamonlardagi tarixiy aloqalarini aniqlashda, bu
vohada yashovchi xalqlar etnogenezini yoritishda muhim manba bo„lib xizmat
qiladi.
O‟lkamiz toponimlarini o„rganishda Abulg„ozi Bahodirxonning «Shajarai
turk» va «Shajarai tarokima» singari asarlari ham qimmatli manbalardan sanaladi.
Ushbu asarlarda turkiy qabilalarni kelib chiqishi haqida qimmatli ma‟lumotlar
hamda afsona va rivoyatlar mavjud. Asarda o„zbek xalqi tarkibiga singib ketgan
qarluq, uyg„ur, qipchoq, kirayit, nayman, mo„g„ul, qo„ng„irot, do„rmon, bayot,
joloyir kabi etnonimlarni kelib chiqishi qisqa tarzda bayon etilgan. Bundan
tashqari bu asarda ayrim toponim va gidronimlarni kelib chiqishi tarixi hamda
etimologiyasi haqida qiziqarli mulohazalar bildirilgan. Shunday qilib, «Devonu
lug„otit-turk», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Boburnoma» kabi asarlar
o„lkamiz va undan tashqaridagi toponimlarni o„rganishda qimmatli va qiziqarli
ma‟lumotlarni beruvchi manbalardir.
O‟zbekiston tarixi fanini o„qitishda etnotoponimik materialdan foydalanish
ham dars sifatini yanada yaxshilashga ko„maklashadi.
7-Dars O‟zbekiston tarixi darsida “Etnik jarayonlar va o„zbek xalqining
tashkil topishi” deb nomlangan mavzuni o„tish jarayonida yuyechji. Xunni,
xiyoniy, qarluq, o„g„uz, jikil, yag„mo kabi etnonimlarni uchratishimiz mumkin.
yoki bo„lmasa, 7-Dars “Amir Temur davlatining ma‟muriy va hududiy tuzilishi”
mavzusida barlos, arg„in, jaloyir, tulkichi, duldoy. Mo„ng„ul, sulduz, tug„oy,
qipchoq, arlot, tatar, tarxon kabi etnonimlarga duch kelamiz. Ma‟lumki, o„zbek
xalqi tarixan ikkita yirik etnik guruh – o„g„uzlar va qipchoqlardan iboratdir. Darsda
ularning nomi etnografiyasi haqida ma‟lumot berish ancha yaxshi samara beradi.
Kishi nomlarining geografik nomga aylanishi keng tarqalgan lingvistik
hodisa bo„lib, onomastikada juda o„rin tutadi.
Antropotoponimlar ham etnonimlar singari uzoq davrning mahsuli, bu
nomlarning ham ildizi davr xususiyati bilan bog„liqdir.
Lekin antrotoponimlar davr o„tishi bilan o„z xarakterini o„zgartiradi. Garchi
eskirgan antropotoponimlar ob‟ektining biror shaxsga qarashliligini yoki uning
faoliyati bilan bog„liqligini bildirsa, so„ngi davrda vujudga kelgan nomlar bugungi
kundagi xalq ruhiyatini ifodalangan.
Demak, toponimlarda ham xalq psixologiya, dunyoqarashi va ijtimoiy
muhit ta‟siri ma‟lum darajada aks etadi.
Bizga ma‟lumki, kishi nomlari jamiyat taraqqiyoti bilan bog„liq holda,
jamiyat a‟zolarining tabaqalanishi mehnat va mahsulot taqsimoti mulk
formalarining kelib chiqishi va shu kabi qator faktorlar asosida vujudga keladi
86
.
chunonchi, o„zbek tilida qator kishi nomlari tarkibidagi boy, qulxon, xo„ja, Said,
beka so„zlari xalq hayotining turli davrlari, o„z davridagi tengsizlik, tabaqalanish,
hokim-tobelik munosabatlarining tildagi tarixiy izlaridir.
Aholining ishlab chiqarish sharoiti ya‟ni xo„jalikning qaysi sohasi bilan
shug„ullanishi, kasbi, mashg„uloti ham antropotoponimlarda aks etgan. Shularni
nazarda tutib antropotoponimlarni bir necha gruppaga ajratish mumkin:
a)Kasb-hunar va mashg„ulot nomlarini ifoda etuvchi toponimlar; Ma‟lum
hududdagi aholining yashash usulini ifodalaydi:
Temirchilik, Zargarlik, Attorlik, Kavushbozor, Namatbozor, Qoshiqchilik,
Egarchi, Taqachi, Do„ppichi, Sovunchi, Kasplar, Baliqch, Bezchi, Novvoy,
Chelakchi va hokazo.
b) Antropotoponimlarning katta bir qismi xalqning diniy e‟tiqodi bilan
bog„liq holda vujudga kelgan:
Hazrati Imom, Zangiota, Shayxan-Taxur (Shohontavur), Sultonim kabi.
86
Э.Бегматов, Антротопонимика узбекского языка, Автор.канд.диссерт. -Ташкент, 1965, стр.25.
Xalqning diniy e‟tiqodi bilan bog„liq nomlar ko„pincha «buva» yoki «ota»
komponentlari bilan yasalgan. Bu so„zlar qo„shilgan toponimlar «qadamgoh»
joylarni, shuningdek mozorlarni bildirgan:
Abdulla buva, Oxunbuva, Polvon ota, Avliyo ota va boshqalar.
v) Antropotoponimlarning boshqa gruppasi kishilarning laqablari asosida
vujudga kelgan. Ma‟lumki, uning xarakteri, xususiyati, shuningdek, antropologik
tuzilishi qabilalarga qarab qo„yiladi:
Bangi, Beshyomon, Qoxo„r, Avmas, (tanbal), Quyboq, (Xorazmda) kabilar.
Bu nomlarning oldida shaxs oti bo„lgan. Lekin vaqt o„tishi bilan ular tushirib
qoldirilib, faqat laqab qolgan.
g) Antropotoponimlarning bir qismi ma‟lum davrdagi davlat tuzilishi, shu
vaqtdagi mansab, kishilarning xon saroyidagi mavqei va shunga o„xshash bir
qancha faktorlar bilan bog„liqdir:
To„raqal‟a, Mingboshi, Mahram, Hokimtepa; Xorazmda Otaliq, Inoq,
Diyvonbegi, Darg„ajam(darg„a – kema boshlig„i) kabi nomlar uchraydi.
Demak, antropotoponimlar O‟zbekiston toponimiyasida asosiy o„rinlardan
birini egalllaydi va ular xalq urf-odati, diniy va estetik qarashlari kabi muhim
faktorlarni o„zida aks ettiradi.
Dovut - qishloq. Xorazm viloyati Qo„shko„pir tumanida. Mahalliy xalq
afsonasiga ko„ra bu yerda Hazrat Dovud dafn qilingan emish. Shu sababli qishloq
uning nomi bilan D o v u t deb atalgan. Qishloq yaqinida Dovutning qabri ham
bor. Haqiqatan Dovud (Bibliyada-David) tarixiy shaxs bo„lib, eramizdan avvalgi
X asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan.
Keyinchalik uning o„g„li Sulaymon (Bibliyada-Salomon) hukmronlik qilgan.
Diniy kitoblarda, jumladan Bibliya rivoyatlarida va Qur‟onda Xudodan kitob olgan
payg„ambarlar sifatida talqin qilinadi. Shu rivoyatlarga asoslanib ruhoniylar
ko„pgina joylarda ularning «mozori»ni vujudga keltirganlar. Shu tariqa Xorazmda
ham Dovutning qabri vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |