KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‟zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha
sohalarda bo„lgani kabi ilm-fanda ham katta muaffaqiyatlarga erishilmoqda. Shu
borada haqqoniy tariximizni yaratish yuzasidan O‟zbekistonning Birinchi
Prezidenti I.A. Karimov 1998 yilda bir guruh tarixchi va faylasuf olimlar bilan
bo„lgan uchrashuvda, “Modamiki, o„z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan
xalqni yengib bo„lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni,
millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish,
va yana bir bor qurollantirish zarur”, degan edilar
1
.
Shu sababli o„tgan 25 yil davomida tariximizning ajoyib sahifalari tarixchi
olimlar tomonidan tiklandi. 2013 yilda O‟zbekiston Birinchi Prezidenti farmoniga
ko„ra respublikamizdagi yashash punktlarining nomlarini qayta ko„rib chiqish
haqida farmon berildi. Shu munosabat bilan toponimlarni o„rganish ishi yana bir
bor jonlandi. Aslida joy nomlarini tekshirish, ularning vujudga kelish tarixini
o„rganish bizga ko„p narsalarni aniqlashga yordam beradi. Chunonchi, ma‟lum
hududda yashagan xalqlar, ularning urug„ va qabilalari haqida u yoki bu davlatning
ma‟muriy chegarasi yoki bo„linishini, shuningdek, shu hududda yashagan
kishilarning urf-odati, mashg„uloti kabi qator masalalarni aniqlashda muhim vosita
bo„ladi. Joy nomlari xalq tilining rivojlanish etaplari, unda yuz bergan turli
o„zgarishlar va umuman tildagi har xil ma‟noni anglatuvchi shakllar
evolyutsiyasini aniqlashda asosiy materiallardan biridir. Toponimlar geagrafik
obektning xususiyati, tabiiy sharoiti o„rni, umuman geomarfologik xususiyatini
juda aniq aks ettiradi. Masalan: Ko„kcha – “kichkina tepalik” kabi bir necha
toponimlarni keltirishimiz mumkin.
Toponimlardan dars o„tish jarayonida foydalanib, dars olib boradigan
bo„lsak, nazariy bilimlar o„quvchi yoshlarga shu toponimni ma‟nosi bilan aytilsa
ko„proq eslarida qolardi. Antarktika so„zini tushuntirish yoki yod oldirish ancha
Antarktika grekcha anti “qarama-qarshi” old qo„shimchasi orqali yasalgan bo„lib,
grekcha “arktikaga qarama-qarshi tamon” degan ma‟noni bildirishini, arktika
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Тошкент: “Шарқ”, 1998, 25-бет.
grekcha “shimolni” anglatishini aytish bilan o„quvchiga yer sharining ikki qutbi
haqida aniq tushuncha beriladi. Demak, Arktika – shimoliy qutb, Anti-arktika –
janubiy qutb ekanligini ravshanlashtiradi.
Dunyoda juda ko„plab shahar va qishloq, cho„l va tog„lar, daryo va dengiz
kabi ko„plab geografik obektlar mavjud bo„lib, ularning ko„pchiligi o„z nomlariga
ega. Bunday nomlar toponimlar
2
deb yuritiladi. Ularni ilmiy o„rganuvchi fan
toponimikadir. Xorazm toponimiyasi juda qiziq. Xorazm joy nomlari kam
o„rganilgan bo„lib, ko„pchilik tadqiqotchilarni diqqatini o„ziga jalb qilib kelmoqda.
Xorazm toponimlari juda qadim zamonlardan shu mintaqada istiqomat qilib
kelayotgan insonlarning yashash joylari (past tekislik, suv bo„yi, do„nglik yoki
tepalik), mehnat faoliyatlari bilan bevosita bog„langandir. Xattoki, XIII asrda
yashagan arab geografi Yoqut Hamaviy musulmon mamlakatlaridagi ko„plab
shahar va qishloqlarga ta‟rif berib, ko„pgina toponimlar tarkibida uchraydigan
obektni yoki uning belgi xususiyatini bildiruvchi so„zlarning izohini beradi.
Masalan: Kos – Xorazmda atrofi devor bilan o„ralgan qo„rg„on; Obod – shahar,
qishloq, rustaklar nomi tarkibida ko„p uchraydi (Cho„lobod, Yangobod, Begobod,
G‟ozovot); deh – qishloq degani, va boshqalar.
Ayniqsa,
Xorazm
tarixini
o„rganishda toponimlarning ahamiyati juda katta va bu mavzu hamisha dolzarb.
Do'stlaringiz bilan baham: