https://kun.uz/uz/news/2017/12/12/davlatlar-nomi-kandaj-kelib-cikkan
Davlatlar nomi qanday kelib chiqqan?
Davlat nomi uning aholisiga faxr tuyg‘usini singdiradi. Yetakchilar o‘z nutqlarida ulardan foydalanishadi. Biroq biz o‘z ismimizni o‘zimiz tanlay olmaganimiz kabi millatlar ham o‘z nomini meros qilib olgan.
Olimlarning tadqiqotlariga muvofiq, mamlakat nomlarining aksariyati to‘rt toifaga bo‘linadi:
a) geografik joylashuv;
b) mahalliy hududning o‘ziga xos xususiyatlari;
d) etnik guruh nomi;
e) tarixiy arbob nomi.
Bundan tashqari, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mamlakatlar o‘z nomlarini deyarli hech qachon xalq orasida ovozga qo‘yish orqali olishmaydi. Shu bois ularning tuzilmasi kamdan-kam holatlarda odamlar istagan milliy sifatlar bilan belgilanadi. Masalan, erkinlik, kuch-qudrat yoki adolat.
Toponimika, geografik nomlarni o‘rganish
"Amerika" yoki "Papua-Yangi Gvineya" deganda aslida nima haqida gapirayotganimizni aniqlash uchun Quartz portali ajoyib toponimik ma'lumotnoma — Jon Everett-Xitning "Jahon geografik nomlari bo‘yicha Oksford qisqa lug‘ati"ga murojaat qildi. Davlatlarni siyosiy tuzilmalariga ko‘ra toifalab chiqish uchun tan olingan 195 mamlakatning barchasi haqida bittalab ma'lumot to‘plandi. Shu bilan birga, endonimlar + mamlakatlarning o‘zi o‘ziga beruvchi va umumqabul qilingan nomlardan farqlanuvchi nomlar ham alohida ko‘rib chiqildi. Masalan, Xitoy o‘rniga Chjungo, Finlyandiya o‘rniga Suomi va h.k. Agar mamlakat o‘z tarkibida mavjud joy sharafiga nomlangan bo‘lsa - masalan, Chad davlati - Chad ko‘li nomidan kelib chiqqan yoki Jazoir o‘z tarkibidagi shahar Jazoir nomidan kelib chiqqan — dastlabki nom etimologiyasini tadqiq qilish uchun imkon qadar harakat qilindi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, ism va nomlarning kelib chiqishida ko‘pincha chalkashliklar bo‘ladi, shuning uchun bu masalada mutlaq aniqlik bo‘lishi qiyin. Ba'zan eng qiziq va jalb qiluvchi tarixlar shunchaki to‘qima bo‘ladi. "Xalq etimologiyasidan (nomlarning kelib chiqishini ularning jarangi yoki orfografiyasi jihatidan o‘xshashligi bilan izohlashga bo‘lgan harakatlar) ogoh bo‘ling", - deb yozadi Jon Everett-Xit. — "Afsonalar ko‘pincha manfaatni, kamdan-kam holatlarda esa — qadr-qimmatni ko‘zlaydi".
Quartz portali dunyo mamlakatlari nomlari kelib chiqishini 4 toifaga ajratdi.
I. Qabilalar, qirolliklar, etnik guruhlar
Shubhasiz, dunyo mamlakatlarining zamonaviy nomlari (aniqrog‘i, uchdan biri) biror qadimiy insonlar guruhidan olingan. Bunga yaqqol misol sifatida Yevropani keltirish mumkin. Fransiya nomi franklar, Italiya nomi - vitallardan, Shveytsariya nomi - Shvits kantonidan kelib chiqqan. "Texan minguk" — bu Janubiy Koreyaning koreyscha nomi. "Texan" - "Buyuk xon" degan ma'noni bildiradi va eramizdan avvalgi II asrgacha Koreya yarim orolida yashagan xonlarning uch qabilasidan kelib chiqqan. Vetnam vetlarning janubiy qabilasini bildiradi.
O‘tgan yuz yillikda dunyoning ba'zi mamlakatlari o‘z ildizlariga qaytishga harakat qildi: 1957 yilda Gold-Kost inglizlardan mustaqil bo‘lgan va XIII asrda parchalangan Ganu qadimiy imperiyasi nomiga qayta nomlangan.
Ba'zi mamlakatlar nomlari ularni boshqa odamlardan ajratib turuvchi belgilardan kelib chiqqan: 1984 yilda paydo bo‘lgan Burkina-Faso "rostgo‘y odamlar maskani" ma'nosini anglatadi. Ehtimol, Gvineya va uning "qarindoshlari" — Gvineya-Bisau, Papua-Yangi Gvineya, Ekvatorial Gvineya — tuareglarning aginaw ("qora odamlar") so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, Papua-Yangi Gvineya o‘z nomida Melaneziyada tug‘ilgan odamlarni tasvirlaydi. "Papua" - "jilvakor sochlar" ma'nosini bildiradi. "Gvineya" so‘zini esa ispaniyalik tadqiqotchi Inigo Ortis de Ritis taqdim etgan. U mahalliy aholini Afrika Gvineyasida yashovchi odamlarga o‘xshatgan.
Manba: Quartz
II. Hududning xususiyatlari
Dunyo mamlakatlari nomlarining chorak qismi o‘sha joyning hududiy belgilaridan kelib chiqqan.
Jazoir o‘z poytaxti - Jazoir shahri sharafiga nomlangan bo‘lib, u "sahrolar" degan ma'noni anglatadi. Chernogoriya endonimi Crna Gora "qora tog‘" deya tarjima qilinib, mamlakat janubi-g‘arbidagi Lovchen tog‘iga ishora qiladi. Islandiya haqiqatda muzliklar bilan qoplangan (ice — «muz» va land — «yer»), biroq tarixiy jihatdan bu to‘g‘ri emas. Everett-Xit o‘z lug‘atida bunga aniqlik kiritadi:
"Mamlakat taxminan IX asrda ilk skandinaviyalik ko‘chmanchilar tomonidan Islandiya deb nomlangan. Orolda nisbatan o‘rtacha yillik harorat kuzatilishiga qaramay, ular shu tariqa ehtimoliy bosqinchilardan himoyalanishgan".
Kosta-Rikaga qaysi tadqiqotchi nom bergani noma'lum, lekin bu mahalliy aholining oltin tashiyotganini ko‘rib, uning import qilinganini bilmagan Xristofor Kolumb ekanligiga doir taxmin bor. Ispaniyaliklar Gondurasga "chuqurlik" yoki "chuqur suvlar" so‘zlari ma'nosidan kelib chiqib nom berishgan. Barbados esa - uzun ildizli daraxtga ishora qilib, "soqollilar" yeri ma'nosini bildiradi.
Serra-Leonega portugaliyaliklar tomonidan nom berilgan bo‘lib, "arslon tog‘lar" ma'nosiga ishora qiladi - haqiqiy sherlar emas, Fritaun tepaliklari uzra ko‘p kuzatiluvchi momaqaldiroqlar tufayli shunday nomlangan. Singapur "arslon shahri" ma'nosini anglatadi, arslon boshi u yerda - milliy ramz. Shunisi qiziqki, Singapurda arslonlar yo‘q. Afsonalarga ko‘ra, Sumatra shahzodasi Sang Nila Utama Singapurda ovga chiqib, qandaydir yirtqichga duch kelgan va uni sher (singa) deb o‘ylagan - orol nomi shu tariqa kelib chiqqan.
Manba: Quartz
III. Joylashuv
Taxminan 25 mamlakat o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra nomlangan. Xitoy (Zhōngguó) - "o‘rta qirollik", Yaponiya endonimi Nippon esa - "kunchiqar mamlakat" ma'nolarini beradi. Bu yerda mantiq shundaki, Yaponiya Xitoyning sharqida, xitoyliklarning nuqtai nazarida quyosh chiquvchi yo‘nalishda joylashgan. Norvegiya — "shimoliy yo‘nalish".
Timor-Leste "sharqiy sharq" ma'nosini bildiradi. Nom Timur so‘zidan kelib chiqqan, Timur — malaychasiga "sharq" degani. Everett-Xitga ko‘ra, Timor Yava va Sumatra sharqida joylashgan, leste — portugalchasiga "sharq". Avstraliya "janubiy" ma'nosini anglatadi, zero mamlakat janubiy yarim sharda joylashgan va qadimiy yunonlar uni Terra Australis Incognita - "Noma'lum janubiy yer" deb atashgan.
IV. Tarixiy shaxslar
Yana taxminan 25 mamlakat biror bir muhim tarixiy shaxs sharafiga nomlangan - deyarli barcha holatlarda erkaklar nomiga, biroq istisnolar bor. Tilshunos-bloger Pol Entoni Jonsga ko‘ra, Sent-Lyusiya III asrda yashagan ayol sharafiga nomlangan.
Ba'zi mamlakat nomlarining kelib chiqishi oson: Filippin — XVI asrda yashab o‘tgan Ispaniya qiroli Filipp II, Boliviya esa venesuelalik inqilobchi Simon Bolivar sharafiga nomlangan. Mavrikiy XVI asrda yashagan niderlandiyalik amaldor Moris Nassau sharafiga qo‘yilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z nomini florentsiyalik sayyoh Amerigo Vespuchi ismidan kelib chiqib olgan. U 1400-yillar oxirida yevropaliklar tomonidan ochilgan qit'a Hindiston emasligini anglab yetgan. 1507 yilda kartograf Martin Valdzeyemyuller bu yerlarni - u vaqtlar Janubiy Amerikadan kelib chiqib, "ilk kashfiyotchi Amerigo sharafiga Amerika yeri yoki Amerika" deb nomlashni taklif qildi.
Kolumb, aftidan, biryo‘la sakkiz mamlakatda iz qoldirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Sent-Kits (Kits- Kristofer/Xristofordan qisqartma), Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadin (nasroniy avliyolari) nomlarining muallifligi unga tegishli hisoblanadi. Shu bilan birga, Kolumb Antigua va Barbuduni Santa-Mariya-de-la-Antigua va Trinidad cherkovi (Trinidad va Tobago tarkibida) — Muqaddas Uchlik sharafiga nomlagan.
O‘z navbatida, Kolumbiya Kolumb sharafiga nomlangan, biroq o‘zi tomonidan emas.
Chiroyli istisnolar
Nomlarining kelib chiqishi ko‘p bahslarga sabab bo‘luvchi taxminan 20 sirli mamlakat mavjud. Malta ham "boshpana", ham "asalarilar" ma'nosini bildirishi mumkin. Nepal uchun ko‘p variantlar taqdim etilgan, ularning birortasi ishonchli emas: "yangi davrning boshlanishi", "markaziy mamlakat", "muqaddas joy" va h.k. Suriya va Palau nomlari tarixi haqida esa deyarli hech narsa ma'lum emas.
Ba'zi mamlakatlar asosiy toifalarning hech biriga kirmaydi. Masalan, Sharqiy Afrika qirg‘oqlaridagi mitti Komor orollari arab tilidagi "al-qamar" so‘zidan olingan bo‘lib, "oy" ma'nosini bildirishi taxmin qilinadi. Meksika ham "oycha" ildizlarga ega: Metztlixihtlico ("Oy o‘rtasi") shahri nomini talaffuz qila olmagan ispanlar uni Meksika shakliga soddalashtirishgan.
Butanning ikkinchi nomi Druk-Yul, olimlarning taxminlariga ko‘ra, "dahshatli ajdar mamlakati" ma'nosini anglatadi, Liberiya esa — "erkin yerlar".
Eng ajoyib nom — Avstraliya shimoli-sharqida joylashgan Nauruda. U anáoero so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "Men plyajga ketyapman" degan ma'noni bildiradi.
Davlatlar nomida aks etgan ma`nolar
Yevropa mamlakatlari
1. Avstriya – nemischa "sharqiy mamlakat”
2. Albaniya – illiriycha "qishloqcha”
3. Andorra – baskcha "quruq hudud”
4. Belorussiya – ruscha "erkin” (Oltin O`rtadan erkin)
5. Belgiya – keltlar qabilasi "belgi” nomidan olingan.
6. Bolgariya – bolgar xalqi nomidan olingan.
7. Bosniya va Gersegovina – Bosna daryosi va vengercha "voyevoda” so`zidan olingan.
8. Buyuk Britaniya – britlar qabilasi nomidan olingan.
9. Vatikan – "fol ochish joyi” degan ma`noni bildiradi.
10. Vengriya – vengr xalqi nomidan olingan.
11. Germaniya – german qabilasi nomidan olingan.
12. Gibraltar – arab lashkarboshisi "Jabal-al Tariq” nomidan olingan.
13. Gretsiya – grek xalqi nomidan olingan.
14. Daniya – german qabilasi nomidan olingan.
15. Irlandiya – g`arbiy mamlakat.
16. Islandiya – muzli mamlakat.
17. Ispaniya – finikiycha "qo`yonlar qirg`og`i”
18. Italiya – "buzoqlar mamlakati” italyan qabilalari nomidan olingan.
19. Latviya – "Latviye” qabilalar nomidan olingan.
20. Litva – Letava daryosi nomidan olingan.
21. Lixtenshteyn – Lixtenshteyn sulolasi nomidan olingan.
22. Lyuksemburg – nemischa "kichik shahar”
23. Makedoniya – qadimgi yunoncha "baland”, "kelishgan” ma`nolarini bildiradi.
24. Malta – finikiycha "ko`rfaz”
25. Moldaviya – Moldova daryosi nomidan olingan.
26. Monako – qadimgi yunoncha "manax” so`zidan olingan.
27. Niderlandiya – "daryoning quyi etagidagi yerlar”
28. Norvegiya – norvegcha "shimoliy yo`l”
29. Polsha – polyak xalqi nomidan olingan.
30. Portugaliya – Portu shahri nomidan olingan. "Issiq port” ma`nosini bildiradi.
31. Rossiya – rus qabilasi nomidan olingan.
32. Ruminiya – "rimniki” degan ma`noni bildiradi.
33. San-Marino – "davlat tuzuvchisi” nomidan olingan.
34. Serbiya va Chernogoriya – Serb va Chernogor xalqi nomidan olingan.
35. Slovakiya – Slovak xalqi nomidan olingan.
36. Sloveniya – sloven xalqi nomidan olingan.
37. Ukraina – ruscha "chegara va chegara ortidagi hudud”
38. Finlyandiya – shvedcha "finlar mamlakati”
39. Fransiya – franklar qabilasi nomidan olingan.
40. Chexiya – chex qabilasi nomidan olingan.
41. Shvetsiya – skandinavcha – "svenlar mamlakati”
42. Shveytsariya – shvits "kantoni” nomidan, nemischa "yopmoq”
43. Estoniya – estonlar qabilasi nomidan olingan.
Osiyo mamlakatlari
1. Ozarbayjon – "Olov yig`uvchi”
2. Armaniston – armanlar urug`i asoschisi Armanik nomidan olingan.
3. Afg`oniston – afg`onlarning afsonaviy bobokaloni Afg`on nomidan olingan.
4. Bangladesh – bengalcha "Bengallar mamlakati”
5. Baxrayn – arabcha "dengiz”
6. Bruney – arabcha "Dunyo hukmdori”
7. Butan – tibetcha "Tibet atroflari”
8. Vyetnam – "sharqiy vyetlar mamlakati”
9. Gruziya – Sakartvello (kartvellar - gruzinlar)
10. Indoneziya – "orolli Hindiston”
11. Iordaniya – Iordan daryosi nomidan olingan.
12. Iroq – arabcha "qirg`oq yoki quyi yer”
13. Isroil – isroil xalqi nomidan olingan.
14. Kambodja – Kambu urug`i asoschisi nomidan olingan.
15. Qatar – Qadimgi Qadaru qishlog`i nomidan olingan.
16. Kipr – yunoncha "kiparis” so`zidan olingan.
17. Qirg`iziston – qirg`iz xalqi nomidan olingan.
18. Qozog`iston – qozoq xalqi nomidan olingan.
19. Koreya – X-XIV asrlarda qo`llangan etnonim.
20. Quvayt – arabcha "shahar, qal`a”
21. Laos – laos xalqi nomidan olingan.
22. Livan – "Livan tog`i”, ya`ni semit tilida "oq” degan ma`noni anglatadi.
23. Malayziya – malayya xalqi nomidan olingan.
24. Mal`div – sansritcha "orol”
25. Mo`g`iliston – mo`g`ul xalqi nomidan olingan.
26. M`yanma – birmacha "Oltin ibodatxonalar mamlakati”
27. Nepal – sanskritcha "tog` etagidagi manzilgoh”
28. Pokiston – urducha "pok mamlakat”
29. Saudiya Arabistoni – saudiylar sulolasi nomidan olingan.
30. Singapur – sanskrticha "Sher shahar”
31. Suriya – Ossuriya mamlakati nomidan olingan.
32. Tailand – tan xalqi nomidan olingan.
33. Tayvan – xitoycha "ko`rfaz yo`li”
34. Tojikiston – tojik xalqi nomidan olingan.
35. Turkiya – turk xalqi nomidan olingan.
36. Turkmaniston – turkman xalqi nomidan olingan.
37. O`zbekiston – o`zbek xalqi nomidan olingan.
38. Ummon – shahar asoschisi Ummon bin Ibrohim nomidan olingan.
39. Filippin – Ispaniya qiroli Filipp II nomiga qo`yilgan.
40. Hindiston – Hind daryosi nomidan olingan.
41. Xitoy – mo`g`ullar qabilasi "kidanlar” nomidan olingan.
42. Shri-Lanka – sanskritcha "shon-sharafli yer”
43. Eron – oriylar qabilasi nomidan olingan. "Oliyjanob”
44. Yaman – arabcha "o`ngda, Makkadan o`ngda”
45. Yaponiya – qadimgi yapon tilidan "tog` mamlakati odamlari”, to`g`ridan-to`g`ri "Quyoshning ildizi" ma`nosini bildiradi.
Afrika mamlakatlari
1. Angola – "Ngola” – oily hukmdor unvoni nomidan olingan.
2. Benin – Bini etnonimi nomidan olingan.
3. Botsvana – Tsvana – etnonimi nomidan olingan.
4. Burkina-Faso – "odil odamlar mamlakati”
5. Burundi – rundicha "Rundi xalqi yeri”
6. Gabon – portugalcha "plash”
7. Gambiya – Gambiya daryosi nomidan olingan.
8. Gana – mamlakat hukmdori "harbiy boshliq”
9. Gvineya – berbercha "soqovlar”
10. Gvineya-Bisau – Gvineya viloyati va poytaxti nomidan olingan.
11. Jazoir – arabcha "orol”
12. Janubiy Afrika Respublikasi –geografik joylashuviga ko`ra nomlangan.
13. Jibuti – bosh shahar nomidan olingan.
14. Zambiya – Zambezi daryosi nomidan olingan.
15. Zimbabve – shone tilidan "hukmdor qarorgohi”
16. Kabo-Verde – portugalcha "Yashil burun oroli”
17. Kamerun – portugalcha "chig`anoqlar daryosi”
18. Keniya – "tog`”
19. Komor orollari – arabcha "oyli orol”
20. Kongo Demokratik Respublikasi – Kongo daryosi nomidan olingan.
21. Kot-D`Ivuar – fransuzcha "Fil suyagi qirg`og`i”
22. Lesoto – Soto xalqi nomidan olingan.
23. Liberiya – lotincha "ozodlik”
24. Liviya – Livu qabilasi nomidan olingan.
25. Mavrikiy – lotincha "Moritsa Oranskiy”
26. Mavritaniya – finikiycha "g`arbiy o`lka”
27. Madagaskar – Malagasi xalqi nomidan olingan.
28. Malavi Bantu tilli xalqi nomidan olingan.
29. Mali – "Gippopotam” degan ma`noni anglatadi.
30. Markaziy Afrika Respublikasi – geografik joylashuviga ko`ra shunday nomlangan.
31. Marokash – berbercha "yasangan”
32. Misr – "Kemet” – qora
33. Mozambik – Sulton Muso Bin Mibika nomidan olingan.
34. Namibiya – Namib cho`li nomidan "aylanib o`tish” degani.
35. Niger – Niger daryosi nomidan "tuaregcha oqayotgan suv”
36. Nigeriya - Niger daryosi nomidan "tuaregcha oqayotgan suv”
37. Ruanda – Ruanda xalqi nomidan olingan.
38. San-Tome va Prinsipi – portugalcha Avliyo San-Tome va Prinsipi, "birinchi” degani.
39. Svazilend – Svazi xalqi nomidan olingan.
40. Seyshel orollari – harbiy dengiz floti vaziri Morua De Sashel nomidan olingan.
41. Senegal – Sangana davlati nomidan olingan.
42. Somali – Somali xalqi nomidan olingan.
43. Sudan – arabcha "qoraboylar mamlakati”
44. S`yerra-Leone – portugalcha Sera Da Liona "Sherbachchaning o`kirgani”
45. Tanzaniya – Birlashgan Tanganika va Zanzibar davlatlari nomidan olingan.
46. Togo – Eve xalqi tili bo`yicha "narigi tomondagi joy”
47. Tunis – Finikiya malikasi Tanit nomiga qo`yilgan poytaxt nomidan olingan.
48. Uganda – Ganda xalqi nomidan olingan.
49. Chad – Chad ko`li nomidan kanuri tilida "ko`p suv havzasi”
50. Ekvatorial Gvineya – geografik joylashuviga ko`ra shunday nomlangan.
51. Eritriya – yunoncha "qizil”
52. Efiopiya (Habashiston) – yunoncha "aytopiya”, ya`ni "basharasi kuyganlar”
Amerika qit`asi mamlakatlari
1. Antigua va Barbuda – ispancha "Keksa”
2. AQSH – inglizcha "State” davlat
3. Argentina – ispancha "Kumush”
4. Bagama orollari – Baxama oroli nomidan olingan.
5. Barbados – ispancha "soqolli”
6. Beliz – mayya tilida "Itsadan yo`l”
7. Boliviya – Simon Bolivar nomiga qo`yilgan.
8. Braziliya – portugalcha "qizigan ko`mir”
9. Venesuela – ispancha "kichkina Venetsiya”
10. Gaiti – "tog`lik” ma`nosini bildiradi.
11. Gayana – Katta suvlar mamlakati
12. Gvatemala – astekcha "o`rmon bilan qoplangan joy”
13. Gonduras – ispancha "qirg`oq bo`yi suvlarning chuqurligi”
14. Grenada – Grenada oroli nomidan olingan.
15. Dominika – lotincha "dominika” yakshanba, chunki X.Kolumb uni shu kuni ochgan.
16. Dominikan Respublikasi – Muqaddas "Yakshanba”
17. Kanada – irokezcha "manzilgoh”
18. Kolumbiya – Xristofor Kolumb nomiga qo`yilgan.
19. Kosta-Rika – ispancha "boy qir`g`oq”
20. Kuba – "yer, quruqlik”
21. Meksika – poytaxt Mexiko nomidan olingan.
22. Nikaragua – hindular qabilasi sardori Nikarao nomiga qo`yilgan.
23. Panama – "baliqchilar qishlog`i”
24. Paragvay – "Katta daryo”
25. Peru – Piru daryosi nomidan olingan.
26. Salvador – ispancha "qutqaruvchi”
27. Sent-Kits va Nevis (Avliyo Kristodor va Nevis) – ispancha "qor”
28. Sent-Lyusiya – Avliyo Lyusiya oroli nomidan olingan.
29. Sent-Vinsent va Grenadina – Avliyo Vinsent va Grenadina oroli nomidan olingan.
30. Surinam – Surina qabilasi nomidan olingan.
31. Trinidad va Tobago – ispancha Trinidad – "uchlik”, ya`ni Kolumb uni Troitsa bayrami kuni ochgan va mahalliy Tobago – "tabak”.
32. Urugvay – "daryo”
33. Chili – "qish”, "sovuq”
34. Ekvador – ispancha "ekvatorning ikki tarafidagi hudud”
35. Yamayka – "Manbalar yeri”
Avstraliya va Okeaniya mamlakatlari
1. Avstraliya – lotincha "Janubiy yer”
2. Vanuatu – polinizeycha "yer, mamlakat”
3. G`arbiy Samoa – Moa qushining joyi
4. Kiribati – Gilbert orolining mahalliycha atalishi
5. Kuk oroli – sayohatchi Jeyms Kuk nomiga qo`yilgan.
6. Marshall orollari – orollarni ochgan ingliz Marshall nomiga qo`yilgan.
7. Mikroneziya – yunoncha "kichik orol”
8. Nauru – Nauran xalqi nomidan olingan.
9. Papua-Yangi Gvineya – indoneziycha "jingalak soch”
10. Solomon orollari – Sulaymon shohining boyliklari yashiringan Ofir mamlakati afsonasidan olingan.
11. Tonga – fidjiycha "g'arb”
12. Tuvali – mahalliy qabila nomidan olingan.
13. Fidji – polineziycha "sharqiy shamol”
14. Yangi Zelandiya – Gollandiyaning Zelandiya viloyati nomidan – "daryo va yer” ma`nosini biliradi.
Argentina- "kumush” (lotin)
Addes-Abeba- "bahor guli”
Avstraliya- "noma`lum janubiy yer”
Avstriya- ,,sharqiy qirollik”
Burundi- rundu tilida ,,gaplashuvchilar yeri’’
Bamako-,,Timsoh yelkasidagi qishloq’’
Burkina- Faso-mahalliy mos tilida ,,maqtasa arzigulik odamlar’’
Somali- ,,bor sigirni sog`’’
Ispaniya- ,,Quyonlar qirg`og`I’’
Mali- ,,Begemotlar mamlakati’’
Urugvay- ,,qushning dumi’’
Gvatemala- ,,chirigan daraxt’’
Uagadugu- ,,xush kelibsiz’’
Liberiya- ,,ozodlik mamlakati’’
Santo-Domingo- ispancha ,,santo-muqaddas’’, ,,Domingo- yakshanba’’
Sofiya- ,,oqil, dono’’
Ulan-Bator- ,,qizil botir’’
Indoneziya- ,,orollardagi Hindiston’’
Iroq- yahudiycha ,,ikki daryo oralig`i’’
Islandiya- ,,muzlar mamlakati’’
Jazoir- ,,orol’’
Kanar- "it oroli’’
Kosta –Reka- ,,boy sohil’
Kanada- ,,kichik maskan’’, ,,qishloq’’
Livan- ,,oq tog`’’ (yahudiycha)
Namibiya- ,,hech narsa yo`q joy’’(nama tilida)
Nepal- ,,jun bozori’’
Niderlandiya- ,,quyi yerlar’’
Reo-de-janeyro- ,,yanvar daryosi’’
San-Salvador- ,,haloskor’’
Yaman- ,,yer cheti’’
Zambiya- ,,Zambezi daryosi nomidan olingan’’
plus Foydalanilgan manbalar:
Ayrim ma`lumotlar uchun foydalanilgan manba: A. Mamatkarimov ,,Tirik sayyora’’ ,,Sharq " nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent-2009-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |