Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy XIX asr Xorazm adabiyotining yuksak



Download 276,48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2022
Hajmi276,48 Kb.
#349696
Bog'liq
Muhammadrizo Ogahiy



Muhammadrizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy XIX asr Xorazm adabiyotining yuksak

siymosi sifatida ma'lum va mashhurdir. U sermahsul va serqirra ijodkor. Ogahiy

shoirlik iste'dodi, tarix-navislik salohiyati, tarjimonlik mahorati bilan o'zbek madaniyati

ravnaqiga munosib hissa qo'shgan atoqli madaniyat arbobidir.

Ogahiyning tarjimai holi. Shoirning ismi Muhammadrizo, otasining oti Erniyozbek,

Ogahiy uning adabiy taxallusidir. Muhammadrizo 1809-yili 17-dekabrda Xiva shahri

yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida tug'ildi. Bolalik va o'smirlik yillarini Qiyotda

o'tkazdi, ibtidoiy ta'limni ham shu yerda oldi, keyinroq yuqori tahsilni Xiva

madrasalarida davom ettirdi. Bolaligidayoq otasi vafot etganligi sababli, amakisi

shoir Munisning qo'lida tarbiya topdi. Ogahiyning kamolatga erishuvida amak isi,

ustozi shoir Shermuhammad Munisning ham roli borligi tayin. Biroq 1829-yili Ogahiy

amakisidan ham ayriladi. Shu vaqtdagi Xiva xoni Olloqulixon Ogahiyni Munisning

o'rniga bosh mirob etib tayinlaydi. Shu vaqtdan boshlab Ogahiy xalq hayoti va saroy

ishlariga bog'landi. Munis tarbiyasini olgan Ogahiy miroblik faoliyatini boshqarishda

ham amakisidek adolat tomonida turdi. Ogahiy kamtarlik va kamsuqumlik bilan ish

olib bordi, hamisha raiyat tomonida bo'ldi, xalq dardini o'z dardi deb bildi. Bu esa har

doim ham xon va xon atrofidagi saroy ahllariga ma'qul bo'lmagan. Shoirning o'zi ana

shu miroblik davridagi sertashvish hayoti haqida "...goho podshoh xizmatining

taraddudi bila ko'nglumda ming g'am, goho vazir mulozamatining tajassumi bila

jonimda yuz alam" deydi. Shoir shunday hayotiy kechinmalarini nazmga ham soladi:

Kichiklikdin tushub boshimg'a kulfat,

Zamone bo'lmadim beranju mehnat

Ko'ngilda yer tutub yuz nav1 qayg'u,

Bo'lub ko'zga yorug' olam qorong'u.

Bosh miroblik o'z davrida yuqori mansab sanalgan. Ogahiy ana shunday yuqori



mansab egasi bo'lsada, boy-badavlat yashamagan. Buni quyidagi misralaridan ham

bilish mumkin:

Yer yuzida Ogahiy chun yo'q sango bir kulcha yer,

Barcha umringda na hosil aylasang miroblig'.

Ogahiy hayoti ijtimoiy va ijodiy ishlar ila qaynayotgan bir paytda, aniqrog'i, 1845-yilda

miroblik yumushi bilan safarga chiqqan paytda otdan yiqilib, oyog'i shikastlanadi.

Shundan keyin u oqsoq bo lib qoladi. Bu vaqtda shaxsiy hayotida ham noxushlik ro'y

beradi, shoirning umr yo'ldoshi vafot etadi. Shoir qalbi ham jisman, ham ma'nan

jarohatlanadi. Shu voqealardan keyin 1857-yil Ogahiy miroblik vazifasidan iste'fo

beradi. Qolgan urnrini faqat ijodga bag'ishlaydi.

Ogahiy 1874-yili oltmish besh yoshida vafot etadi.

Shoirning ijodiy merosi. Ogahiy — serqirra va sermahsul ijod sohibi. Uning shoir,

tarjimon, tarixchi sifatidagi xizmatlari beqiyosdir. Ogahiyning she'riy merosini tashkil

qiluvchi "Ta'viz ul-oshiqinf( fOshiqlar tumori") majmuasi mumtoz adabiyotimiz

zahiralaridagi eng mo'tabar va qimmatli devonlardan. (Mazkur devon Xiva xoni va

shoiri Muhammad Rahimxon Feruzning taklifi va rahnamoligida tuzilgan.) Ogahiy

tarjimon sifatida ham talay ishlarni amalga oshirdi. U forsiy tilda bitilgan juda ko'p

tarixiy va badiiy asarlarni o'zbek tiliga mohirlik bilan o'girdi. Chunonchi, Mirxondning

"Ravzat us-safo" ("Jannat bog'i"), Muhammad Mahdiy Astrobodiyning "Tarixi Jahon

kushoyi Nodiriy", Zayniddin Vosifiyning "Badoe' ul-vaqoe"' ("Go'zal voqealar"),

Mahmud binni Shayx Ali G'ijduvoniyning "Miftoh ut-tolibin" ("Bilim oluvchilar kaliti"),

Muhammad Muqim Hirotiyning "Tabaqoti Akbarshohiy", Muhammad Yusuf

Munshining "Tazkirayi Muqimxoniy", Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy"

("Yaxshixulqlar"), Kaykovusning "Qobusnoma", Muham mad Vorisning "Zubdat

ul-hikoyot", ("Hikoyalar qaymog'i"), Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Abdurahmon

Jomiyning "Yusuf va Zulayho", "Salomon va Ibsol", "Bahoriston", Amir Xusrav

Dehlaviyning "Hasht behisht" ("Sakkiz jannat"), Badriddin Hiloliyning "Shoh va gado",

Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar" ("Yetti go'zal") kabi tarjima asarlari bilan Ogahiy




o'zbek tarjima adabiyotini boyitdi. Ogahiyning tarixnavislik faoliyati ham diqqatga

sazovar. Uning tarixnavisligiga mansub "Firdavs ul- iqbol" ("Baxt bog'i") (bu asarni

1839-yilda amakisi Munis boshlagan, Ogahiy uni yozib tugatadi), "Riyoz ud-davla"

("Jannat bog'lari") (1844), " Zubdat ut-tavorix" ("Tarixlar qaymog'i") (1846), "Jome

ul-voqeoti sultoniy" ("Sulton voqealarining yig'indisi") (1847-1855), "Gulsham davlat"

(1859-1860), "Shohidi iqbol" ("Baxt shohidi") (1860) asar lari mamlakatimizdagi

o'tmish voqealarni real aks ettirgan tarixiy hujjatlardir. Bu asarlar faqat XIX asrdagi

tarixiy voqea va hodisalarni o'rganishdagina emas, balki shu davrdagi adabiy-madaniy

muhitni tekshirish va yoritishda ham muhim rol o'ynovchi man-ba hisoblanadi. Ogahiy

ijodining qaynagan davri Xiva xonligini Muhammad Rahimxon Feruz boshqargan

davriga to'g'ri keladi. Feruzgacha ham, Feruz davrida ham adabiy anjumanlarning

bosh sarvari Ogahiy bo'lgan, shuningdek, shoh Feruzning ustozi ham Oga hiy bo'lgan.

Bu haqda shoh va shoir Feruz iftixor ila shunday yozgan:

Komil ersam nazm aro Feruzdek, ermas ajab,

Ogahiydur she'r mashq aylarda ustodim mening.

Darvoqe', Ogahiyning bu davrda saroy adabiy muhitida yetakchi siymo ekanligini

ko'rsatuvchi yana bir dalil bor. Feruzni taxtga chiqishi munosabati bilan Ogahiy bir

ta'rix va bir qasida bitadi. Yosh hukmdorga ham qutlov, ham nasihat tarzidagi bunday

pandnomani Ogahiychalik hech kim qoyilmaqom qila olmas edi. Bu, ayni paytda,

Ogahiyning yuqori saviyasidan hamda ustoz ijodkor darajasiga ko'tarilganidan darak

beradi. Uning 15 mis-radan iborat forsiy tildagi "Tarixi julusi Sayid Muhammad

Ra-himxoni Domi iqbola" sarlavhali ta'rixi va 92 bayt (184misra)li "Ayo, xusravi

ma'dalat dastgoh" satri bilan boshlanuvchi qasidasi ham shoir ijodiy merosini

to'ldiradi. Qolaversa, uning ijtimoiy-adabiy jarayonning faol, harakatchan vakili

bo'lganlini dalillaydi.

Ogahiy lirikasi. "Ta'viz ul-oshiqin" devoni. Ogahiy mohir tarjimon, zo'r tarixchi bo'lishi

bilan birga el suygan lirik shoir ham edi. Uning 18000 misra nazm javohirlari

jamlangan "Ta'viz ul-oshiqin" devoniga kirgan she'rlari ijtimoiy mazmun salmoqdorligi

nasihatomuz o'g'itlarni mujassamligi, satrlar silsilasida bedilona falsafa hukmronligi

bilan oJzbek adabiyotida badiiy xazina sifatida qadr tolib kelmoqda. Shuningdek,




shoirning o'zi devon debochasida o'z nazmining inohiyati haqida quyidagilarni yozadi:

"...Toza she'r tafakkuri bodasin ichib, goho o'zimga keldim, goho o'zimdin ketdim. Va

har hoi bilan necha muddatlar ko'p mehnat va mashaqqatlar chekib, aksari ash'orimni

jam etib devon suratida bir necha avroq suturiga bitdim. Chun borchasi dardi rshq

o'tining harorati bila og'ishta va shavqu muhabbat asarining siroyati bila sirishta va

oshiqlar g'amining taskiniga sabab va dardmandlar alamining tahfifiga mujib erdi.

Lojaram, agar ishq va dard ahlining qo'liga tushsa, ta'viz yanglig' ixloslari bo'yunlarig'a

osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangez mazmunlari dorusidin ishq

bemorliqi marazig'a nav'i shifo topar erdilar". Demak, Ogahiy she'rlari — oshiqlar

qalbiga yaqin, g'amiga taskin, dardlariga shifo, bo'ynilariga tumor. Shoirning istagi

ham shu edi, shuning uchun ham u devonni "Ta'viz ul-oshiqin", ya'ni "Oshiqlar tumori"

deb atadi. Shoir o'zi aytganidek,

Ogahiy, dilso'z nazmingni eshitsa ahli ishq,

Bo'ynig'a tavizdek aylarlar ash'oringni band.

"Ta'viz ul-oshiqin"da sharq mumtoz adabiyotining o'n to'qqiz janridagi asarlar

mujassam. Ular 470 g'azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba', 4

musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma', 4 chiston, 2

muammo, 4 masnaviy, 1 bahri ta'vil, 1 munojot, 1 savol-javobi oshiq va ma'shuq, 20

ta'rix, 19 qasidadan iborat. Devonda 1300 misradan ortiq forsiy she'rlar ham uchraydi.

Devondagi she'rlarning mavzu ko'lami keng. Unda davr va ahli davr hayotining tasviri

real lavhalarda berilgan:

Xarob o'lsun ilohi gumbazi davvori charxi dun,

Ki doim davri kajdur, tavri shum, hayati vojgun.

Aning kajmvligi tasiridindur bu jahon ichra,




Jafo ahli hamesha xurram-u ahli vafo mahzun.

Ul gado holig'a rahm et, ey g'anikim, kechalar

Qochurub uyqusin aylar diydasin giryon sovuq.

Lirik qahramon siymosi orqali umumxalq dard-u hasratini izhor qilar ekan, davr va

davr elidan norozi bo'ladi, natijada shoirning tushkun, hazin kayfiyati baytlargada

ko'chadi. Ogahiy inson taqdiriga munosabat masalalarini kuzatar ekan, ijodkor va

iming ijodi, hunarrnand va uning hunari qadrsizligidan kuyunadi:

Har damda адат so'zdin yuz durr-u guhar sochsang,

Bir ko'hna xazaf chog'liq topmas el aro qiymat

Yoki:


Ko'r Ogahiy hunaru fazl qadrsizlig'ini,

Ki qotg'oli oshig'a topmas ahli donish do'g'.

Hayotni ziyraklik bilan kuzatgan shoir bu paytlarda jamiyatdagi tengsizlikdan, har

narsa va har kim o’z o'rnida emasligidan, ilm ahlining kamsitilib, e'tiboran chetda

qolganidan, aksincha, savodsiz va badavlat kimsalar esa hurmat-izzatdaligidan

g'ashlanadi:




Odam uldur bu jahon ahli aro,

Qaysi hayvorming esa Simu zari.

Kirmagay zarsiz kishilik soniga,

Sadiy o'lsun fazl aro yo Anvariy.

Shoir zamona ziddiyatlari, zo'ravonligi, adolatsizligi bilan murosa qilolmaydi. Ter

to'kib ishlamay, mehnatkashlar hisobiga kayf-safo qilib hayot kechiruvchilarni qoralar

ekan, ranju mashaqqatlarga giriftor bo'lgan zamondoshlarining og'ir ahvolidan

achinadi:

Tarab bazmi aro bekorlar doim qilib ishrat,

Hamesha xizmat ahli mubtalodur ranj-u mehnatg'a.

shunday "bekor'lar, nodonlar aysh-ishratda, e'zozdaligini, "ahli donish", "tab'i raso"

kishilar xorlikdaligini har qadamda uchratgan Ogahiy bu mavzuga qayta-qayta

kuyunib murojaat qiladi:

tfodon aziz-u, muhtaram-u, lek xordur,




Har odameki donish-u tab'i rasosi bor.

Lekin shoir bunday "aziz-u muhtaramlarni oddiy insonlardan hech qanday farqi

yo'qligi, tashqi ko'rinishi, kiyim-kechagi va shuningdek, befahm va befarosatliligi

bilangina farq qilishini quyidagicha tasvirlaydi:

Agar uryon esa shoh-u gado jismi barobardur,

Tafovut bu ikovga aylagan izhor xil'atdur...

Ogahiy tashqi "xil'at'ga zeb bergan nodonlarni ustidan kulib, "sen, avvalo zohiringni

emas, botiningni tuz, qalbingni go'zal qil, uni pokla, ezgulikka to'ldir, ana shunda bu

abadiy go'zallik oldida sening bu o'tkinchi chiroying hech narsadir" degan fikrlarining

nazmdagi talqini tubandagicha:

Ko'p o'lma zohir ото Ogahiy kel, botiningni tuz,

Ki botin tuzgan elning olida bekor xil'atdur...

Shular bilan bir qatorda Ogahiy ijodiyotida odob-axloq masalalarida, navoiyyona

taraqqiyparvarlik qarashlarini ilgari suruvchi pandnomalar ham mavjud:




Bas kishi kim oqil-u dono durur,

Fahmu xirad birla tavono durur.

Gar amaling bo'lmasa ne foyda,

Barcha so'zung bo'lg'usi befoyda...

Mazkur misralardan Ogahiy mumtozlarimizdan, ayniqsa, ulug’ Navoiydan ko'p

bahramand bo'lganini bilish mumkin. Bu haqda shoirning o'zi ham tan olib, shunday

yozadi:

Ogahiy kim topgay erdi sozi nazmingdan navo,

Bahra gar yo'qdir Navoiyning navosidin sango.

Haqiqatan, shoir iftixor ila ta'kidlaganidek, bu ulug’ zotga ergashish, undan iqtibos

olish, she'rlariga nazira bitish, Navoiy ning nazm maktabida charxlanish va

sayqallanish barcha o'zbek mumtoz shoirlari kabi Ogahiyning ham orzusi bo'lgan.

Shoir o'zi orzu qilgandek, ijodi jarayonida Navoiyning ijodiy dahosidan keng ta'lim va

ilhom oldi. Ustoz baytlariga yondosh navoiyyona ruhdagi baytlar bitdi.

Navoiy:

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,

Aylamas to'ti takallum shakkaristondin judo.



Ogahiy:

Gungu lol o'lsam ne tong shirin kalomim topmayin,

So'z degaymu to'ti o'lgan chog'da shakkardin judo.

Mumtoz adabiyotimizda nodir hodisalardan yana biri, Oga hiy Alisher Navoiyning

"Bo'lmasa, bo'lmasun, netay" radifli g'azaliga nazira bitadi. Nazira bitishning taomili

shuki, unda bir shoir boshqa bir shoirning g'azaliga o'xshatma, monand yoki teng

kuchli asar bitishi lozim bo'ladi. Ogahiy Navoiydek ulug' allomaning:

Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,

Gar g'amima shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay, —

matla'li g'azalidagi vazn, qofiya, radif kabi shakliy-badiiy xususiyatlarni aynan saqlab,

undagi badiiy vositalar, so'z va iboralar dan ham foydalanib, Navoiyning shu g'azaliga

xos va mos na zira asar yaratadi. U shunday boshlanadi:

Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay,

Ohima ham shumora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay




G'azal ishq mavzusida. Ashk — ko'zyosh, kanora — qirg'oq, humora — adad, sanoq.

Demak, oshiq ma'shuqa hajrida shun day ko'zyosh to'kadiki, ko'zyoshlari to'lib-toshib

qirg'oqlarga chicrik ketadi. Chekkan ohlarining ham adadi yo'q.

Oshiq ma'shuqasi yo'lida haddu hisobsiz ko'z yosh to'kib, ohu nola cheksa ham,

ma'shuqa beparvo. Boshqalarga "lutf" ila boqqan mahbuba oshiq tomon "qahr" bilan

bo'lsa ham bir qiyo boqmaydi:

Hаr dam ulusg'a lutf ila boqg'usi, qahr ila vale

Mem sori bir nazora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.

Mag'rur ma'shuqa barcha ishq ahli dardiga chora qiladi, ammo uning ko'yida

sarg'aygan bechora oshiq dilining dardiga chora qilmaydi:

Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur, vale maning

Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa, bo'lmasun, netay.

G'azal shu tariqa yuksak ehtiros bilan davom etadi. G'azaldagi oshiqona mazmun,

ohang va ayj hech bir nuqtada pasaymaydi, aksincha, yuqorilab boraveradi. Bu

o'rindagi baytlar badiiyati ham she'rning daraja miqyosini ko'taradi. Ishq tug'yonlari

quruq va qoyjiroq emas. Shoir she'rdagi mubolag'a (birinchi baytda mubolag'aning

ig'roq turi qo'llangan) va tazodlarni ataylab badiiy san'at sifatida qo'llamaydi,

oshiqning ishq haroratidan to'kilgan "so'z"lari san'at bo'lib seziladi. Shuning uchun

ham bu asar ishq tuyg'ularin tarannum etuvchi go'zal, o'lmas obida bo'lib yashab

kelmoqda, kuyga solinib, qo'shiqqa aylanib, shuhrat qozonganining ham boisi ana

shunda.



Ogahiy she'riyati — voqelikning har turini qamrab olguvchi qomusiy she'riyat. Unda

hayotning har bir nafasiga aks-sado bor. Shoir tabiatni sevdi va uni tiniq, ta'sirchan

taronalarda taran num etdi:

Bo'd shod-u xurram, ey ko'ngulkim, mavsumi navro'z erur,

Shohi kavokib adlining ayni jahoni afro'z erur.

Ro'yi zamin sar to qadam andoq tarovatlar topib,

Kim, rashk o'ti tobi behisht ahliga toqat so'z erur.

Ogahiy she'riyatida ana shunday bahor, gul, navro'z mavzuidagi, hattoki, shu so'zlar

radii o'rnida keltirilgan g'azallar talaygina topiladi.

Ogahiy ijodiyotida an'anaviy ishq mavzusi alohida o'rin tutadi. Shoir bu mavzuni o'ziga

xos yo'sinda badiiy inkishof etdi, lirik qahramonlar — oshiq va mahbuba obrazlari ham

pishiq ishlangan. Ogahiyning ishqiy lirikasida oshiqning nozik his-tuyg'ulari

o'zifodasini topgan:

Ey joni g'amgin, mujdakim bu kecha jonim kelur,

G'uncha dahonu gul badan sarvi ravonim kelur.

Oshiqona g'azallarida shoir oshiq qalbning dardu iztiroblarini keng ko'lamli va

mukammal qilib ifodalaydi. Lirik qahramon sevgida sobit, hijronda sobir, ahdida qat'iy,

ishq yo'lidagi har qanday jabr va sinovlarga shay:




Адат ming javr qilsang dardi ishqing tarkin etmon kim,

Bo'lur shavqi fuzunroq necha kim cheksa jafo oshiq.

Qilurman yetsa sandin har jafou javr yuz ming shukr,

Ki qilmoqdur shikoyat yor javridin xato oshiq,

Agar javr et va gar ehson, na qilsang komim uldurkim,

Rizoi yorsiz hech ishni qilmas muddao oshiq.



Download 276,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish