6 – rasm. Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensatsiyalash sxemasi Termojuft kompensatsion ko’prikkacha termoelektrod simlar bilan ulanadi, ko’prikdan o’lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi. Termojuft 2 erkin uchlarining darajalanish haroratida ko’prik 1 muvozanat xolatda bo’lib, ko’prikning ab uchlaridagi potentsiallar ayirmasi nolga teng bo’ladi. Erkin uchlarining harorati o’zgarishi bilan birga R4 qarshilikning qiymati ham o’zgaradi, natijada ko’prik muvozanati buziladi va uning ab uchlaridagi potentsiallar ayirmasi o’zga-radi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o’zgarishi sababli paydo bo’lgan TEYuK ning teskari ishorali qiymatiga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |