Darg`on (Darg`om) – cho`lga yaqin balandlikdagi shahar. Yoqut Hamaviy
Marvdan Gurganjga kelayotganida, bu yerda 616- yil ramozon oyida(1219 y.
noyabrda) bo`lgan edі.
Govshfanj - Gurganjdan 20 farsah olisdagi chiroyli, gavjum shahar. Yoqut
Hamavіy bu yerda 616 (1219) yіlda bo`lgan.
Kat (yoki Qiyos, Qiyot) - Gurganjdan 20 farsah olisdagi katta shahar.
Yoqut Hamavіy bu yerda ham 1219- yіlda bo`lgan.
Nuzkat - Gurganj yaqinidagi shaharcha.
Hazorasp- muѕtahkam qal‟a va go`zal ѕhahar. Bozorlarі va raѕtalarі ko`p.
Yoqut Hamavіy bu yerda ham 1219 yіlda bo`lgan.
Sayyoh olіm bundan taѕhqarі o`ѕha vaqtda Xorazmga qaraѕhlі
Shuburna(Suv burnі), Saraquѕta, Mang`qіѕhloq ѕhaharlarіnі eѕlab o`tadі.
Manbalarga ko`ra, oxіrgі іkkі xorazmѕhoh (Takіѕh va Muhammad) davrіda
qіѕhloqlar va nohіyalarda ekіnzorlar ko`p edі. Bu јoylarda paxta, qovun-tarvuz,
turlі mevalar yetіѕhtіrіlardі. Mo`g`ullar іѕtіloѕі arafaѕіda bu yerga kelgan Yoqut
Hamavіy “Xorazmdan ko`ra go`zalroq gullab yaѕhnagan yerlarnі ko`rmadіm”, deb
yozgan edi. Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm viloyatida suv
kam,atrof cho`llar bіlan o`ralganі uchun har qarіch yerga ekіn ekіlar edі. Yer oѕtі
ѕuvlar ko`plіgіga qaramay, Amudaryonіng har іkkala ѕohіlі bo`ylab yamyashil
ekinzordan iborat qishloqlar bir-biriga tutashib ketgan edi. Xorazm vohaѕіnіng har
bіr qіѕhlog`іda bozor bor edі. Bozorѕіz qіѕhloq kam bo`lardі. Daryoga yaqіn
bo`lganі uchun har bіr ekіnzor ѕuv toѕhqіnі xavfіnіng oldі olіnіb, daraxtlar va
butalar aralaѕh devor to`ѕіqlardan іborat to`g`on bіlan to`ѕіlgan edі. Suv har yіlі
toѕhganіda, har yіlі bu to`g`onlar haѕhar yo`lі bіlan yangіlanar edі. Xorazmnіng
ko`pgіna yerlarі Amudaryonіng Gavho`ra nahrі (kanalі) ѕuvі bіlan ѕug`orіlardі.
Nahr chuqur bo`lіb, unda kemalar qatnardі. Manbalarda Xorazm vіloyatіdagі
qіѕhloqlar haqіda ma‟lumotlar јuda ko`p.Yoqut Hamavіy faqat ba‟zі qіѕhloqlarnі
12
Ёқут Ҳамавий. Муъжам ал-булдон. 80-бет. Яна қаранг: Хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди
(Даври, маданий ҳаѐт, манбалар) -Тошкент: Фан, 1999. 24-бет.
ѕanab o`tadі: Harur, Gaznіz, Muborak, Navbog`, Farnіfaѕon, Bof, Zamaxѕhar
(maѕhhur alloma Abul Qoѕіm Mahmud Zamahѕharіy Јarulloh tug`іlgan qіѕhloq).
Arab tarixchisi Tabariy arablar bosib olganda Uch shahar -Kat, Xozorasp
va Urganch bo`lganligini aytib o`tadi.
Istahriy 930-933 yillarda Xorazmdagi shaharlarni sanab o`tar ekan
Xorazmda Kas, Darg`on, Hozarasp, Xiva, Xushmisan, Ardaxushmisan, Safardis,
Nuzbr, Kardaronxos, Kardor, Barategin, Mazminiya, Jurjoniya, (Gurgani) kabi 13
ta nomni tilga olgan.
985-yilda Xorazmga kelgan arab muallifi Al- Maqdisiy voha shaharlarini 32
bo`lganini yozadi. Amudaryoning o`ng sohilida Kas Gardman, Oyxon, Arzaxiva,
Nukfag, Kardar, Mizdahqon, Jasira, Sadvar, Zardux, Barategin, Madkaminiya:
chap qirg`og`ida joylashgan Jurjoniya (Gurgani), Nuzvar, Zamaxshar, Ruzund,
Vazarmand, Vaskaxankas, Raxushmisan, Madamisan, Xiva, Kardaronxas,
Hozarasp, Jigarband, Jaz, Darg`on, Sadvar, Masasan, Kardar, Andarston kabi
shaharlar borligini ko`rsatgan. Bundan tashqari Xorazmga borgan yo`llarda,
Sho`raxon, Xas, Nuzkat, Darson, Juvikan, Amir, Barabsar, Vardar, kabi aholi
punktlari bo`lganligi ta‟kidlanadi. Xorazmda shaharlarning paydo bo`lishi
dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanashi bilan bog`liq bo`lib ayniqsa
sun‟iy sug`orish jarayoni kengayishi unga kuchli turtki bergan. “Hozaraspdan
boshlab Jayhun qirg`oqlarida kanallar qazilgan”,- deb yozgandi Al Istahriy. Ular
orasida Hozarasp kanali ham bo`lib, uzunligi jihatidan u Gavhara kanalining
yarmiga teng keladi. Keyin esa Hozaraspdan ikki farsah masofa Kardaronxos
kanali bo`lib, u Hozarasp kanalidan kattadir. Undan so`ng Xiva kanali keladi va u
Kardaronxosdan katta undan kemlar to Xivagacha qatnab turganlar”. Shaharlarning
o`sishi mamlakat umumiy iqtisodiy taraqqiyotida muhim tomonlardan biri bo`lib,
yangicha asosda yuksala boshlagan. Xorazm shahar sivilizatsiyasining atrofdagi
dashtlar va uzoqdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanayotgani
va kengayib borgandan dalolat beradi. Xorazmlik savdogarlar, xuddi qadim
zamonlardagidek Turkmaniston va G`arbiy Qozog`iston o`rni bo`lgan dasht
ko`chmanchilari bilan Volga bo`yi Xozariya (keyinchalik Dashti Qipchoq) va
Bulg`or bilan nihoyat, sharqiy Yevropadagi keng slavyanlar olami bilan savdo-
sotiq aloqalarini kuchaytirgan.
X asr yuqoridagi hududlar bilan savdo-sotiq munosabatlari kengayganligi
to`g`risida va umuman xorazmliklar haqida Istahriy yozgandi: “Xorazm hosildor,
oziq-ovqati va mevalari ko`p shahar (madina),faqat yong`og`i yo`q. Bu yerda
paxta va jundan ko`p narsalar tayyorlanadi hamda bu narsalar uzoq-uzoq joylarga
eltiladi. Aholisining ajralib turadigan xususiyati boyligi va mardlik ko`rsatishga
intilishidir”. X asr oxirida yozilga “Hudud al-olam” asarining muallifi Kat shahri
to`g`risida quyidagilarni yozadi: “Shaharning boyligi katta. Bu yerdan yostiq jildi
,kiyim- bosh, ip gazlama, kigiz, qora uy, ruhbin (pishloqning bir turi chiqariladi”).
Al-Maqdisiy Bulg`ordan keltirilgan mollar qatori Xorazmning o`zida ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni ham ko`rsatib o`tgan: “Xorazmda uzum, mayiz ko`p
bodom mag`izi, kunjut, yo`l-yo`l kiyim boshlar, gilamlar, ko`rpalar, ajoyib
kimxob, ”mulxam” degan joyshab, qulf rangli kiyimlar, eng kuchli odamlar ega
oladigan kamonlar alohida bir xil pishloq, zardob, baliq tayyorlandi. Mo`g`ullar
istilosi arafasida Xorazmda bo`lgan mashhur arab sayyohi Yoqut al-Hamaviy
o`zining “Mujam al-Buldon “ (Mamlakatlar lug`ati) asarida shunday degan edi:
“Men u yerga 616-yili (1219-1220) borgan edim. Hech qayerda bunday gavjum
va yashnagan o`lkani ko`rmaganman. Ekinlari yoppasiga parvarish qilingan,
qishloqlari bir-biriga yaqin qatorlashib ketgan, alohida hovliyu chorbog`lari ko`p.
Dashtda ham qo`rayu qo`rg`onlar bor. O`lkaning dehqonchilik tumanlarida
parvarishlanmagan, noobod joyni topish qiyin. Yashil daraxtzorlar, ayniqsa
gujumi, tut ko`p, chunki ular (aholi) qurilish yog`ochlarga muhtoj, tut bargi eski
ipak qurtiga emdir. Uning barcha viloyatlarda yurasanmi, (aholi ko`pligi jihatdan)
buning farqi yo`q. Dunyoning hech bir yerida Xorazmdek farovon va aholisi
gavjum yurt bo`lmasa kerak. Xorazmning ko`pchilik aholi manzillari bozorlarga
hayotiy zarur narsalarga mo`l-ko`l rastalari ko`p shaharlardir. Bozori bo`lmagan
qishloq kamdan-kamdir. Bularning hammasi umumiy xavfsizlikda va tinchlik-
xotirjamlikda amalga oshmoqda”.
13
13
Ёқут Ҳамавий. Муъжам ал-булдон. 80-бет. Яна қаранг: Хоразмшоҳ Жалолиддин Мангуберди
O`rta asr fors tarixchisi Zakariyo Ibn Muhammad al-Qazviniyning
yozishicha: “Har bir shahar o`rtasi yana bir kichik shahar bo`lgan. Kichik
shaharni o`rtasi ko`handiz deb atalgan. Markazidaga kichik shaharlarni shahriston
yoki arabcha -madinat uz sug`ro (kichik shahar) deb ataganlar. Uni atrofi devor
bilan o`ralgan va bir necha darvozalari bo`lgan. Shahriston atrofida katta shahar -
madinat ul- kubro bo`lib u ham devor bilan o`ralgan va bir necha darvozalari
bo`lgan. Katta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog`lar, ularni tevaragi-
ekinzor, dalalar bor edi”.
1219 –yilda shaharda bo`lgan Yoqut Hamaviy: ”Men Gurganch kabi katta
va boy go`zal shaharni ko`rmadim”. -deb tahsinlar aytgan edi. Zakariya Qazviniy
esa Gurganch haqida so`z yuritar ekan: ”U Jayhun daryosi bo`yidagi juda katta
shahar va aholisi juda ko`p. Uni jannatdagi shahar va chimildiqdagi kelinchakni
qo`riqlaganday farishtalar qo`riqlaydi”.-deb yozgan edi.
922-yilda Xorazmda bo`lgan arab diplomati Ibn Fadlan “Ardaxushmisan“
bozorlari gavjum va aholisi farovon, katta shahar Ardaxushmisan Kat va
Gurganch oralig`ida joylashgan hamda Amudaryo bo`yidagi shahar bo`lib, unga
suv yo`li orqali boriladi.”-deb yozgan. “Hudud al-olam” asarida“ Ardaxushmisan
savdogarlarini to`planish joyi.- deb ko`rsatilgan. 1219-yilda Ardaxushmisanda
bo`lgan Yoqut Hamaviy, shaharni Suriyani yirik shaharlaridan biri-Nisibin bilan
tenglashtiradi. Ammo sayyoh Ardaxushmisan shahrini muhtashamroq, bozorlarida
mollari ko`p, aholisi ko`proq va badavlat ekanligini ta‟kidlagandi. Istahriy va
Maqdisiylar Ardaxushmisanni Xorazmni Kat (Kos) va Gurganchdan keyingi yirik
shahri sifatida ko`rsatishgan. Kosdan Jurjoniyagacha masofa uch kunlik yo`l,
Ardaxushmisangacha esa bir kunlik yo`l deb ko`rsatgandi Istahriy.
O`rta asrlardagi Xorazmning tasviru tavsiflari ko`pincha arab gegrafik
asarlarida uchraydi. Masalan, Ibn Xurdodbek (IX asr) o`zining “Kitob al-masolik
va al mamolik” (Yo`llar va davlatlar kitobi) degan asarida Xorazmning joyi
haqida deydi: “Chapda (chap sohilida) -Marvu Xorazmdir”. Bu kitobda o`sha vaqt
Xorazmdan va Kurdakdan olinadigan soliqlar to`g`risida qisqacha ma‟lumot bor:
(Даври, маданий ҳаѐт, манбалар)-Тошкент.: Фан, 1999.
”Xorazm bilan Kurdakdan 498 ming Xorazm dirhami “Kitob” muallifi Xorazm
hukmdorining unvoni, Jayhun daryosining Xorazm yerlaridan oqib o`tishi haqida
yozadi.
Xuroson viloyatlari ichida Xorazmni tilga oladi, uni chegara viloyatlari
orasida ham eslab o`tadi.
Xorazmning birmuncha tafsilotli tasvirini Ibn al-Fadlning (X asr) “Kitob al-
Buldan” (Mamlakatlar haqida kitob) asarida ko`ramiz. Bundagi tasvir ancha rang-
barng: muallif Xorazm mo`ynalari haqida gapirib she‟riy satrlar keltiradi.
Xorazmda qadimdan qolgan otashparastlar haqida gapirib ketadi, gohida esa
Kaspiydan Xorazmgacha tutash changalzorlar to`g`risida yozadi. Ibn al-Fadlan
bir donishmandning halifalardan biri huzurida turli mamlakatlar xalqlarini
ta‟riflagani haqidagi hikoyani ham keltiradi.
Xorazmliklar to`g`risida donishmand bunday degan ekan: “bular hech
qachon bosh egmaydigan, hammadan ko`ra ko`proq fidoyilikka moyil kishilardir...
Ibn al-Fadlan Xorazm iqlimi eng sovuq uchta o`lkaning biri deb hisoblaydi.
Xorazm haqida ko`p batafsil ma‟lumotlar bergan al-Muqaddasiy (X asr)
uni “Jayhun daryosining ikki sohilini egallagan yerlar” deb ta‟riflaydi va davom
etadi: “bu juda ko`p shaharlarga ega bo`lgan, yoppasiga obod, keng va muhtasham
bir o`lkadir...Son-sanoqsiz, uy-joy, tutash bog`lar, daraxtzorlar va ekinzorlar; uzum
sharbati siqadigan qurilmalar bor, meva mo`l, tijorat ahliga mol-hol bemalol.
Odamlari zukko-ziyrak,bilimdon,fiqhni bilishadi,iste‟dodli va ma‟rifatlidirlar.
Shundan keyin al-Muqaddasiy yana yozadi: ”Olloh ularga arzonchilik,
samarayu baraka nasib etgan, yaxshi va to`g`ri qiroat (Qur‟on o`qish) qobilyati,
o`tkir aqlu idrok ato qilgan. Ular mehmondo`st, yaxshi taomlarni xush
ko`rishadi, jangda mard va alpsifatdirlar”. Xorazm poytaxti Jurjoniya daryo
sohilidadir, deb yozadi al-Muqaddasiy. U Jurjoniyada al-Ma‟mun qurgan saroy
va uning chiroyli arklari haqida ham yozadi.
Mashhur geografik “Mujam al-Buldon”ning (Mamlakatlar lug`ati) muallifi
Yoqut al Xamaviy (XII-XIIII asrlar) Xorazm haqida Ibn al-Kalbiydan olingan
afsonani keltirib, keyin, manba sifatida Ptolomeyni eslab, Xorazm “oltinchi
iqlimga” joylashgan deya takidlaydi va shunga mos yulduzlar burjini ataydi.
Ammo sal narida Abu Avnning “Ziji”ga tayanib, Xorazmning “beshinchi iqlim”da
joylashganini aytadi va ancha boshqacharoq koordinatalarni ko`rsatadi.
Xorazm aslida shahar nomi emas viloyat nomi ekanini eslatib, Yoqut al-
Xamaviy uning poytaxtini Jurjoniya deb ataydi, so`ngra uning tarixini Xorazm
so`zining etimologiyasini tushintiradi: “Rivoyatlarga ko`ra bu yer shuning uchun
Xorazm deb atalgan emish: qadim podsholardan biri qandaydir sabab bilan,
O`zining to`rt yuzta fuqarosiga, ayniqsa, saroy ahliga darg`azab bo`lib, ularni
odam yashaydigan yerlarda yuz farsah uzoqlikdagi joylarga surgun qilib yuborgan
ekan. Bunaqa talabga to`g`ri keladigan birgina joy topilibdi, u ham bo`lsa Xorazm
shaharlaridan bo`lgan Qiyotning atrofida emish. Quvg`indilarni shu yerga olib
kelib, tashlab, ketishibdi. Ancha vaqtdan keyin podshoh ularni eslab, amaldorlariga
buyiribdi-qani bilinglarchi, ular nima bo`ldi ekan?! Amaldorlar borib ko`rishsa,
quvg`indilar o`zlariga hujra, kapa qurib olishibdi, o`tinlari ko`p, baliq ovlab yeb
yotishganmish. Amaldorlar so`rashibdi: “xo`sh ahvollaring qalay” “Tuzuk,-
deyishibdi baliqni ko`rsatib, mana go`sht bor, bu bo`lsa-o`tin, baliq qovurib
yeymiz”. Amaldorlar qaytib podshoga buni gapirib berishibdi. Shundan keyin
haligi joy Xvarizam deb ataladigan bo`libdi. Chunki Xorazm tilida “go`sht”ni
xavar, “o`tin”ni rizm deyiladi. Talaffuzda bitta “r” tushib qolib, Xvorizm, so`ngra
“Xorazm” bo`lib ketgan ekan
14
.
Shundan keyin Yoqut al–Xamaviy Xorazm va uning poytaxtini, odamlarning
urf-odati, tusi-qiyofasini tasvirlaydi. Xorazmliklarning kelib chiqishi masalasiga
alohida e‟tibor berib, Abdulloh al-Faqir, al-Muqaddasiy, al-Beruniy va boshqa
ko`p olimlarning fikrlarini dalil keltiradi.
Xorazm poytaxti Urganch haqida Yoqut al-Xamaviy bunday deb yozadi:
“Xorazm-shahar nomi emas, umuman o`lkaninng ismidir. Poytaxtga kelsak, uni
hozir yuqorida aytganimday, Jurjoniya deb atashadi. Mahalliy aholi esa uni
Kurkanch deb yuritadi. Kurkanch arab yozuvidagi “Gurganch”ning g`alati
o`qilishidan paydo bo`lgan albatta. Yoqut al-Xamaviy shaharning barpo etilish
14
Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”-Tашкент.1993 47-б.
tarixidan so`zlab, xorazmliklar haqida bunday deydi: “Bu o`lkada ular turar joy va
saroylar qurishgan, o`zlari ham ko`paygandan ko`payib, shu zaminda tobora
kengroq tarqalishgan. Shahar va qishloqlar barpo etishgan. Xurosonning yaqin-
yiroq shaharlaridagi aholi ular bilan hisoblashadigan bo`lib, ko`plari ko`chib ham
kela boshlagan. Shunday qilib, Xorazm xalqi ko`payib, nom chiqardi, Xorazm
gullab-yashnagan go`zal o`lkaga aylanadi. Men u yerga 616-yili (1219-1220)
borgan edim, hech qayerda bunday gavjum va yashnagan o`lkani ko`rmaganman.
Ekinlar yoppasiga parvarish qilingan qishloqlari qator tushgan, alohida hovliyu
chorbog`lari ko`p, dashtda ham qo`ran qo`rg`onlar bor. O`lkaning rustaklarida
(qishloq joylarida) parvarishlanmagan, noobod joyni topish qiyin. Yashil
daraxtzorlar, ayniqsa gujumu tut ko`p,chunki ular (aholi) qurilish yog`ochlariga
muhtoj, tut bargi esa ipak qurtiga yemdir. Qishloqdan o`tib borgan odam bilan
bozorda yurgan odamni sira farqli qilolmaysiz... Xorazmning deyarli hamma
shaharlarida mol-tovar ham do`kon rastalariga boy bozorlar bor, bozori bo`lmagan
qishloqlar kamdan-kamdir”
15
. “Parvarish qilinmagan yerni topish qiyin deya
o`lkaning obodonligini ta‟kidlab, Yoqut al-Xamaviy mo`g`ullar istilosidan oldingi
Xorazmni mana shunday ta‟riflagan.
Xorazm poytaxti Urganch shahriga maxsus maqola bag`ishlab, u bunday
deydi: “Urganch o`lka poytaxtining nomidir. Bu Jayhun sohilida joylashgan katta
shahar. Xorazm aholisi uni o`z tilida Kurkanch (Gurganch) deb ataydi, ammo bu
nom arabchalashib, bizda Jurjoniya deb talaffuz qilinadi...Men bu shaharni
mo`g`ullar zabt etib vayronaga aylantirganigacha 616-yil (121-1220) ko`rganman.
Nazarimda, bundan katta bundan ham boy va obod shahar hech qayerda
ko`rmaganman. Biroq mo`g`ullar bosib olgandan keyin buning hammasi tamom
bo`ldi. Shaharda mustahkamroq binolargina omon qolgan, aholini esa tamomila
qirib tashlashgan, deb eshitdim”
16
. Hozirgi arxeologik qazilmalar Yoqut al
Xamaviyning barcha ma‟lumotlarini tasdiqlaydi, sayyoh Xorazmga kelgan davrda
(XIII asrning yigirmanchi yillari) bu yerda ishlab chiqarish va madaniyat chindan
15
Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”. -Tашкент.1993, 63- б
16
Неьматулло Ибраҳимов. ,,Ибн Баттута ва унинг Ўрта Осиѐга саѐҳати”. -Tашкент.1993
ham yuqori darajada bo`lgan. Xorazm haqida o`zining “Ajoyib al-maqdur fi
navoib Taymur” (Temur sarguzashtlarida taqdir mo`jizalari) degan asarida Ibn
Arabshoh (1389-1450) ham hikoya qiladi: to “Ularning (xorazmliklarning)
poytaxti Jurjon shahridir... bu suhandonlar u yerda olimlar egardan tushadilar
(ya‟ni to`xtab o`tadilar), zukkolar ham shoirlar ham oshyon topadilar, zarifu
ma‟ruflar, ulug` zotlar kelib turishadi. Bu mutaziylarning tor chashmasidir...Uning
noz-ne‟matlari mo`l-ko`l, ezguliklar behisob...”
Ibn Battutaning zamondoshi al-Umariy ham “Kitob al-masolik al-absar va
mamolik al-amsar” asarida Xorazmni tavsiflab, don ekinlarini barcha turlarini, bu
yerda ishlab chiqariladigan hamma mollarni bir-bir sanaydi, Movorounnahr va
Xorazmda pul munosabatlari, narx-navo haqida, Urganch to`g`risida hikoya qiladi,
odamlarning xulqi-atvorini sinchiklab ta‟riflaydi: “Bu o`lkada don ekinlaridan
bug`doy, arpa, sholi va h.klar bitadi... har xil mevalar... eng yaxshi Buxoro va
Samarqand, navlari o`sadi, garchi Xorazmning o`z navlari yaxshi va
mazaliroqdir...”
Shundan keyin al-Umariy xorazmliklarning mehmonnavozligini maqtab
ketadi, mehmonxona va karvonsaroylarning ko`pligi, o`zi tushib ko`rgan Madrasa
to`g`risida yozadi: “Bu yurtga bir musofir kelib qolsa, o`rtada talash bo`lib, uni
yaxshiroq mezbon qilishga musobaqa boshlanadi, o`zgalar pulni to`plashga urinsa,
bular sarflashga zo`r beradilar”. Bu muallifning Urganch bozorlari haqidagi
hikoyalari Ibn Battutaning jonli, tabiiy bayonlariga zid o`laroq, ancha quruq;,
ishchan ruhda yozilgandir; Xorazm poytaxti Urganchdan tashqari bu shaharni ham
gohida Xorazm deb ataydilar o`lkaning hamma yerida narx-navo juda arzon. Don
narxi esa yo baland yoki o`rtacha bo`lib turadi, ammo arzon bo`lib turgani
ma‟lum emas. Go`sht esa g`oyat arzon...
17
”
Do'stlaringiz bilan baham: |