o’zgartirish elementlari to’plami o’lchash vositasining o’lchash maqsadi deyiladi. O’lchash zanjirida bevosita o’lchanayotgan kattalikning ta’sirida bo’lgan birinchi o’zgartirish elementining qismi sezgir element deyiladi. Sezgir elementning o’lchash vositasini aniqlashda e’tiborli bo’lish va uni ximoya armaturasi bilan chalkashtirmaslik kerak, chunki bu armatura o’lchanayotgan kattalikka bevosita tegib turadi. «O’lchash o’zgartirishi» tushunchasi «o’lchov o’zgartkichi» tushunchasiga qaraganda ancha keng ma’noga ega, chunki ayni bir o’lchov o’zgartirishi o’lchov o’zgartkichlarning ish (ta’sir) printsipi turlicha bo’lgan ketma ketlik bilan bajarilishi mumkin. 9-rasmda ayni bir xil .harorat o’lchash o’zgartirishini mexanik ∆l siljishga o’zgartiradigan turli o’zgartkichlarga misollar keltirilgan. Birinchi holda bu simob ustunining harorat ko’tarilishi natijasida kengayishidagi siljishi bo’lsa, ikkinchi holda
Do'stlaringiz bilan baham: |